Yuz terisi sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta tavsiya
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yuz terisi sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta tavsiya
- Дата релиза: 30-11-17, 00:20
Ba’zilar kremlardan foydalanishi, muntazam ravishda kosmetologga qatnashiga qaramay, yuz terisi silliq emasligi va gul-gul yonib turmasligidan shikoyat qiladi. Biroq mutaxassislar fikricha, bu oddiy ovqatlanish qoidalariga bog‘liq.
Birinchi tavsiya: ko‘proq suv iching
Toza suv teri go‘zalligi va salomatligini saqlashda alohida rol o‘ynaydi: aynan u teri hujayralariga kislorod va oziq moddalarni yetkazadi. Suyuqlik yetarli bo‘lmasa, organizmning tabiiy detoksikatsiya jarayoni izdan chiqadi, ichaklar mikroflorasi o‘zgaradi, qabziyat yuzaga keladi. Oqibatda teri quruq va xira bo‘lib, barvaqt ajinlar tushadi.
Moddalar almashinuvi jarayonini ta’minlash uchun ayol kishi kuniga o‘rtacha 1,5 litr suv ichishi lozim. Teri sog‘lom va tarang bo‘lishi uchun miqdorni yana 0,5 litrga ko‘paytirish kerak. Agar sport bilan shug‘ullansangiz, yana kamida qo‘shimcha 1—2 stakan suv ichish zarur.
Ikkinchi tavsiya: oddiy ozuqalarni iste’mol qiling
Nimanidir yeyish-yemaslikka ikkilanib turgan bo‘lsangiz, uning tarkibini o‘qib chiqing. U qanchalik qisqa bo‘lsa, yuz teringiz uchun shuncha yaxshi. Tarkibida ko‘p masalliqlar bo‘lgan, murakkab tarzda tayyorlangan, achchiq, sho‘r, shirali taomlardan uzoq yurish zarur.
Uchinchi tavsiya: sabzavotlar bilan do‘stlashing
Teri salomatligi va go‘zalligi uchun yangi uzilgan ko‘katlar, sabzavot va salatlar yeyish muhimdir. Ko‘kat — vitamin, foydali kletchatka, zarur ferment va fitonsidlarning noyob manbasi. Har safar ovqat yeganda sabzavotlar bo‘lishi juda zarur, zero aynan ular dukkaklilar, yog‘siz go‘sht, tovuq go‘shti, baliq va 2 litr toza suv bilan qo‘shib iste’mol qilinganida organizmning tabiiy detoksikatsiyasini qayta tiklashga yordam beradi. Natijada teri tozalanadi va gul-gul yashnaydi.
To‘rtinchi tavsiya: ratsioningizga baliqni kiriting
Teri salomatligi, va umuman butun organizm uchun eng zarur bo‘lgan narsa — aminokislotalardan tarkib topgan oqsildir.
Minerallar, vitaminlar va yog‘li to‘yingan kislotalar miqdori bo‘yicha baliq parranda go‘shtini ham ortda qoldiradi. Dengiz mahsulotlarida ma’lum bir aminokislotalar mavjud, ulardan biri gistidin bo‘lib, u terining yuqori qatlamlarida namlikni saqlab qolishda ishtirok etadi.
Beshinchi tavsiya: zararli yeguliklardan darhol va butunlay voz keching
Makaron, oq guruch, oq non, shakar va shirali gazlangan ichimliklar insulin ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, natijada qondagi qand miqdori oshadi. Bu esa o‘z navbatida teridagi teshikchalar bekilib qolib, yog‘ bezlari ishi tezlashishiga olib keladi. Qovurilgan, dudlangan, yog‘li, konservalangan mahsulotlar va albatta fastfuddan voz kechish tavsiya etiladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар