Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Yozda yuz terisini qanday namlantirish kerak?
Yozda yuz terisini qanday namlantirish kerak?

Yozda yuz terisini qanday namlantirish kerak?

Yozda yuz terisini qanday namlantirish kerak?
Yozning issiq kunlarida bizning terimiz har qachongidan ham kattaroq e’tibor talab qiladi. Chang, issiq va quruq shamol kabi omillar hatto normal yuz terilariga ham salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun yoz faslida yuz terisi tarang, namlangan va yumshoq bo‘lib turishi uchun uni qanday qilib to‘g‘ri parvarish qilishni o‘ylab ko‘rish kerak.

Biz siz uchun yuz terisini yozda qanday parvarish qilish kerakligi haqida bir necha maslahatlar to‘pladik.

Yuzingiz terisi turiga qarab maxsus kremlar tanlang

Tarkibida ko‘p miqdorda glitserin va gialuron kislotalari bo‘lgan namlovchi kremlar tanlaganingiz ma’qul. Yuz terisini kechqurun parvarish qilishni ham unutmang. Bunday holatlar uchun kecha davomida yuz terisini tiklashga, silliq va toza ko‘rinish berishga yordam beruvchi oziqlantiruvchi zardoblar mos keladi.

Namlovchi tonikdan foydalaning

Yuzingiz terisi suvsizlangan va quruq bo‘lib qolsa, faqat namlovchi krem yordam bera olmaydi. Krem bilan birgalikda tarkibida SPF-omilli va yengil tuzilishga ega bo‘lgan namlovchi losyondan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bunday losyon terining namlik darajasini oshiradi, uni yumshoq va chiroyli qiladi. Tarkibidagi quyoshdan himoya qiluvchi omillar esa uni quyosh nurlaridan saqlaydi.

Yuz terisini kun davomida namlab turing

Yuz terisi suvsizlanib qolmasligi uchun kun davomida namlab turishda termal suvdan foydalanish juda muhim. Uning tarkibidagi minerallar terini kislorod bilan ta’minlaydi va uning almashish jarayonlarini yaxshilaydi.

Bir haftada 2-3 marta namlantiruvchi niqoblardan foydalaning

Terini tezroq namlantirish uchun unga namlik singdirishdan tashqari energiya ham beruvchi matoli oziqlantiruvchi niqoblardan foydalaning.

Organizmdagi suv balansini saqlang

Yuz terisini nafaqat tashqaridan, balki ichki tomondan ham namlash kerak. Mutaxassislar bir kunda ikki litrgacha toza suv ichishni tavsiya qiladilar. Suvni ovqatlanish mahalida yoki undan keyin ham emas, balki ovqatlanish oraliqlarida ichish juda muhim. Shuningdek, mutaxassislar ovqatlanishdan yarim soat oldin bir piyola suv ichishni maslahat berishadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: