Zerikish ham foydalimi?

Zerikish ham foydalimi?

Zerikish ham foydalimi?
Barcha his-tuyg‘ularimizning biz uchun qandaydir foydasi bor, hattoki zerikishning ham. Psixolog Sandi Mann inson zerikishini o‘rganib chiqqan va quyidagi xulosalarga kelgan.

Zerikish ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi

Sandi Mann shunday tajriba o‘tkazgan. Bir guruh ishtirokchilar 20 daqiqa davomida telefon raqamlarini telefon kitobidan qog‘ozga ko‘chirib yozishdek zerikarli ish bilan shug‘ullanishgan. Shundan so‘ng ishtirokchilarga plastik idishni qanday maqsadlarda ishlatish mumkinligi haqida yangi usullarni o‘ylab topish buyurilgan. Ishtirokchilar unchalik original g‘oyalar ayta olishmagan. Keyingi bosqichda ular yanada zerikarli mashg‘ulot bilan shug‘ullanishgan: ko‘chirib yozilgan telefon raqamlarini ovoz chiqarib o‘qishgan. Bu mashg‘ulotdan keyin ishtirokchilar plastik idishlar haqida ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topa boshlashgan.

Bu tajriba bilan Mann zerikayotgan odam ijodiy fikrlay boshlashini isbotladi. Inson zerikkanda xayol sura boshlaydi, bosh miya ishlashi passiv rejimga o‘tadi. Bunday rejimda bosh miya po‘stlog‘ining chakka va prefrontal qismlari ishlay boshlaydi, bu qismlar avtobiografik xotira, o‘zini anglash, birovning nimani o‘ylayotganini tushunishga harakat qilish kabi xususiyatlar uchun javob beradi.

Bu atrofga yangicha nazar bilan qarashga yordam beradi

Miya passiv rejimda ishlayotganda bizda ichki tahlil jarayoni boshlanadi, ya’ni biz bo‘lib o‘tgan voqealar, suhbatlar, ma’lumotlarni xayolimizda jonlantira boshlaymiz. Bu narsa atrofimizda ro‘y berayotgan va biz boshimizdan kechirayotgan voqealarni yaxshiroq anglab olishimizga yordam beradi. Masalan, kim bilandir gap talashib qoldik, o‘sha paytda jahl ustida aytayotgan gaplarimiz haqida o‘ylab o‘tirishga vaqtimiz va imkoniyatimiz yo‘q va bu holatga boshqa odamning nazari bilan qaray olmaymiz. Lekin keyinroq, mashinada ketayotganimizda yoki kundalik ishlar bilan shug‘ullanayotganimizda o‘sha vaziyatni xayolimizda qayta jonlantirib, bu vaziyatning sabablari, aytgan gaplarimiz, bizga qarshi bo‘lgan odamning aytgan gaplari, nima deb o‘ylagani haqida chuqur o‘ylay boshlaymiz.

Zerikishdan kelib chiqadigan xayol surish jarayoni inson uchun keraklidir, ayniqsa, sotsial munosabatlarga to‘la hayot kechirayotganlar uchun. Shunday ekan, miyangizni doim elektron pochtani tekshirish, virtual dunyoda faollik ko‘rsatish yoki shunga o‘xshash vazifalar bilan band qilib qo‘ymang. Ba’zan o‘zingizga biroz bekor qolib, zerikish ustida xayol surishingizga ham imkoniyat bering. Chunki zerikish ijodiy jarayonning kalitidir.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: