Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Yuz mushaklarini chiniqtirish uchun samarali mashqlar
​Yuz mushaklarini chiniqtirish uchun samarali mashqlar

​Yuz mushaklarini chiniqtirish uchun samarali mashqlar

​Yuz mushaklarini chiniqtirish uchun samarali mashqlar
Vaqt o‘tishi bilan mushaklar zaiflashadi. Har qancha parvarishlasa ham oldingi xushbichimlik holatini yo‘qotadi. 25 yoshdan oshgan har bir qiz bu jarayonning birinchi belgilarini seza boshlaydi. Lekin, ma’lum bo‘lishicha yuz mushaklarini ham chiniqtish mumkin ekan.

Mashhur yo‘nalish – feysbilding har qanday yoshda ham yoshlik va go‘zallikni saqlab qolishga imkon beruvchi mashqlar to‘plami hisoblanadi. Bu juda oson mashqlar uchun bir kunda bir-ikki daqiqa vaqtingizni ajratsangiz, botoks va plastika to‘g‘risida unutib qo‘yasiz.

Iloji boricha ko‘zlaringizni kattaroq oching. Bu mashqni bir necha marta takrorlang. Bu ko‘z qorachig‘i sohasidagi mushaklar faolligini oshiradi va ko‘z atrofida mayda ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Barmoqlaringizni ko‘zning tashqi burchagiga tekizing. Qovoqlaringizni taranglashtiring. Bo‘shashtiring va mashqni yana takrorlang. Siz bu sohadagi ajinlar to‘g‘risida butunlay unutasiz!
Qoshlaringizni barmoqlaringiz bilan ushlang va ularning qarshiligiga qaramasdan peshana mushaklarini faollashtirishga harakat qiling. Biror narsaga qattiq hayron qolgan paytdagi o‘z mimikangizni eslang va qoshlaringizni ko‘taring. Ajoyib tarzda mimik ajinlarning oldini oladi!
Barmoqlaringizni og‘iz burchaklariga qo‘ying va jilmaying. Keyin yuzingiz mushaklarini quloqlargacha taranglashtiring. Bo‘shashtiring va mashqni takrorlang. Yonoqlaringiz go‘zalligi kafolatlanadi!
Og‘zingizni oching, pastki jag‘ingizni oldinga chiqaring, lablaringiz bilan O harfini chizing, bo‘yin mushaklarini taranglashtiring. Muntazam ravishda takrorlash natijasida yuz shakli xipchalashadi.
Mo‘shtlaringizni iyagingiz tagiga qo‘ying va og‘zingizni ochishga harakat qiling. Jag‘ingizni taranglashtiring va qo‘llaringiz qarshiligini yengib ular ustiga bosing. Bunday harakat sizda bag‘baqalar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Lablaringizni tishlar orasiga siqing, keyin esa og‘iz burchaklarini yuqoriga torting. Bu yuqori lab ustidagi terini tekislaydi.
Aftingizni bujmaytirishdan qo‘rqmang! Bu nafaqat kulgili, balki foydali hamdir. Yuqoridagi mashqlarni uyqu oldidan 5—6 marta takrorlang. Asta-sekinlik bilan bu takrorlashlar sonini 20 ga yetkazing va o‘zingiz kutgan ijobiy natijaga albatta erishasiz.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: