​Yozning 8 muammosi

​Yozning 8 muammosi

​Yozning 8 muammosi
Yoz mavsumini har birimiz intiqlik bilan kutamiz. Ammo ba`zan yoz o`zi bilan yoqimsiz asoratlarni ham olib keladi. Issiq mavsumda duch kelishingiz mumkin bo`lgan muammolar haqida xabaringiz bo`lsa, ular bilan kurashish ham oson bo`ladi. Bu haqda shifokor-terapevt Shahnoza SAIDOVA ma`lumot tanishtiradi.

1.ARI ChAQIShI

Birinchi yordam – arining nishini teridan ehtiyotkorlik bilan olib tashlab, chaqqan joy atrofini spirt, vodorod peroksidli yoki yod eritmasida artiladi.

Halqona davo: og`riyotgan joyni tuzli yoki sovunli suvda yuvib, ustiga muzli kompress qo`yiladi. Aloe shirasi yoki piyoz suvini dokaga shimdirib, ari chaqqan joyga qo`yish ham naf beradi.

2.TARVUZDAN ZAHARLANISh...

Birinchi yordam – ko`nglingiz aynashini sezgan zahoti qusishga harakat qilish kerak. Buning uchun bir litr qaynatilgan suvni ichib, ortidan 4 dona faollashtirilgan ko`mir tabletkasi qabul qilinadi.

Xalqona davosi: qoshning uchlarida joylashgan biologik faol nuqtalarni 30 martagacha bosib qo`yiladi. Ukropni qaynatib, asal qo`shib ichiladi.

3.KO`Z OSTI SALQIGANDA

Agar bunga havoning issiqligi, chanqoq sababchi deb o`ylasangiz, adashasiz. Hammasi suvni noto`g`ri ichishingizda. Suyuqlik tanada qolib ketsa, ko`z osti salqiydi. Bunday bo`lmasligi uchun gazli ichimliklar va har xil salat, achchiqlarni kamroq eng.

Birinchi yordam: issiq-sovuq suvda yuzni chaying. Ko`zlarni yumib, yuqoriga va pastga, o`ngga va chapga 6 marta harakatlantiring.

Halqona davosi: qo`y yog`ini kamfora moyi bilan aralashtirib, ehtityokorlik bilan ko`z ostiga surtiladi. Dengiz tuzi eritmasida dokani namlab 5–10 daqiqaga ko`z ostiga qo`yish muammoni hal qiladi. Bodring shirasini limon suvi bilan aralashtirib, ko`z ostiga surtish ham yaxshi natija beradi.

4.VARIKOZ

Jazirama yoz kunlarida qon, bosh va yurakdan oyoqlar tomon harakatlanadi. Bu davrda oyoq tomirlari issiqdan ancha kengaygan bo`ladi. Agar shu paytda ko`p tik oyoqda yursangiz yoki uzukkun o`tirib ishlasangiz, oyoqda varikozli tugunchalar paydo bo`lib, og`ritishi mumkin.

Birinchi yordam: chalqancha yotib, 2-3 daqiqaga oyoqlarni yuqoriga ko`taring.

Xalqona davosi: sabzi ustidagi ko`katni choy o`rniga damlab, bir oy ichiladi. Oyoqdagi bo`rtib chiqqan tomirlarga nastarin guli yoki xom kartoshka shirasi surtiladi.

5.BURUN QONAGANDA

Boshni orqaga qilmaslik kerak. Tik o`tirib, bosh biroz engashtiriladi, ikki qosh o`rtasiga muz qo`yiladi. Burun qanotlarini barmoqlar bilan engil ushlab, og`iz orqali tez-tez nafas olinadi.

Xalqona davosi: burunga limon shirasi tomiziladi.

6.QON BOSIMI KO`TARILSA

Birinchi yordam: bemorning boshini baland qilib o`tkazib, oyog`iga issiq vanna qilish kerak.

Xalqona davosi: tarvuzni eganda danagini tashlab yubormang, oftobda quritib maydalab, yarim choy qoshig`ini gazsiz mineral suv bilan ichsangiz, qon bosimi darrov pasayadi. Yalpiz qaynatmasida badanni artish ham bu muammoda yordam beradi.

7.ZAMBURUG` YuQTIRIB OLSANGIZ

Yozda ko`pchilik ochiq suv havzalari va basseynlarda cho`milib, shuningdek shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaganida zamburug` yuqtirib olishi mumkin. Birinchi yordam: oyoqlar yuvib, quritiladi so`ng sirkali suvda artiladi.

Xalqona davosi: sarimsoqpiyozni maydalab, sariyog` bilan aralashtiring-da zararlangan joylarga surting. Shuningdek, guruch ivitilgan suvni to`kib yubormay, oyoqqa vanna qilinsa ham foyda beradi. Qahvani achchiq qilib damlab, unda ham vanna qabul qilish mumkin. Poyabzalni esa, albatta, sirkali suvda artishni unutmang.

8.OFTOB URSA

Birinchi yordam: bemor salqin joyga olib kirib, oyoqlarini baland qilib yotqiziladi. Nafas olishga to`sqinlik qiladigan yoqa, tasma bo`shatiladi. Bemorning boshi tagiga (ensa qismi) muz o`ralgan xalta qo`yiladi.

Xalqona davosi: 5 tomchi sirkani bir litr sovuq suvda eritib, choyshab xo`llanadi va bemor unga o`rab qo`yiladi. Kun davomida sovitilgan ayron ichiladi.

BARNO tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: