Yoz keldi, diareyadan ehtiyot bo`ling!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yoz keldi, diareyadan ehtiyot bo`ling!
- Дата релиза: 06-06-17, 16:21
Mana, hademay yozning ikkinchi haftasi ham nihoyalaydi. Bu qaynoq faslda bolakaylar orasida ko`p uchraydigan ich ketishi «mavsumi»ning esa hali keti ko`rinmaydi.
Sahifamiz eksperti — oliy toifali shifokor-pediatr Muhabbat NASIVALIEVA.
O`zi o`tib ketadi demang!
Odatda ich ketishi (ilmiy tilda aytganda diareya) go`yoki o`z-o`zidan o`tib ketadigandek qarashadi. Bunga shu sababki, ba`zida kasallik alomatlari tez o`tib ketadi va ota-onalar mutaxassilarga murojaat qilib o`tirishmaydi. Lekin ba`zida kasallik shunchaki vaqtinchalik «bekinadi» va qulay fursatni poylaydi. Gohida esa kasallik shunchalik kuchli namoyon bo`ladiki, zudlik bilan davo choralarini ko`rmasa bo`lmaydi. Bola organizmi juda tez suvsizlanib qoladi, ko`p miqdorda suyuqlik yo`qotish oqibatida modda almashinuv jarayoni va boshqa a`zolar faoliyati ham buziladi. Birinchi galda asab tizimi va oshqozon-ichak trakti ishi zarar ko`radi. Diareya xavfini nazar-pisand qilmaslikning oqibati yaxshi emas. Dunyo statistikasiga ko`ra, diareya bilan kechadigan kasalliklardan har yili 5 million bola vafot etadi. Bu kasallik go`dak yangi tug`ilgan davrda va 3 yoshgacha bo`lgan paytda ayniqsa xavfli.
Kim aybdor?
Viruslar. Ular yozda ham, qishda ham bolalardagi ich ketishining eng keng tarqalgan qo`zg`atuvchilari. Ulardan eng «mashhur»lari — adenoviruslar va rotavirus.
Parazitlar. Ular bola organizmiga «tashrif buyurishga hamisha hoziru nozir. Masalan, lyambliya ham bolaning ichi ketishiga sabab bo`lishi aniqlangan.
Dorilarning nojo`ya ta`siri. Antibiotiklar, antasid vositalar, surgi dorilar va ko`p sonli biologik faol qo`shimchalar qabul qilganda ham diareya yuzaga kelishi mumkin.
Ferment etishmasligi. Bu qorin g`uldirashi, shishishi, qorin og`rig`i, ich ketishi bilan xarakterlanadi. Qand moddasi etishmovchiligida tarkibida shakar bo`lgan mahsulotlar (jumladan, shirin ichimliklar, sharbatlar) iste`molidan keyin ham shunday hol kuzatiladi. Sink etishmaganda bola ozib ketadi, sochlari to`kiladi, suyuq va yog`li ich ketishi kuzatiladi.
Oshqozon-ichak traktining surunkali xastaliklari. Bolalardagi ich ketishi ayniqsa, uzoq vaqt saqlanib turadigani yarali kolit, Kron kasalligi, jigarning surunkali shikastlanishlarining ilk belgisi bo`lishi mumkin. Yakuniy tashxisni esa albatta tekshiruvlardan so`ng qo`yish mumkin.
Qachon shifokorga murojaat qilish zarur?
Barcha davo choralari bolaning ahvoli, kasallik darajasiga qarab belgilanadi. Diareyada qo`llaniladigan dorilarning aksariyati shifokor reseptisiz sotiladi. Lekin ota-onalar kimningdir tavsiyasiga binoan duch kelgan «qorin og`rig`iga qarshi» dorini bolaga beravermasliklari kerak. Kattalarning dorilarini bolaga bermang, hatto u o`zingizga qachondir yordam bergan bo`lsa ham. Quyidagi hollarda albatta shifokorga murojaat qiling:
1 yoshgacha bo`lgan bolaning ichi ketsa;
tana harorati 38,3 darajadan yuqori bo`lsa;
qorni kuchli og`risa;
ich ketishi 3 kundan beri davom etayotgan bo`lsa;
bolaning ahvoli yaxshilanavermasa;
axlatda qon kuzatilsa;
diareyaga dori sabab, degan gumoningiz bo`lsa…
Asoratlari
Ba`zi bolakaylarda kasallikdan so`ng uzoq vaqt ichaklarning funksional o`zgarishlari saqlanib qoladi. Bu goh ich ketishi, goh ich qotishi, meteorizm va boshqa yoqimsiz holatlar bilan namoyon bo`ladi.
Rotavirusli infeksiyalarda so`ng bolalarda hayotining birinchi yilida laktoza etishmovchiligi kuzatilishi mumkin.
Ko`p hollarda antibiotiklar bilan davolangan infeksion xarakterdagi diareyadan so`ng bolachalarda ichak disbakteriozi rivojlanadi.
Oldini olish uchun nima qilish kerak?
Agar farzandingiz emizikli yoshda bo`lsa, emizishda davom eting! Ona suti go`dak uchun infeksiyalardan himoyalab, diareyaning oldini olishda ajoyib vosita. Agar bola emmasa, unga sun`iy ozuqa bersangiz, bifidobakteriyalari borini tanlang. Sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar iste`molida e`tiborli bo`ling. Agar farzandingizning terisi quruqlashganini sezsangiz, u bosh og`rig`i, aylanishidan shikoyat qilsa, og`zi quruqlashsa, kuchli chanqasa, bu organizmining suvsizlashgani alomatlari. Yo`qotilgan suyuqlik o`rnini to`ldirishga harakat qiling, ya`ni imkon qadar ko`proq suyuqlik ichirish lozim. Og`ir bo`lmagan hollarda gazsiz suv berish mumkin.
Uy sharoitida tez yordam
Asosiy resept: 1 l suvga 1 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq Osh tuzi va yarim choy qoshiq ichimlik sodasi soling. Bolaga bu aralashmadan har 5 daqiqada bir-ikki xo`plamdan ichirib turing. Birdaniga ko`p ichirmang, qayt qilishga sabab bo`lishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар