Yuz terisi uchun qishki muolajalar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yuz terisi uchun qishki muolajalar
- Дата релиза: 04-01-18, 16:13
Yuz parvarishi, albatta, uning turiga qarab tanlanadi. Yozda yuzingiz terisi yoјli bo`lgan bo`lsa, sovuq tushishi bilan u normal tusga kirishi mumkin. Qishki mavsumda yuz terisi qandayligiga qarab quyidagi muolajalarni o`tkazing:
Quruq teriga haftada 2 marotaba oziqlantiruvchi va 1-2 marta vitaminli niqoblar surtish lozim. Bunday niqoblar tarkibi bug`doy, bodom, shaftoli yoјlari, lesitindan iborat bo`lishi kerak. Quruq teri doimiy ravishda namlantirib turiladi, shuning uchun oyda 1-2 marta oziqlantiruvchi kremni namlantiruvchi turiga almashtirib qo`llash kerak.
Yog`li teri sovuqda unchalik ko`p aziyat chekmaydi. Hatto, bu mavsumda bunday teri sohibalari yuzidan shikoyat qilmay qo`yadi. Shunga qaramasdan uni haftada 1 marta oziqlantiruvchi, vitaminli niqoblar bilan siylab, tarkibida propolis, rozmarin, bodring ekstrakti, lavanda va ignabargdan bo`lgan sellofanli niqoblarni qo`llang. Shuningdek, spirtsiz losonlar ishlating.
Normal teriga haftada bir-ikki marta namlantiruvchi vositalardan surtish kifoya.
Yuzda shamollash boshlanganda esa tarkibida quyidagi komponentlar bor kremlardan ishlating:
Antioksidantlar kompleksi. Ular shamollashni to`xtatib, tashqi ta`sirlarni neytrallashtiradi.
Moychechak ekstrakti yuz terisini yumshatib, uning qayta tiklanishi va asoratlarining so`rilishiga yordam beradi.
D-pantenol yuz teri qoplamasini yaxshilaydi, terini kollagenini tiklaydi.
A va E vitaminlariga boy bo`lgan avokado moyi esa noziklashgan yuz terisini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар