Yuz uchun qulupnayli 5 niqob
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yuz uchun qulupnayli 5 niqob
- Дата релиза: 11-05-17, 11:26
1. Quruq yuzlar uchun
1 choy qoshiq qulupnay sharbatiga bitta tuxum sarig`i, 1 choy qoshiqdan o`simlik yog`i va smetana solib, quyuqlashtirish uchun ozgina un qo`shib, niqob tayyorlang. Tayyor niqobni yuzga 15 daqiqaga surting, so`ng iliq suv yoki choy bilan yuvib tashlang. Bu niqob yuzni namlantiradi, yoshartiradi va oqartiradi.
2. Har qanday yuzlar uchun
1 choy qoshiqdan qulupnay sharbati, smetana, bodom yog`i va jo`xori kraxmalini aralashtirib, niqob tayyorlang. Yuzga 20 daqiqaga surting. Yuzni avval iliq suv bilan, so`ng sovuq suv bilan yuving. Yuz silliqlashadi, yuzdagi yallig`lanishlardan asar ham qolmaydi.
3. Yog`li yuzlar uchun
Yarim stakan sut va yarim stakan qulupnay sharbatini aralashtiring. Bir necha qavat dokaga suyuq niqobni yaxshilab botirib olib, dokani yuzga 15 daqiqaga yoyib qo`ying. Yuzni iliq suvga yuvgach, yumshatuvchi kremdan yuzga surting. Bu niqob yog`li yuz yaltirashini ketkazib, oqartiradi.
4. Ajinlarga qarshi
5-7 dona qulupnay, 7-8 dona gilos va 30 gr. tvorogni aralashtirib, bo`tqa holatiga keltiring. Tayyor niqobni yuzga 20 daqiqaga surtib, iliє suv bilan yuving. Yuz rangi yaxshilanadi, ajinlar sezilarli darajada kamayadi.
5. Muammoli yuzlar uchun
Gilos sharbati, qulupnay sharbati, malina sharbati va oq loyni tengma-teng miqdorda aralashtiring. Niqobni 15 daqiqaga yuzga surtib, iliq suv bilan yuving, keyin yumshatuvchi kremdan surtib qo`ying. Bu niqob yuzni oziqlantiradi, quritadi va yuzdagi muammolarni kamaytiradi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар