Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ZAVQLANIB IShLAShNI ISTAYSIZMI? 10 TAVSIYa BILAN TANIShING!
ZAVQLANIB IShLAShNI ISTAYSIZMI? 10 TAVSIYa BILAN TANIShING!

ZAVQLANIB IShLAShNI ISTAYSIZMI? 10 TAVSIYa BILAN TANIShING!

ZAVQLANIB IShLAShNI ISTAYSIZMI? 10 TAVSIYa BILAN TANIShING!
Ish kuningiz yakunida ertaga hammasi boshqatdan boshlanishi o`ylab yuragingiz orqaga tortib ketayaptimi? Qachonlardir sizga bir olam quvonch baxsh etgan kasbingizdan zerikib ham ulgurgandirsiz balki? Bekorchi o`ylar bilan o`zingizni qiynamang, oldingi ishtiyoqingizni uyg`otishning chorasi bor!

O`zingizni «juda uddaburonman-da», degan gap bilan tez-tez siylab turing. Arzigulik biror ish qilganingizda moddiy mukofotlashni ham unutmang! Ayollar psixikasi shunday tuzilganki, biz maqtovga erkaklarga nisbatan ko`proq muhtojmiz. Shuning uchun diqqatingizni kamchiliklaringizga emas, erishayotgan muvaffaqqiyatlaringizga yo`naltiring. Har bir erishilgan yutuq uchun o`zingizni taqdirlab turishni odat qilib oling. Xoh u yangi ko`ylak bo`lsin, xoh arzon ammo chiroyli bloknot mukofot kayfiyatingizni ko`tarib, ishchanligingizni yanada oshiradi.
Muomalangiz shirin bo`lsin. Boshliq va hamkasblaringiz sizni yaxshi tomondan bilishsin. Nolimay, norozilik kayfiyatini namoyish qilmay, g`iybatlardan yiroq bo`lib, shunchaki ochiq chehra bilan muomala qiling. Boshqalarni tinglashni o`rganing. Shunda jamoangizda ham birdamlik ruhi paydo bo`lganini his qilasiz.
Salbiy fikrlarni xayolingizdan yiroqqa quving. Biror yon daftar yoki quticha sotib olib uni «yaxshi taassurotlar to`plami» deb nomlang. Va unga hech bo`lmaganda haftada bir marta ishda erishgan biror bir muvaffaqiyatingizni yozib yoki shu muvaffaqiyat bilan bog`liq biror detalni solib qo`ying. Mana ko`rasiz, ko`p o`tmay o`z mehnatingiz baland baholashni, qadringizni bilishni o`rganib olasiz.
O`zingiz uchun nimadir qiling. Anchadan beri rejalashtirib yurgan biror loyihangiz bo`lsa, uning ustida ishlashni boshlang yoki hammadan ko`ra yaxshiroq bajara oladigan ishingizga ko`proq vaqt ajrating. Albatta, yutuqqa erishasiz. Bu yutuq boshqalar tomonidan ham e`tirof etilmay qolmaydi va xizmat lavozimingiz ko`tarilish uchun mustahkam pog`onalardan biriga aylanadi.
Dastlab ishning eng murakkab qismini bajaring. Yoqimsiz ishlardan tushlikkacha qutulib olganingiz ma`qul. Ularni ortga surganingiz bilan baribir kamayib qolmaydi, aksincha kunning ikkinchi yarmida og`ir ishni bajarish yanada og`irroq bo`ladi.
Oldingizga yangi-yangi maqsadlar qo`ying. Biz ayollarga tabiat g`ayrioddiy bir kuch ato etganki, uning yordamida birvarakayiga bir nechta g`oyani kashf etib, uni amalga tadbiq ham eta olamiz. Bunday imkoniyatdan to`laqonli foydalaning.
O`zingizni quvontiring! Ish stolingizda turib bahru dilingizni yayratishi uchun uchun sevimli gullaringizdan guldasta buyurtiring, xonangizda xushbo`y hidli sham yoqing yoki o`simliklardan dimoqni qitiqlatuvchi choy damlang. Yasmin, lavanda hidi kuch yig`ishingiz, fikringizni bir joyga jamlashingizga yordam beradi.
Engil noz karashmadan uyalmang. Har bir ayol uchun atrofdagilar diqqati va qarama qarshi jins vakillarining beozorgina xushomadi xuddi vitamindek zarur. Xushomadlarni tabiiy qabul qiling. Bunga munosibsiz axir!
Jihozlar o`rini almashtiring. Xonangizdagi qulay o`zgarish ish unumiga va kayfiyatingizga ijobiy ta`sir qiladi. Bahonada yig`ilib qolgan qog`oz uyumini ham tartibga keltirib olasiz.
Hayotdan zavq oling! Ish deb, shaxsiy hayotni unutib qo`ymang. Dilkash do`st, e`tiborli ota-ona, sevimli yor bo`lishni uddalagan odamgina tengi yo`q, qimmatli xodim bo`la oladi. O`z xobbingiz bo`lsa yana yaxshi, ishdagi boshog`riqlardan chalg`ish uchun juda qo`l keladi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: