Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Yozgi makiyaj: mavsumning takrorlashga arziydigan byuti-trendlari
Yozgi makiyaj: mavsumning takrorlashga arziydigan byuti-trendlari

Yozgi makiyaj: mavsumning takrorlashga arziydigan byuti-trendlari

Yozgi makiyaj: mavsumning takrorlashga arziydigan byuti-trendlari
Har mavsumda byuti sanoatining trendlari va an’analariga yengillik, ta’sirchanlik va o‘ziga xoslik belgilari qo‘shilgan holda o‘zgarib turadi.

Yozda har bir qiz yuzida juda kam makiyaj bo‘lishini xohlaydi, shuning uchun tabiiy rangli tuslar urfga kiradi. 2017-yil yozgi makiyajida eng urfdagi rang pushti rangning har xil tuslari bo‘ldi.

Yuzning yarqiragan makiyaji. Yozda yuzga yengil shaffof va qalin bo‘lmagan asoslar va mayda yog‘duli zarrachali konsilerlar surish urf bo‘ladi. Bunday makiyajda teringiz yaxshi ko‘rinishi uchun u yaxshilab tozalangan, namlangan va yumshatilganiga ishonch hosil qiling.

Makiyajda qovoqlar uchun nam tenlar. Vizajistlar bu mavsumda yuz terisi og‘ir asosli upalardan dam olar ekan, u holda qovoqlar uchun dona-dona bo‘lib turadigan tenlarni ham bir chetga olib qo‘yishni maslahat berishadi. Uning o‘rniga kremli tenlar yoki lablar uchun yaltiroqlarni ishlatish mumkin. Ular qovoqlarga “nam tenlar” effektini beradi.

Tabiiy qoshlar. Makiyajni yaratishda qoshlarning shakli ham muhim rol o‘ynaydi. 2017-yilda enli qoshlarning o‘rniga tabiiy va aniq chiziqli tekis qoshlar urf bo‘ldi. 2017-yilning moda bo‘lgan makiyajini yaratish uchun qoshlarga maxsus gel yordamida shakl berishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Ko‘zlarning pushti rangli makiyaji. 2017-yilning yozgi makiyajida eng urf bo‘lgan rang pushti rangning har xil tuslari deb hisoblash qabul qilindi. Pushti rangning har xil turlari hamma qizlarga mos tushadi va ularni nozik, latofatli xonimga aylantiradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: