Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​​​Yurak aritmiyasi hayot uchun xavflimi?!
​​​Yurak aritmiyasi hayot uchun xavflimi?!

​​​Yurak aritmiyasi hayot uchun xavflimi?!

​​​Yurak aritmiyasi hayot uchun xavflimi?!
Yurak urishi maromining buzilishi bilan kechadigan xastalik yurak aritmiyasi deyiladi. Aritmiyalar o`z ichiga yurakning notekis, haddan ziyod tez yoki me`yordan tez urishi kabi holatlarni qamrab olgan. Kasallik nimasi bilan xavfli? Davolash chorasi-chi, faqat operasiyami? Shu kabi savollar bilan Respublika Ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi elektrofiziologik tekshiruvlar bo`limi mudiri Ramesh HAMRAEVga murojaat qildik.

Asorati qanday?

Boshqa a`zolarga nisbatan yurakning ishi qiyinroq va anchayin xavfli. Yurak dabdurustdan to`xtab qolishi, tez urib ketishi yoxud sekinlashishi mumkin. Bemorga aritmiya tashxisi qo`yildimi u albatta davolanishi shart. Negaki, kasallik o`z vaqtida muolaja qilinmasa, o`ta jiddiy asoratlar, nogironlik hamda kutilmagan o`lim holatiga olib kelishi mumkin.

Turlari

Aritmiyaning har xil turlari mavjud bo`lib, eng ko`p uchraydiganlari bilan tanishtiramiz. Bular yurakning tez urib ketishi bilan bog`liq aritmiyalar hamda yurak maromining pasayib ketishi bilan xarakterlanadigan kasallik ko`rinishlaridir. Har qaysinisi hayot sifatining yomonlashishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi bilan xavfli sanaladi.

Yurak urishining 90 tadan ortiq bo`lishi taxikardiya deyilib, uning yurak qorincha usti, yurak qorinchasi taxikardiya turlari mavjud. Yurak qorincha usti bo`lmachalar taxikardiyasi ham bir qancha turlarga ajratiladi. Deylik yuragingiz normal holatda 70-80 ta urib turib, to`satdan tezlashib ketadi va 150-160 hatto undan ham tezroq ura boshlaydi. Bu taxikardiyaning to`satdan yurak urishi bilan namoyon bo`ladigan xilidir.

Aritmiyaning hilpirovchi turi ham bo`lib bunda yurak urish soni palapartish yuz beradi. Bezovtalik to`satdan boshlanishi yoki doimiy holatga o`tishi mumkin.

Yurak o`tkazuvchanlik yo`lida qo`shimcha yo`lning paydo bo`lishi oqibatida kelib chiqadigan aritmiya. Asosan tug`ma ko`rinishda bo`lsa ham qo`shimcha yo`l faollashganidagina bezovtalik kelib chiqadi. Mazkur holat asosan 40 yoshdan oshganlarda ko`proq kuzatiladi.

Bezovtalikning aniqlanishi...

Yurakdagi o`zgarishlar hamisha ham og`riq bilan ifodalanmaydi. Holsizlik, yuqoriga ko`tarilganda xansirash, qon bosimining ortishi yoki kamayishida yuz beradigan o`zgarishlarda hamda yurak urishiga ahamiyat bering. Mazkur jarayonlar tashxis qo`yishda asqotishi mumkin. Agar yurak urishi izdan chiqayotganini sezsangiz albatta mutaxassisga uchrashing. Bilib–bilmay tinchlantiruvchi vositalar yoki biror bir dori preparatini qabul qilish mumkin emas. Yurak aritmiyasiga tashxis qo`yishda EKG tahlili, murakkab aritmiyalarda esa 24 soat davomida yurak faoliyatini yozib boruvchi Xolter bo`yicha EKG tekshiruvlari o`tkaziladi.

Muolaja

Aritmologiya yosh soha hisoblansada jadal rivojlanib bormoqda. 10-15 yil ortga nazar tashlaydigan bo`lsak, xastalikka qarshi kurashishda faqat dori – darmonlarga murojaat qilingan xolos. Ammo preparatlar darddan butunlay forig` bo`lish imkonini bermagan. Halqaro miqyosda o`tkazilgan tadqiqotlar xulosasi shuni ko`rsatadiki, kasallikka chalingan insonlarning 50 foizidan ortig`i dori vositalarini to`la-to`kis o`z vaqtida qabul qilmaydi. Bu o`z o`rnida aritmiyaning surunkali turga o`tishiga, nogironlik yoki erta o`lim holatlariga etaklaydi.

Bugunga kelib, aritmiyalarning 90 foizdan ortig`i intervesion jarrohlik amaliyoti yordamida davolanmoqda. Bemor operasiyadan so`ng umrbod dori ichishdan halos bo`ladi hamda hayot sifati yaxshilanib, salbiy oqibatlarning oldi olinadi. Shu o`rinda savol tug`iladi, amaliyot qanchalik xavfsiz? Jarrohlik muolajasi narkozsiz, ko`krak qafasini ochmagan holda faqatgina qon tomirlari orqali, mahalliy og`riqsizlantirish yo`li bilan amalga oshiriladi.

Xuruj yuz berganida...

Kutilmaganda yurak urishi tezlashib, go`yo ko`kragingizdan otilib chiqadigandek tuyulayaptimi? Bu holat aritmiyaning xurujli ko`rinishidan darak bo`lishi mumkin. Diqqat qiling:

– Tor bichimli kiyimda bo`lsangiz, yoqasini bo`shating. Qorinni siqib turgan kamardan xalos bo`ling;

– Turgan holatda xurujga chap berish qiyinroq. Qulay o`tirib olganingiz ma`qul;

– Nafas olish maromini tartibga keltirish uchun ko`zlarni yumib, biroz tin oling;

– Yoningizda biror kim bo`lsa xona derazalarini ochishga ko`maklashsin. Tez-tez nafas olishga shoshilmang;

Xuruj o`tib ketavermasa, tez yordam xizmatiga murojaat qilish zarur.

N.Ilyosova tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: