Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Yuzingizni uy sharoitida oziqlantirish uchun niqoblar
​Yuzingizni uy sharoitida oziqlantirish uchun niqoblar

​Yuzingizni uy sharoitida oziqlantirish uchun niqoblar

​Yuzingizni uy sharoitida oziqlantirish uchun niqoblar
Bu niqoblarni yuzingizga haftada ikki marta surtib, 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Natijasini ko`rib, tan berishingiz aniq!

Quruq va normal yuz terisi uchun olmali oziqlantiruvchi niqob:

1 osh qoshiq saryog`ni olma va tuxum sarig`ining qirindisi bilan qo`shamiz. Unga 1 choyqoshiq asal solib aralashtiramiz. Bu niqobni yuzga surtib 20 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.

Quruq va normal yuz terisi uchun tozalovchi va oziqlantiruvchi karamli niqob:

Karamni go`shtmaydalagichdan o`tkazib, tayyor bo`lgan bo`tqani yuzga surtib, 20 daqiqadan keyin uy haroratidagi suv bilan yuvib tashlang.

Aralash tipdagi yuzlar uchun bananli oziqlantiruvchi niqob

Bananni bo`tqa qilib, unga 2 oshqoshiq qaymoq(slivki), 1 oshqoshiq asal solib, mikser bilan ko`pirtiramiz. Tayyor bo`lgan kremni darrov yuz, bo`yin, dekolte sohasiga surtib, 20-30 daqiqa qoldiramiz. Niqobni kosmetik salfetka bilan tozalaymiz.

Quruq yuzlar uchun sabzili niqob

Qirg`ichning mayda tishidan ikkita qizil sabzini o`tkazing. Tayyor bo`lgan sabzi bo`tqasiga 1 dona tuxum sarig`i va 1 choyqoshiq o`simlik (yaxshisi zaytun) yog`ini qo`shing.

Normal va quruq yuz terisi uchun kartoshkali niqob

2 dona xom kartoshkani qirg`ichdan mayda qilib o`tkazib, unga 1 ta tuxum sarig`i va 1 oshqoshiq sut qo`shing. Ko`zga hunuk ko`rinsa-da, bu niqob ajoyib natijalar beradi. U nafaqat yuzning qurishi va teri ko`chishidan, balki shishishdan ham asraydi.

Yog`li yuz terisi uchun qatiqli niqob

Ikki oshqoshiq qatiqni 1 oshqoshiq kofe maydalagichda tuyilgan suli yormasi (gerkules) bilan aralashtiramiz. Xohishga ko`ra qatiq o`rniga kefir yoki asidofilin ishlatsa ham bo`laveradi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: