Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Yuz parvarishingiz uchun tabiiy kosmetikalar tayyorlaymiz
Yuz parvarishingiz uchun tabiiy kosmetikalar tayyorlaymiz

Yuz parvarishingiz uchun tabiiy kosmetikalar tayyorlaymiz

Yuz parvarishingiz uchun tabiiy kosmetikalar tayyorlaymiz
1.Yuz uchun skrab

Zaytun yog'i, qahva, shakarqamish qandi va suv olib, barchasini aralashtirib yuzingizga suring. Juda oddiy va arzon! (Sezuvchan va quruq teriga mumkin emas)

2. Salqigan ko'zlarga qarshi choy xaltachalari

Choy xaltachasi salqigan va shishgan ko'zlar uchun ajoyib vosita. Dastlab achchiqqina choy damlab, so'ng xaltachalarni chiqarib oling, suvini siqib soviting. Shundan keyin ularni qovoq ustiga 20—30 daqiqaga qo'ying.

3. Tinchlantiruvchi niqob

Bolalarga taglik kiydirishdan avval suriladigan, tarkibida sink bo'lgan krem, yuzida qizarish va husnbuzar toshmalar bo'lganlar uchun qo'l keladi. Sink oksidi yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. (Agar toshmalar 2-3kun surganda ham kaytmasa, albatta kosmetologga murojat qiling).

4. Yuz uchun sprey

Purkaydigan idishga 2 choy qoshiq aloe vera sharbati, 1 choy qoshiq E vitamini, 1 choy qoshiq argan yog'i, 2 tomchi ilang-ilang efir moyi, 4 tomchi yalpiz moyi va 6 osh qoshiq Atirgul suvidan va 50ml qaynab sovutilgan suv soling. tayyor bo'lgan sprey bilan yuzingizni arting.

5. Yuz uchun tonik

Olma sirkasi + shu miqdorda qaynab sovitilgan suv terini yaxshi tozalaydi va yallig'langan sohani quritadi. Yuzga surishdan avval qo'lingizning bir chekkasida sinab ko'ring.

6. Soch uchun niqob

Quruq va “gullagan” sochlarni namlantirishda kokos yog'i asqotadi. Uni sochga suring va 1—2 soatdan so'ng yuvib tashlang.

7. Lab uchun skrab

Lab bo'yog'i labga bir tekis surilishi uchun, dastlab unga skrab surib, tozalash kerak. Buning uchun zaytun yog'i va shakarni aralashtirib yengil massaj kilib yuvib tashlang. Oziqlantiruvchi krem suring va 10 daqiqadan so'ng pomada surishingiz mumkin.

8.Yuz uchun niqob

Ushbu niqob yuz terisini namlantirishda va yumshatishda yordam beradi. 2 piyola oshqovoq pyuresi, 4 osh qoshiq qatiq, 4 osh qoshiq asal, 1/3 stakan maydalangan bodom, ¼ choy qoshiq zaytun yog'ini aralashtirib, yuzga suring va 5—10 daqiqaga qoldiring.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: