Yozda oyoq va tirnoqlarda uchraydigan muammolardan xalos bo`lamiz!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yozda oyoq va tirnoqlarda uchraydigan muammolardan xalos bo`lamiz!
- Дата релиза: 14-07-17, 14:40
Yoz kunlari oyoqlarimiz tor va issiq tuflilardan chiqib, erkin, ochiq yozgi poyafzalda yayraydi. Tirnoqlarni chiroyli pedikyur qilib, bejirim «bosonojka»larni kiyib yurish qanday go`zal?! Ammo aksiga olib, aynan yoz kunlari oyoqlar bilan bog`liq muammolar ko`payadi. Ammo yaxshi parvarish va e`tibor tufayli quyidagi muammolardan xalos bo`lishingiz mumkin.
Suvli qadoqlar
Yangi poyafzalda kun bo`yi yurganda oyoqlarda suvli qadoqlar paydo bo`lishi kuzatiladi. Ertasiga umuman oyoq kiyim kiya olmay qolasiz, chunki qadoq yorilib, qattiq achishadi. Buning sababi, yozda oyoqlar issiq tufayli biroz to`lalashadi, ustiga ustak poyafzalni kolgotki-chulkilarsiz kiyamiz. Natijada, oyoqlarimiz poyafzal charmiga qattiq ishqalanadi va qadoq hosil bo`ladi.
Echim bor: doim sumkangizda tibbiyot plastirini olib yuring, qadoq paydo bo`lsa, darrov o`sha joyga yopishtirib oling. Yangi poyafzal olganda avval uyda kiyib yurib ko`ring, shunda uning oyoqni urayotgan joylarini aniqlab olasiz va ko`chaga chiqayotganda o`sha joylarga plastir yopishtirib qo`yasiz. Demak, qadoq hosil bo`lishining oldi olinadi.
Agar muammoni keskin usulda bartaraf etmoqchi, ya`ni qadoqni yorib tashlamoqchi bo`lsangiz, juda ehtiyot bo`ling. Teridagi pufakni yorgach, hech nima bilan himoyalanmagan ochiq yarani hosil qilasiz. U erga infeksiya tushishi va infeksiyalar nam sharoitda bir zumda ko`payib, muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Teriga o`sib kirgan tirnoq
Oyoqlarga doim bosim tushib turadi, shu sababli ba`zida oyoq tirnoqlarining teri ichiga qarab o`sishi kuzatiladi. Oyoq tirnog`i noto`g`ri olingan yoki tirnoqning teri bilan chegaradosh eri shikastlanganda shu hol ro`y beradi. Ayrim odamlarda oyoq barmog`ining tug`ma o`ziga xosligi tufayli shunday bo`lishi mumkin. Ustiga ustak, juda tor poyafzal kiyilsa, tirnoq yallig`lanib ketishi turgan gap.
Tirnoqlarnign teri ichiga o`sishi oldini olish uchun ularni to`g`ri olishni o`rganing. Oyoq tirnoqlari oval bo`ylab emas, to`g`ri chiziq bo`ylab tekis olinadi. Ya`ni tirnoqning burchaklari olinmaydi. Agar tirnoq teriga o`sib kirib bo`lgan va uni o`zingiz mustaqil ololmayotgan bo`lsangiz, pedikyur mutaxassisiga boring. Bordiyu yallig`lanish boshlanganini sezsangiz, kechiktirmay jarrohga murojaat qiling.
To`lqinsimon (notekis) tirnoqlar
Oyoq tirnoqlari yuzasi to`lqinsimon bo`lib qolsa, bu sog`likdagi suammolardan dalolat beradi. Plyajlarda, cho`milish havzalarida, u erdagi dush xonalarida yalangoyoq yurish mumkin emas. Aks holda yuqtirilgan zamburug`lar shunday oqibatni keltirib chiqaradi. Dam olishga ketayotganda o`zingiz bilan zamburug`larga qarshi vosita olib keting (hech bo`lmasa, yaxshi natija beradigan shunday vositalar nomini bilib oling). Agar tirnoqlaringiz to`lqinsimon o`sib ketaversa, shifokorga murojaat qiling.
Tirnoqlar sarg`ayishi
Sarg`aygan tirnoqlar xunuk, yoqimsiz ko`rinadi. Bu ketma-ket turli rangdagi laklardan foydalanish oqibatidir. Shuningdek, organizmida oqsil tanqis insonlarning ham tirnoqlari sarg`ayadi.
Xafa bo`lmang, buning davosi bor. Dorixonalarda tirnoqlarni oqartiruvchi vositalar sotiladi. Uy sharoitida esa tirnoqlarga limonni ishqalash orqali ularni oqartirish mumkin. Shuningdek, limon sharbati qo`shilgan suvga oyoqlarni solib o`tirish ham foyda beradi. Baliq, go`sht, pishloq, tuxum, non va jigardan ko`proq iste`mol qilib organizmdagi oqsil taqchilligini bartaraf etsa bo`ladi. Ammo tirnog`ingiz tabiatan shunday sarg`imtil bo`lsa, hech nima qilmang, baribir foydasi yo`q. Tirnoqlarni oqartira olmaysiz, faqat qo`shimcha muammolar orttirib olishingiz mumkin.
Yorilgan tovonlar
Ko`pincha yozda suvga ko`p tekkani va yaxshilab quritib artilmagani tufayli oyoqlar quruqshab, tovonlar yoriladi. Buning oldini olish uchun, avvalo, dushdan chiqqandan keyin oyoqlarni quriguncha yaxshilab artishni odat qilish kerak. Dengizda yoki xlorlangan basseynda cho`milgach oyoqlarni kran suvida yuvish lozim. Go`zallik salonlarida quruqshab, qattiqlashgan tovon terisini g`adir-budir narsa bilan ishqalash, ya`ni piling usuli qo`llanadi. Buni uy sharoitida ham qilsa bo`ladi. Ya`ni oyoqlarni osh sodasi solingan suvda ivitib, teri yumshagach maxsus g`adir-budir yuzali uskuna (pilka) yoki ko`piktosh (pemza) bilan ishqalash kerak. Keyin oyoqlar quritib artiladi, yumshatuvchi krem surtiladi va paypoq kiyib olinadi. Muolajani kechki uyquga yotishdan oldin amalga oshirgan ma`qul.
Salonlarda «suyuq piska» degan piling usuli qo`llanmoqda. Ya`ni maxsus yumshatuvchi va teri qavatini ko`chiruvchi moddaga oyoqlar solib o`tiriladi, keyin dag`al narsa bilan tovonlar ishqalanadi. Bu muolajani o`z ishining ustalariga ishonib topshirmasangiz, terini zararlash xavfi mavjud.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар