Yuzdagi dog` va sepkillardan qutulish choralari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Yuzdagi dog` va sepkillardan qutulish choralari
- Дата релиза: 22-05-17, 19:03
Kelinoyim shaftoli gullashi bilan uning gulbarglarini terib, qatiq aralashtirib, yuzlariga surtadi. Buning sababini so`raganimda:
— Yuzingizda dog` paydo bo`lishini istamasangiz, siz ham shunday qiling. Qarang, mening yuzimda hecham dog` yo`q, deb javob berdi.
Haqiqatan ham quyosh nurlari ta`sirida terida turli sepkil va dog`lar paydo bo`layotganini kuzatish mumkin. Aytishlariga qaraganda, bu dog`lar asosan bahorgi quyosh nurlari ostida paydo bo`lar ekan. Ammo ba`zi hollarda yuzdagi dog`lar biror bir kasallikning xabarchisi ham bo`lishi mumkin.
Sepkil
Sepkillar ilmiy tilda efelidalar deb ataladi va ko`proq oq-sariqdan kelgan, olov rangli soch va ko`k ko`z sohibalarida uchraydi. Buning sababi esa irsiyatga borib taqaladi. Ayniqsa, bahor va yoz oylarida quyosh nurlari ostida yuzdagi sepkillar rangi to`qlashib, soni ortib ketadi. Ilk sepkillar bola 3-5 yoshga etganda paydo bo`ladi va ayniqsa, balog`at yoshida ular ko`payadi.
Sepkillar asosan burun, yonoqlar, chakkalar, elka, qo`l kiftlari va kamdan-kam hollarda terining yopiq qismlarida yuzaga keladi. Yuzingizda sepkil bo`lsa, unutmangki, erta bahordan to kech kuzgacha teringizni parvarishlab, o`zingizni oftob nurlaridan asrab yurishingiz lozim.
Turli-tuman dog`lar
Xloazma terida turli kattalikda, shaklda va och sariq rangdan tortib jigarranggacha bo`ladi. Asosan peshana, burun qanotlari, chekkalarda, labning yuqori qismida, jag`larda, ya`ni ochiq oftob nuri tushadigan qismlarda hosil bo`ladi. Quyosh nurlari o`tkirlashgan bahor oylarida bu dog`lar anchayin qorayib, ko`zga yaqqol ko`rina boshlaydi. Qish oylarida esa umuman yo`qolib ketishi ham mumkin. Shuningdek, ayollarda homiladorlikning ilk oylarida paydo bo`lib, tug`ruqdan keyin o`tib ketadi. Ammo ba`zi hollarda ketmasligi ham mumkin. Chunki yuzdagi bu dog`lar jigar, o`t pufagi yoki oshqozon-ichak tizimi kasalliklari va shu bilan birga, gormonal konraseptiv dorilar ta`sirida yuzaga kelgan bo`lishi ham mumkin. Ba`zan yuzdagi dog`lar endokrin tizim buzilishlariga ham ishora qiladi. Shu sababli endokrinolog-shifokor ko`rigidan ham o`tish darkor.
Sepkillar paydo bo`lishining oldini olish uchun mutaxassis tavsiya etgan miqdorda askorbin va nikotin kislotasini qabul qilish zarur. Bu kislotalar terining quyoshga nisbatan ta`sirchanligini kamaytiradi.
Avval shifokorga ko`rining!
Yuzingizda dog`lar paydo bo`lsa, eng avvalo shifokorga murojaat qiling. Agar yuzdagi dog`larning sababi biror kasallik alomati bo`lsa, yuzni oqartirish vositalariga pul sarflashga hojat yo`q. Chunki kasallikni davolamasdan uning alomatlarini yo`qotib bo`lmaydi. Turli oqartiruvchi vositalar yordamida esa bu dog`lar ma`lum muddatga yo`qolib, keyin yana paydo bo`ladi. Qolaversa, bu salomatligingiz uchun ham xavfli bo`lishi mumkin.
Dog`larning sababi biror kasallikka bog`liq bo`lsa, uni davolash asnosida dog`lar ham o`z-o`zidan yo`qolib ketadi.
Oqartiruvchi vositalar
Ularni qo`llashdan avval mutaxassis-kosmetolog bilan maslahatlashgan ma`qul. Chunki aksar hollarda yuzidagi dog`ni birdan yo`qotishni istagan ayollar kuchli oqartiruvchi vositalarni qo`llay boshlashadi. Bu esa terining boshqa vositalarga nisbatan ta`sirchanligini yo`qotadi. Ba`zi hollarda esa terida dog`larning yanada ko`payib ketishiga yoki allergiyaga olib keladi. Shuning uchun oqartiruvchi krem va boshqa vositalarni mutaxassis bilan birgalikda tanlash lozim. Terining o`ziga xos xususiyatlari va dog`larni o`rganib, iloji boricha muloyim va yumshoq ta`sir ko`rsatuvchi vositalarni qo`llagan ma`qul.
Turli muhofazalovchi kremlar bilan birgalikda terini rux (sink)li krem va limon sharbati vositasida parvarishlab turish kerak.
Giperpigmentasiyaning barcha turida terining ma`lum bir qismida melanin pigmenti ishlab chiqarilishi oshib ketadi. Terini oqartirishning eng birinchi sharti — uni quyosh nurlaridan himoyalash. Buning uchun quyoshdan asrovchi faktori (SPF) 25 dan kam bo`lmagan kremlardan foydalanish zarur. Chunki dekorativ kosmetika vositalari terini quyosh nurlaridan etarlicha himoya qilmaydi.
Quyoshdan asrovchi faktorli (SPF) kremni teriga surtgandan keyin uni yangilab turish tavsiya qilinadi. Chunki bu kremlar terini 3-4 soat davomida muhofaza qiladi, so`ng ta`sir kuchini yo`qotadi.
Terini oqartirish turlari
Terini oqartirish uchun kosmetologiyada ikki yo`nalish qo`llaniladi: terining ustki qatlamini tozalash va melanin ishlab chiqarilishini kamaytirish.
Terining ustki qatlamini tozalash uchun turli piling uslublaridan foydalaniladi. Faqat shuni ham yodda tutingki, piling muolajalarining barchasi kuz va qish oylarida amalga oshiriladi.
Piling uslubi ham giperpigmentasiyaning turiga ko`ra tanlanadi.
Turg`un dog`larni ketkazish uchun esa jarrohlik uslublari: suyuq azot, terini lazer yordamida silliqlash (shlifovka), dermabraziya, mezoterapiya kabi uslublar qo`llaniladi.
Pigment dog`lar va sepkilni davolab boshlagandanoq natija ko`zga ko`rinishini kutmang. Dog`larni uzoq muddat va doimiy ravishda muolaja qilib borish talab etiladi.
Uy sharoitida…
Momolarimiz yuzdagi sepkillarni ketkazish uchun limon, petrushka va bodringdan foydalanishgan. Hozirgi kunda shuni aytish mumkinki, bu mahsulotlarning tarkibida terini oqartiruvchi moddalar mavjud. Faqat unutmangki, bu vositalar teridagi dog`larni tamoman yo`qota olmaydi. Shuningdek, sut mahsulotlari yoki limonga allergiyasi borlarga tavsiya qilinmaydi.
Bir choy qoshiqdan limon sharbati, suv va osh sirkasi (stolovy sirka)ni aralashtiring. Agar teringiz quruq bo`lsa, unga bir necha tomchi gliserin ham qo`shib yuboring. So`ng bu aralashmaga paxtani botirib, yuzingizning dog`li qismlarini arting. Yuz dog`larini ketkazish uchun yuzingizga namlantiruvchi krem surting. Keyin esa unga limon bo`laklarini qo`yib, 10 daqiqadan keyin yuzingizni iliq suvda chaying.
Bodring po`stlog`ini tashlab yubormang-da, bir stakan xona haroratidagi suvga solib, 6 soatga tindirib qo`ying. So`ng dokada suzib olib, bu suv bilan yuzingizni yuving.
Bir bog`lam petrushkani maydalab to`g`rab, 1 litr qaynagan suvda damlang. 1-3 soat tindirgach, dokada suzib oling. Sovutilgan damlama bilan yuzingizni kuniga 1-2 marta arting. Shuningdek, teri rangi yaxshilanishi uchun bu damlamadan ertalab va kechqurun yarim stakan ichish tavsiya qilinadi.
Sabzi
Sabzini qirg`ichdan chiqarib, sharbatini siqib oling va bir necha tomchi limon sharbati qo`shib, yuzingizni arting. Bu ham sepkillar miqdorini kamaytirib, terini oqarishiga olib keladi.
Qovun urug`i
Qovun urug`i ham terini oqartiradi. Buning uchun qovun urug`ini suvga solib qaynating va bu suv iligach, u bilan yuzni yuvish lozim.
Sut mahsulotlari
Ular ham terini oqartiruvchi xususiyatga ega. Achib qolgan qatiq yoki suzmani tashlab yuborishga shoshilmang. Uni yuzingizga surtib qo`ying yoki u bilan yuzingizni yuving. Niqob yuzda qurib qolgach, yuzingizni iliq suv bilan yaxshilab chaying.
Loson
Bodringni qirg`ichdan chiqaring va suvini siqib oling. 1 osh qoshiq bodring sharbatiga 1 choy qoshiq o`simlik yog`i qo`shing. Quruq teri va sarg`ayib qolgan dog`larga qarshi qo`llash tavsiya qilinadi.
Momaqaymoq
2 osh qoshiq momaqaymoq gullarini 0,5 litr suvga solib, 30 daqiqa qaynating. So`ng sovutib, suzib, shisha idishga solib qo`ying. Ertalab va kechqurun yuzingizni bu loson bilan arting.
O`zingizni o`tkir quyosh nurlaridan asrang. Doimiy ravishda soyabon, oftob nurlaridan himoyalovchi ko`zoynak taqib yurishni kanda qilmang.
S vitamini
Tanaga kerakli miqdorda S vitamini bilan ham to`yintirish lozim. S vitamini esa turli sitrus mevalar, petrushka, shivit, selderey kabi ko`katlar tarkibida ko`p. Shuning uchun yuzingizni oqartirishga chog`langan bo`lsangiz, taomnomangizga ham biroz ahamiyatli bo`lishingizni maslahat beramiz.
Dermatokosmetolog Surayyo MIRSODIQOVA bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Kavsar ASHOBOVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар