Ziravorlarning shifobaxsh xususiyatlari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ziravorlarning shifobaxsh xususiyatlari
- Дата релиза: 26-03-18, 16:08
Kundalik hayotimizda ziravorlarni ko‘p ishlatamiz, lekin ularning shifobaxsh xususiyatlari haqida ko‘p ma’lumotlarga ega emasmiz.
Zanjabil
Qadimgilarning fikricha, zanjabilni muntazam ravishda iste’mol qilish aqlni o‘tkirlashtiradi. Bu ziravor tozalovchi, antibakterial, zamburug‘ga, yallig‘lanishga qarshi va tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega.
Shuningdek zanjabil toksinlarni tozalashga va O‘RVIdan himoya qilishga yordam beradi. Organizmni tozalash uchun har kuni ertalab zanjabilli choy iching.
Zarchiva
Zarchiva Hindistonda gepatitning davosi hisoblanadi. U qonni tozalaydi, me’da yarasini davolaydi va immunitetni ko‘taradi. Shuningdek, aytishlaricha zarchiva ongni ham ravshanlashtiradi.
Achchiq qizil qalampir
Achchiq qizil qalampir – revmatizmning oldini oluvchi ajoyib vosita va vitamin yetishmovchiligining davosi hisoblanadi. Qizil qalampirning spirtli aralashmasi ichak kasalliklarida va ishtaha ochish uchun ichiladi.
Qalampirmunchoq
Qalampirmunchoq infeksiyadan himoya qiladi va tish og‘rig‘ida og‘riqni qoldiruvchi mahalliy vosita sifatida ishlatiladi.
Murch
Murch – antiseptik va hatto nootrop hisoblanadi, chunki u xotiraga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Petrushka
Petrushka ko‘karish va shishlarni ketkazadi. Kamqonlikda va isitmada yordam beradi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi. Ayniqsa bu o‘simlikning urug‘i foydali moddalarga juda boy. Qadimda petrushka urug‘ining qaynatmasi zaharlanishga qarshi samarali vosita hisoblangan.
Arpabodiyon
Arpabodiyon ba’zi ginekologik kasalliklarni davolaydi, jigar faoliyatini yaxshilaydi. Arpabodiyon urug‘i qaynatmasi yo‘talni davolaydi va hatto astmaga ham davo.
Dolchin
Dolchin siydik yo‘llari muammolarida tavsiya qilinadi. Shuningdek undan kuchaytiruvchi, tetiklashtiruvchi va antiseptik vosita sifatida ham foydalaniladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар