​YoZ TUGAYaPTI, ULGURIB QOLING!!!

​YoZ TUGAYaPTI, ULGURIB QOLING!!!

​YoZ TUGAYaPTI, ULGURIB QOLING!!!
«Juda issi-i-iqqq!!» deb nolisak, kattalar «g`animat» deyishadi. Chindan ham, yurtimizda quyoshli kunlar ko`p bo`lishiga qaramay, yoz birpasda o`tib ketgandek tuyuladi. Mana, uchinchi oyning oxirgi haftalari ham kelib qoldi. Ushbu g`animat kunlarda amalga oshiradigan ishlar talaygina. Ayniqsa, biz ayollarda. Quyida yozning oxirgi kunlarida ulgurib qolishimiz lozim bo`lgan asosiy yumushlarni sanaymiz.

Uy ta`mirini yakunlash. Hozir qurilish va ta`mirlash ishlari avj pallaga chiqqan, qurilish mollari bozorida ham savdo qizigan. Ko`pchilik yoz kunlarida uy, hovlilar ta`mirini amalga oshiradi. Ta`mirni boshlash bir, yakunlash ming jasoratdir. Hademay salqin tushadi, kunlar qisqaradi, surtgan bo`yog`ingizning qurishi, yotqizgan sementingizning joylashishi uchun vaqt kerak. Demak, otni tezroq qamchilang, xo`jayiningizni shoshiring. Ta`mirni tugatgandan keyin uylarni tozalab, ko`chib kirish va joylashishga ham vaqt kerak-ku.
Maktab bozori. Bu ham mavsumning asosiy vazifalaridan biri. Bolalar tez o`sadi, bahorning oxirida kiygan kiyimi kuzgacha kichkina kepqoladi. Demak, yangi o`quv formasi olish kerak. Ustiga-ustak, portfel, o`quv qurollari, sport kiyimi ham zarur. Tadbirli bekalar maktab bilan bog`liq hamma harajatlarni avgustgacha taqamay, yozning avvalgi ikki oyidayoq, hali maktab bozorida ur-sur boshlanmay turib hal qilishadi. Agar bunday tadbirkorlik xayolingizga kelmagan bo`lsa, shoshiling, maktabgacha ikki hafta qoldi. Avvalo, zarur narsalar ro`yxatini tuzing. O`quv qurollari uchun ulgurji bozorga borish shart emas, chunki mavsumda u erdagi narxlar chakana bozornikidan qolishmaydi. Agar o`n-o`n besh ota-ona yig`ilib bir bozor qilsangiz, ma`lum foyda ko`rishingiz mumkin. Unday bo`lmasa, yaqiningizdagi do`kondan zarur o`quv qurollarini oling, 10 sentyabrdan keyin maktab bozori ancha tinchlanadi, qolganini o`shanda xarid qilsangiz ham bo`ladi.
Qishga bankalar yopish. Avgustning oxiri bankalar yopish mavsumining ochilishidir. Ayni pishiqchilik, meva, sabzavotlar narxi arzon, ulgurib qolmasangiz, ko`p o`tmay palaklar quriydi, meva-sabzavotlar narxi yana yuqoriga o`rlaydi. Shu kunlarda kechki malina, pomidor, uzum, bodring, qo`yingki, ja`mi mahsulotlarni qishga g`amlash kerak. Avvalo, bankalarni tekshirib, saralab oling. Malina tez tugab qoladi, birinchi bo`lib uni shakarga bostiring. Keyin qolganlariga o`tsangiz bo`ladi. Pomidorni sentyabrning oxiri, bodringni oktyabrning boshlarigacha bankalarga yopish mumkin. Yopish jarayonida sterillash va gigiena qoidalariga qat`iy rioya qilishni unutmang.
Gilamlarni yuvish. Bizda may oyidanoq gilam yuvish mavsumi boshlanadi. hozir bu xizmatni taklif qiladigan kimyoviy tozalash korxonalari va xususiy shirkatlar ko`payib ketgan. Karmoningiz ko`tarsa, ularning xizmatidan foydalaning, ham oson, ham qulay. Ko`chaga mag`zava oqizib qo`shnilardan dakki ham eshitmaysiz. Bunga imkoningiz bo`lmasa, o`zingiz yuvsangiz ham bo`ladi, faqat mag`zavaning oqib ketadigan yo`lini tayin qilib qo`ying. Sentyabrdan kunlar salqinlashgach, gilamlarning qurishi muammo bo`ladi.
Uy ko`tarish. Albatta, gilamlar yig`ishtirib olingach, ularning tagini artib-surtish kerak. Qarabsizki, ka-a-a-ttta, umumiy uy tozalash, oynalarni yuvish ishlari kutib turibdi-da. Maktab boshlangach, dastyorlaringiz o`qishga ketib qoladi. Hozir ulardan foydalanib qoling.
Engil kiyimlarni kiyib-kiyib olish. Moda tez o`zgarayotgan bu zamonamizda bu yil olgan kiyimingizni keyingi yil kiygingiz kelmay qoladi. Shunday ekan, falon pulga xarid qilingan ko`ylak, bluzka, koftalarni asrab o`tirmay, kiyib-kiyib oling. Yana bir oy qoldi, keyin ularni yig`ishtirib olib qo`yishingizga to`g`ri keladi. Keyingi mavsumda esa yo qomatingiz, yo moda, yo didingiz o`zgargan bo`ladi.
Cho`milish. Qishloq joylarda ariq-zovurlar, daryolar, shaharda akvaparku basseynlar hozir odamlarga liq to`la. Jaziramada muzdek suvda maza qilib cho`milishga nima etsin? Bu kunlar ham g`animat.
Bolalarni chiniqtirish. Yalangoyoq yurishsin, muzdek suvda cho`milishsin, muzqaymoqlarga to`yishsin, oftobda toblanishsin. Bularning bari bolajonlar uchun qishda juda zarur bo`lgan immunitetni yaratadi, tanani chiniqtiradi. Farzandingizni suzishga aynan yoz faslida berib o`rgatib olsangiz, qishda ham bemalol suzish seksiyalariga qatnayveradi.
Mavsumiy mevalar va sabzavotlardan to`yib eyish. Yuzlab bankalar yopganingiz bilan yangi pishgan sarxil mevalarni g`archillatib eganga etmaydi hech birisi. Shuning uchun avval o`zingiz to`yib oling. Hozir meva-sabzavotlarning serquyosh o`lkamiz oftobida toblanib pishib, darmondorilarga eng to`lgan payti. Ular pishirganda, bankalarga yopganda o`ladi. Shuning uchun eb-eb oling. Ortganini yuzingiz, qo`llaringiz va bo`yningizga chaplang, niqoblar, surtmalar qiling. Organizmingizning vitaminlar zahirasini to`ldiring.
Tog`larga chiqish. Tog`lar to`rt faslda ham chiroyli, ammo yozda baribir o`zgacha-da. Tog` mevalari g`arq pishgan, suvlar zilol bo`lib oqqan, supalarda salqin shabbodada yayrab o`tirish — mana, sizga haqiqiy hordiq. Bir tomonda sho`rva qaynayapti, boshqa tomonda kabob, bolalar tarvuzni to`yib eb qiy-chuv qilib cho`milishayapti, siz esa tog` gullari va giyohlaridan terayapsiz. Yana ikki-uch haftadan keyin bunga imkon qolmaydi.
Chegirmalardan foydalanish. Avgust «yoppasotti» (rasprodaja) mavsumi. Ayni shu kunlarda katta-katta do`konlarda kiyimlar yarim narxi, hatto 70 foiz arzonlashtirilgan bahoda sotiladi. Toza mollar, faqat yangi mavsum uchun do`kon peshtaxtalarini va savdodagi pullarni bo`shatish kerak. Bu foydali xarid uchun juda qulay payt. Hozir sotib olgan bosonojkangizni keyingi yoz boshlanishida ham kiyaverasiz.
Muzqaymoqxo`rlik qilish. Yoz, bu — muzqaymoq degani. Ayniqsa bolajonlar uchun. Eyaverishsin, qo`rqmang, bu issiqda tomog`iga etib bormayoq ilib qoladi. Qish kunlari nomini eshitsangiz, etingiz junjikadigan bu shirinlikka to`yib olish kerak. Shuningdek, yozgi kafelarda kabob tanovul qilish, istirohat bog`lariga borish, velosiped uchish, xullas, eng issiq, eng mehrga to`liq faslning barcha imkoniyatlaridan lazzatlanish uchun kamgina fursat qoldi. Shoshiling.

Ha, aytgancha…

O`zbekning hayotidagi eng muhim voqea — to`ylar ham aynan yozning oxiri va kuzda avj oladi. Hozir to`rt faslda ham to`y qilish imkoniyati mavjud bo`lsa-da, baribir, pishiqchilikda noz-ne`matlarga to`la to`kin dasturxon atrofida o`tkazilgan tadbirlar, ularda aytilgan duolar boshqacha-da. Shuning uchun ushbu asosiy hodisani yuqoridagilarga qo`shib sanamay, alohida ta`kidlab aytayapman. To`y qilib va to`ylarda yayrab o`ynab olishga ham ulguring. Qolgani bir gap bo`larJ.

ShAHINA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: