Zira
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Zira
- Дата релиза: 15-07-14, 15:03
Qora zira mevalari tarkibida 7,17 % efir moylari , 22 % yog' , 23 % oqsil , oshlovchi moddlar , flavonoidlar , 3 % qand va boshqa moddalar mavjud . Qora zirada mavjud bo'lgan efir moyining ko'p qismini karvon , limonen tashkil qiladi . Qora zira tarkibidagi moddalar iqlim sharoiti va tuproq tuzilishiga qarab o'zgarib turishi mumkin . Xalq tabobatida zira urug'ining qaynatmasidan kamqonlikda , me`da og'riganida , dizenteriya , Surunkali jigar kasalliklarida foydalaniladi . Qora zira ona suti kamligida hamda qabziyatda iste1mol qilinadi . Xalq tabobatida qora zira qaynatmasi bachadon kasalliklarini davolashda foydalaniladi , shuningdek u ko'z quvvatini oshirish xususiyatiga ham ega . Abu Ali Ibn Sino ham qora ziraning mevasi yurak bezovtalanishini to'xtatuvchi , hiqichoq qoldiruvchi , yel va gijja haydovchi , ovqatni hazm bo'lishiga yordam beruvchi , terlatuvchi omil sifatida tavsiya etadi . Ilmiy medetsinada ham ziradan foydalaniladi . Zira odamning me`da-ichak sistemasi faoliyatini yaxshilash bilan birga bezlar sekretsiyasining faoliyatini uyg'unlashtiradi . Qora zira moyi organizmdagi zararli mikroblarga qiron keltiradi . Uning yana bir yaxshi tomoni ovqatni hazm qilish bezlarining faoliyatini yaxshilaydi , o't ajralishiga yordam beradi . Qora ziradan tayyorlangan damlama qabziyatda , metiorizmda , kolit va boshqa surunkali ichak kasalliklarini davolashda muhim ahamiyatga ega. Damlamani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq miqdorda qora zira olinib , yarim choynak (200 g) qaynoq suv bilan 30 daqiqa davomida yopib qo'yiladi . Uning sharbatidan 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichiladi . O'simlikdan ishtaha ochuvchi damlama tayyorlash mumkin . Buning uchun ermon o'ti , igir ildizi , uchbarg yaproqlari teng miqdorda olinib , obdon aralshtiriladi . Aralshmadan 1 osh qoshiq olib , 200 g qaynagan suvda 20 daqiqa damlanadi , keyin suzib , ovqatdan 15 daqiqa oldin 1 qoshiqdan ichiladi . Tayyorlanayotgan dorilarning mazasi va hidini yaxshilash uchun qora zira mevalaridan olingan efir moyi qo'shiladi .
Смс Шерлар