Yuz terisini yoshartiruvchi niqoblar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yuz terisini yoshartiruvchi niqoblar
- Дата релиза: 26-11-17, 21:23
Vaqt o‘tishi bilan teri hujayralari terining tarangligini ta’minlab turuvchi kollagen va elastinni yetarli miqdorda ishlab chiqarmay qo‘yadi. Shu tufayli yuz yosh va tiniq ko‘rinishga ega bo‘lmay qoladi. Bu aynan necha yoshda sodir bo‘lishi ko‘plab omillarga bog‘liq. Bunga irsiy xususiyatlar, ishlash va yashash shroitlari, ovqatlanish tartibi, hayot tarzi, terini parvarishlab borish va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi ayollar 35—40 yoshlarida ham tiniq yuz terisiga ega bo‘lsa, boshqalar 25 yoshlaridayoq yuzida o‘zgarish bo‘layotganini sezishi mumkin. Biroq terini parvarishlashni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul, shunda o‘zingiz istamagan o‘zgarishlar unchalik sezilarli bo‘lmaydi.
Uy sharoitida yuzni parvarish qilishning eng oson va shu bilan birga, samarali usuli niqoblardir. Xo‘sh, niqoblar nimalardan tayyorlanishi mumkin va ular qanday xususiyatga ega. Quyida bunday niqoblarda qo‘llaniladigan ba’zi mahsulotlarni va ular teriga ko‘rsatadigan samaralarni sanab o‘tamiz.
Asal — vitaminlarning haqiqiy xazinasidir. U terini tozalaydi va oziqlantiradi.
Xantal epidermis (terining tashqi qavati)ga surilganida, uning hujayralari qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi, moddalar almashinuvi ham yo‘lga tushadi, natijada elastin va kollagen ishlab chiqarila boshlaydi.
Xom tuxum — teridagi teshikchalarni toraytirish bilan birga, ulardagi ortiqcha narsalarni chiqarib tashlaydi. U, shuningdek, namlantiruvchi xususiyatga ham ega.
Smetana, qatiqdagi kislotalar epidermisning qotib ketgan hujayralarini yo‘q qiladi, shuningdek, ushbu mahsulotlar terini oziqlantiradi va namlantiradi.
Kosmetik gil (glina)teridagi yallig‘lanishni ketkizadi, uni namlantiradi va unga elastiklikni qaytaradi.
Bodring ham yallig‘lanishni yo‘q qiladi, terini taranglashtiradi va uni yangilaydi.
Kartoshka yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, uning sharbati terini tiniqlashtiradi va oziqlantiradi.
Meva kislotalari ko‘pincha pilinglar tarkibiga kiritiladi, bunday pilinglar yuzning eskirgan va o‘lik hujayralarini yo‘q qilib, uni yangilaydi.
Xamirturush — teri holatiga ta’sir ko‘rsata oladigan tirik organizmlardir.
Gerkules (suli yormasi) terining dag‘al bo‘lib qolgan hujayralarini ketkizib, shu bilan birvaqtda epidermisni namlantiradi va yumshatadi.
Tabiiy moylar so‘lg‘in va quruq teri uchun eng yaxshi namlantiruvchidir. Bundan tashqari, ularning tarkibidagi E vitamini epidermis hujayralarining normal ishlashi uchun zarur.
Niqob surishning asosiy bosqichlari
Uy sharoitida yoshartiruvchi niqoblar yuzga quyidagi tarzda suriladi:
Dastlab teri tozalanadi. Yuzingizni yuving, so‘ng losyon yordamida tozalang. Yumshoq skrab bilan yumshoq piling qilish ham mumkin.
Yuzdagi teshikchalar ochilib, niqob tarkibidagi moddalar teriga yaxshiroq singishi uchun yuzni bug‘lab yumshatgan ma’qul. Buning uchun qaynoq vanna qabul qiling yoki yuzingizni qaynoq suv solingan idish og‘ziga tutib turing.
Endi niqobni surish mumkin. Vaqtni belgilang va bo‘shashing.
Niqobni yuvib tashlashga kirishing. Uni ehtiyotkorlik bilan, iliq suvda, yaxshisi sovunsiz yuvish zarur (agar yuzdan ketishi qiyin bo‘laversa, sovun ishlatish mumkin). Ba’zi niqoblarni esa oddiy salfetka bilan tozalab olish mumkin.
Quyida esa ba’zi niqoblar retseptlari bilan tanishishingiz mumkin.
Oq gildan niqob. U ajinlarni tekislaydi va yuzdagi teshikchalarni toraytiradi. Bir choy qoshiq kosmetik oq gilni shuncha miqdordagi asal va limon sharbati bilan aralashtiring. Uni darhol yuzga surib, 20 daqiqaga qoldiring.
Gerkulesli niqob quruq teri uchun ayni muddaodir. 50 gramm suli yormasini blanderda maydalang, yarim stakan qaynoq sutga soling va bir choy qoshiq zaytun yog‘i bilan aralashtiring. Yuzga surib, yarim soatga qoldiring.
Xamirturushli niqob. Tez eruvchi drojjini sut yoki suvda eriting, hosil bo‘lgan massa quyuqligi smetananikiga o‘xshash bo‘lishi kerak. Unga bir osh qoshiq bodom yog‘i qo‘shing va yuzga uch qavat qilib suring va 20 daqiqaga qoldiring.
Yog‘li yuzlar uchun qatiqli niqob mos tushadi. Bir choy qoshiq osh sodasini 50 ml iliq qatiqqa qo‘shing. Yuzga surib, 15—20 daqiqaga qoldiring.
Quruq yuzga tuxum sarig‘i va asal aralashmasi tavsiya etiladi. Buning uchun bitta tuxum sarig‘ini bir osh qoshiq asal bilan aralashtiring va yuzga yarim soatga surib qo‘ying.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар