Yoz uchun foydali 15 maslahat
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yoz uchun foydali 15 maslahat
- Дата релиза: 02-06-17, 21:40
Go`zal va betakror bo`lish uchun yoz eng qulay mavsum shunday emasmi? Axir ona tabiatning o`zi ko`proq harakatlanib, kamroq xastalanishga, sarxil mevalardan tanovul qilib qish uchun vitamin zaxirasini to`ldirib olishga imkon yaratib beradi. Siz uchun tayyorlagan tavsiyalarimizga amal qilsangiz, yozdan “talofatlarsiz”, yo`g`ee, “g`alaba” bilan chiqib olishingiz aniq.
1. Oshqozonni doshqozonga aylantirmang
Albatta, yoz pishiqchilik mavsumi. Bundan salomatlik va go`zalligimiz yo`lida foydalanmaslik bu qilmishimizning jabrini qishda tortishimiz mumkin. Ammo tagi serob deb hammasini ketma-ket eyaverish ham yaramaydi. Demak, haftada bir kunni tayin qilib, organizmni tozalash harakatiga tushamiz. Masalan, har dushanba yog`li taomlardan voz kechib, qaynatilgan yoki bug`da pishirilgan engil ovqat tanavvul qilish ham juda foydali.
2. Teri “ko`chishi”dan himoyalaning
Ko`pincha ayollar elka va bo`yin soha terisi ko`chayotganidan shikoyat qilishadi. Buning bir qancha sabablari bo`lishi mumkin. Ehtimol, soch uchun shampun yoki teri uchun maxsus vositalardan foydalangach, yaxshilab chayinmagan bo`lishingiz, kechqurun surtilgan kremni artmay, quyoshga chiqqan bo`lishingiz mumkin. Quyosh ta`sirida ushbu vositalar teriga ziyon etkazishi hech gap emas. Demak, dush qabul qila turib, teringizda yuvinish vositalari qolmaganiga e`tibor qarating.
3. Daraxtlar salomatlikka foyda
Serdaraxt va salqin joylardagi havoda 200 dan ortiq biologik faol moddalar mavjudligi aniqlangan. Ular yurak qon-tomir tizimi faoliyatini yaxshilanishiga, yurak urishini bir me`yorda saqlashga, organizmning turli infeksiya va toksinlarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Maslahatimiz, serdaraxt maskanlarda tez-tez sayr qilib turing.
4. Chivinlar “xujumi”dan saqlanish uchun
Agar sizga chivinlar tinchlik bermayotgan bo`lsa V12 vitaminidan iste`mol qiling. U inson tanasiga tushgach hasharotlarni haydovchi maxsus “ifor” ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi. Shu orqali zararkunandalarni atrofingizdan haydashingiz mumkin. Havotirlanmang, insonlar bu isni tuyishmaydi.
5. Ertalabki quyosh sarvqomatligimiz garovi
Olimlarning aniqlashicha, ertalabki quyosh metabolizm (moddalar almashinuvi)ni faollashtiradi. Qomati haqida qayg`urganlar sahar turib, 30 daqiqa sayr qilgani ma`qul.
6. Oftob kuydirganda
Kun bo`yi oftobda yurib teringiz kuygan bo`lsa, muzdek sut yordamga keladi. Matoni muzdek sutda namlab, kuygan joyga bosing. Bu kompressni tez-tez yangilab turish tavsiya etiladi.
7. Chivin chaqsa
Barcha sa`y-harakatlaringizga qaramay, chivinlarning o`ljasiga aylangan bo`lsangiz, “mahalliy og`riqsizlantiruvchi” hisoblangan muz bo`lakchalarini jarohat joyiga bosing. Agar muzni damlangan choydan tayyorlab qo`ysangiz, yanada foydalidir. Chunki choy tarkibidagi tanin moddasi yaraning yallig`lanib, shishib ketishidan himoyalaydi.
8. Terlash zararlimi
Tabiiyki yozning jaziramasi har birimizni terlashga majbur qiladi. Natijada, organizmimizdan ter bilan birga turli toksinlar ham ajralib chiqadi. Bunday sharoitda shifokorlar kuniga bir necha bor dushga tushishni tavsiya qilishmoqda, agar buning imkoni topilmasa nam sochiqlardan foydalanish ham mumkin.
9. Gerpesdan himoya
Uzoq vaqt davomida quyosh nurlari ostida yurish immunitetning zaiflashishiga, bu esa o`z navbatida gerpes paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan quyosh nuri ostida ko`p vaqt qolib ketmang va ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi lab bo`yog`i yoki balzamdan foydalaning.
10. Ultrabinafsha nurlar kataraktaga sabab bo`ladi!
Olimlarning kuzatuvlariga ko`ra, to`g`ridan-to`g`ri ko`zga tushgan bunday zararli nurlar katarakta xastaligiga olib kelishi mumkin ekan. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun har gal ko`chaga otlanganingizda ko`zoynagingiz yoningizda ekanligiga amin bo`lishdan erinmang.
11. Tosh ustida oyoq yalang
Oyoq kaftlarida biologik faol nuqtalar joylashgan bo`lib, sayr qilganda bir muddat poyabzalni echib qo`yish, albatta, bu nuqtalarni faollashtiradi. Shu orqali yalang oyoq yurish organizmga foydali ta`sir ko`rsatadi. Bundan tashqari yassioyoqlikning oldini olishga ham ko`maklashadi.
12. Allergiyaga yo`l ochmang
Agar siz kir yuvishda turli mayinlashtiruvchi va yumshatuvchi vositalar (kondisioner)dan foydalanishga odatlangan bo`lsangiz, yozda ulardan ehtiyot bo`lishga to`g`ri keladi. Chunki kondisioner tarkibidagi kimyoviy moddalar quyosh ta`siridan, ishqalanish tufayli organizmga tushib, allergiya qo`zg`atishi mumkin.
13. “Tish va suyaklarim mustahkam bo`lsin” deganlar
Quyosh nurlari orqali organizm D darmondorisiga to`yinadi, bu modda esa suyaklar va tishni mustahkamlovchi kalsiyning singishiga yordam beradi. Shuning uchun yozda sut maxsulotlaridan ko`proq tanovul qilib, tez-tez sayrga chiqing.
14. Uzoqlarga tikiling
Ishingiz tufayli kun davomida kompyuter ekrani qarshisida o`tirishga to`g`ri kelyaptimi? Bunda ko`z yaqinga tikilishga o`rganib qoladi, shu sababli uzoq-uzoqlardagi yoqimli manzaralarga tikilishni odatga aylantiring. Bir uzoqqa, bir yaqinga qarash ham ko`z uchun o`ziga hos mashqdir.
15. Antioksidantlardan g`amlaymiz
Antioksidantlar teriga ultrabinafsha nurlarning zararli ta`sirini kamaytirish xususiyatiga ega. Demak, tarkibida S, E darmondorilari, betokaratin, ruh va misga boy maxsulotlardan ko`proq iste`mol qiling.
Saodat tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар