Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Zamonaviy qizlar uchun go‘zallik va kiyinish qoidalari
Zamonaviy qizlar uchun go‘zallik va kiyinish qoidalari

Zamonaviy qizlar uchun go‘zallik va kiyinish qoidalari

Zamonaviy qizlar uchun go‘zallik va kiyinish qoidalari
Sochlar. Sochlaringiz rangini tez-tez o‘zgartirishga odatlanmang, yorqin, ko‘zga tashlanuvchi ranglardan voz keching, iloji boricha sochlaringizning tabiiy rangini saqlashga harakat qiling.
Poyabzal. Poshnasiz oyoq kiyimlar kiyishni juda boy oligarxlar yoki uy bekalari o‘ziga munosib ko‘radilar. Boshqa hamma holatlarda poshnalar to‘g‘risida unutmang.
Jinsi shimlar. Bir xil rangli, klassik uslubda va qomatni xipchalashtiruvchi jinsilar tanlaganingiz ma’qul. Bezakli va kashtali jinsilardan voz keching — bunday shimlarni zamonaviy qizlar emas, balki yosh qizchalar o‘ziga ep ko‘rishi mumkin.
Mashhur brendlar ko‘chirmalari. Garderobingizda mashhur firmalar ko‘chirmalarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Bu fosh bo‘lish va muqarrar o‘ng‘aysizlikka olib keladi.
Botilyonlarni yubka bilan kiyishga chek qo‘ying. Bu oyoqlari to‘lachadan kelgan ayollarga xos eng keng tarqalgan odat. Botilyonlarni polgacha tushib turuvchi yubkalar bilan kiyish mumkin.
Tinimsiz mukammal qomatga intilish. O‘z hayotingizni kinolardagi go‘zallarning mukammal o‘lchamlariga sig‘inishga aylantirib yubormang. Har bir ayol o‘zining tabiiy qomati bilan yoqimli. Lekin bu har doim tetik holatda bo‘lish va sport bilan shug‘ullanish zarurligini inkor qilish kerak degani emas.
Ochiq badanni suiiste’mol qilish. Bluzkangizning materiali badanni yashiradigan darajada qalin, qomatingizning fazilatlari va kamchiliklarini ko‘z-ko‘z qilmaydigan bo‘lishi kerak.
Manikyur. Odmi manikyur didsiz bezaklar bilan bo‘yalgan uzun qayrilgan tirnoqlardan ko‘ra ancha yaxshiroq ko‘rinadi.
Ofisda kiyiladigan oyoq kiyim. Ishga uchi ochiq oyoq kiyimlar kiyish man qilinadi, bu nafaqat etika normalariga to‘g‘ri kelmaydi, balki sizning kompaniyangizning ish uslubini ham pasaytiradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: