Yuz tuzilishingiz qanday ma`no anglatadi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yuz tuzilishingiz qanday ma`no anglatadi?
- Дата релиза: 30-06-17, 13:47
Inson fe`l-atvorini bir marta ko`rgandan aniqlab bo`ladimi? Yo`q, deyishga shoshilmang. Fiziognomika fani asoslari esa buning imkoni borligini isbotlagan. Bu fan insonning tashqi ko`rinishiga, a`zolari shakli va tuzilishiga qarab fe`l-atvori va qiziqishlari haqida ma`lumot beradi. Hozirgi kunda biror inson haqida to`liq ma`lumot olish maqsadida aksariyat hollarda ekstrasens va astrologlar xizmatidan foydalaniladi. Bu jarayon esa qo`shimcha vaqt va mablag` talab etadi. Fiziognomika fanidan boxabar bo`lsangiz, bunday ovoragarchiliklarga hojat qolmaydi. Bu fan juda qadim zamonlarda paydo bo`lgan. Uning vatani qadimgi Xitoy hisoblanadi. Bu mamlakatdagi faylasuflar inson fe`l-atvori va tashqi ko`rinishi o`rtasida bog`liqlik bor deb hisoblashgan va aksariyat hollarda ularning tadqiqotlari ijobiy natijalar ko`rsatgan. Demak, mazkur sahifamiz orqali yuz tuzilishini tadqiq etamiz!
Cho`ziqroq yuz.
Yuz tuzilishi ovalsimon insonlar harakatchan insonlardir. Bunday shakl yuz sohiblarining iyaklari qirrali va tuxumni eslatgan holda pastga yo`nalgan bo`ladi. Mazkur toifaga kiruvchi insonlar tinib tinchimaydigan, hayotdan har doim yangilik izlab yashovchilardir. Ular hayot tarzini tez-tez o`zgartirishga moyil. Sevimli mashg`ulotlari turini ham tez-tez almashtirib turishadi. Ular hissiyotga beriluvchan, shu bilan birga aqlli hamda o`ta qiziquvchan bo`lishadi. Shuningdek, bunday insonlar tavakkal qilishni yoqtirishmaydi.
Kvadrat shaklli yuz
To`rtburchak shaklidagi yuz sohiblari esa dovyurak, tirishqoq va dadil insonlardir. Ammo, ba`zida bu fazilatlar qo`pollik hamda mansabparastlik bilan yonma-yon turadi. Bu toifaga mansub insonlar ishxonada o`ta intizomli va mas`uliyatli xodimlar hisoblanishadi. Shuning uchun ham kasbiy faoliyatda ularga raqobatchi hamkasblar deyarli topilmaydi. Bu esa ularda o`z ishidan zerikish hissini uyg`otishi mumkin. Erkaklarga kvadrat yuz tuzilishiga ega ayollar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo`lish tavsiya etiladi.
Yurakcha shaklli yuz
Uchburchak yoki to`ntarilgan tuxum shaklidagi yuz egalari o`ta kuchli xotira sohiblari hisoblanishadi. Ular o`zlariga kerakli ma`lumotni tez va osonlik bilan eslab qolishadi. Uchburchak yuzlilar oldiga qo`ygan maqsadiga erishmasdan qo`yishmaydi. Shu bilan birga hammada bo`lgani kabi bunday insonlarning fe`l-atvorlari ham kamchiliklardan xoli emas. Misol uchun, ular ko`pincha faqat o`zlarini o`ylab ish tutishadi va tabiatan o`ta qaysar bo`lishadi. Mazkur toifa vakillari kamdan-kam hollarda atrofdagilarga bog`lanib qolishadi. Shuning uchun ham ular hayotda “Yangi kun — yangi hayot tarzi” shioriga amal qilishadi. Ko`pincha ular atrofdagilarda mug`ombir hamda ma`lum nuqtai nazarga ega bo`lmagan insonlardek taassurot qoldirishadi. Tanish-bilishlar bunday insonlar bilan murosai madora qilib bo`lmaydi, deb hisoblashadi.
Trapesiya shaklli yuz
Mazkur turdagi yuz sohiblarining fe`l-atvori uchburchak shakldagi yuzlilarning fe`l-atvorlariga juda yaqin. Ammo, ular uchburchak yuzlilarga nisbatan biroz silliq xarakterga ega bo`lishadi. Mazkur toifa vakillari ham o`zlarini o`ta yaxshi ko`rishadi hamda ularga xos asosiy xususiyat — maqsadga intiluvchanlik hisoblanadi. Shuningdek, bunday yuzlilar hissiyotga beriluvchan va artistlarcha mahoratga ega bo`lishadi. Trapesiyasimon yuzli ayollarning fe`l-atvorlari o`ta yoqimli bo`ladi.
Yumaloq shaklli yuz
Yumaloq shakldagi yuz — og`ir-bosiq, vazmin tabiatli insonlarga xos. Bunday yuzlilar mehribon, atrofdagilarga e`tiborli va g`amxo`r bo`lishadi. Mazkur toifa vakillari bilan garchi ko`pdan beri tanish bo`lmasangiz ham tortinmasdan, bemalol suhbatlasha olasiz. Rahbarlik kursisi ularni qiziqtirmaydi. Bu vazifani ular o`ta mushkul va mas`uliyatli deya hisoblashadi. Ammo, bu qat`iy qoida emas. Chunki, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritadiganlar orasida yumaloq yuzlilar ham ko`p uchraydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар