Главная » Hikoyalar » AChChIQ USTIDA OILAMNI BARBOD QILDIM
AChChIQ USTIDA OILAMNI BARBOD QILDIM

AChChIQ USTIDA OILAMNI BARBOD QILDIM

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: AChChIQ USTIDA OILAMNI BARBOD QILDIM
  • Дата релиза: 06-09-17, 11:06
AChChIQ USTIDA OILAMNI BARBOD QILDIM
To`rtinchi qavatga qo`limdagi og`ir sumkalarim bilan zo`rg`a ko`tarildim. Uyda ham tikish qilmasam, ro`zg`or tebratishim qiyin bo`lib ketayapti. Eshikka yopishtirilgan qog`ozga ko`zim tushib esa uf tortdim. Yana nimadan qancha qarz ekanman?

— Oyi, anuv xotin yana keldi! Rosa eshikni taqillatdi! Men o`zingiz aytgandek ochmay o`tiraverdim, — uyga kirishim bilan o`g`lim har kungi axborotini takrorladi.

— Hech narsa demadimi? — deya so`radim. Aslida o`sha xotinning nimalar deyishini bilsam ham.

— Gapirdi! «Pullaring ham kerakmas, chiqib ketlaring», dedi. Oyi, buvimlarnikiga qayta qolaylik, — o`g`lim iltijo bilan menga qarab turardi.

— Xo`p...

— Uch oydan beri ijara pulini to`lamadingmi? Qancha bo`libdi? — opamning pulning summasini surishtirganidan ko`nglim xotirjam tortdi. Demak, yordam beradi. Ammo qanchaligini aytganimdan ikkimizning ham tarvuzimiz qo`ltig`imizdan tushdi.

— Nima? Uncha pulim yo`q. Mayli, bugun kel, ro`zg`oringga u-bu narsa berib yuboraman. Biroq...

— Pochchamda bor-ku! — dedim opamdan boshqa najotim yo`qligini o`ylab.

— Sening ering ham yomon topmasdi. Jim o`tirganingda hozir yurmasding ijarama-ijara. Bolani ham sarson qilding.

— Opa, qo`ying... — dedim doimgidek ayblovlar boshlangach. — O`zi yuragimga qil ham sig`mayapti! Berib tura olasizmi?

— Gapirsak, eshitishni istamaysan. O`shanda ham quloq osmaganding o`zi. Endi esa...

— Tushunmadim, qanaqa Malika?

— Yana shu Malika bilan topishib oldingmi? Ertagayoq mahallasiga borib, sharmanda qilib kelaman.

— Oyi, qo`ying! Ishda ushlanib qoldim! Malikani tinch qo`ying! Meni deb shuncha gap-so`zga qolib ketdi u ham! — erimning g`amgin ovozidan bildimki, hamon unda ko`nglim bor.

— Jim yurganida, hech qanday gap-so`zga qolib ketmasdi! Ana o`tgan hafta xolang ham sening mashinangda ko`ribdi.

— Nima bo`libdi ko`rgan bo`lsa? — Shokir akaning jahli chiqa boshladi.

— Bu nima deganing? Sharmanda qilib, o`ldirmoqchimisan meni? — qaynonamning ovozi titrab ketdi.

— Bo`ldi, oyi, Malika shunchaki tanishim! Mashinamga chiqdi degani, mening u bilan yurganimni bildirmaydi-ku! Siz topgan qizga uylandim, mana, ko`ngliga qarab yuribman! Yana nima kerak sizlarga?

Shu so`zni aytdim-u, ammo na otamnikiga qayta olishimni, na bu uyda qololishimni o`ylab, battar ezildim. Uch oydan beri ijara pulini berolmayman. Topganim kun kechirishimizga zo`rg`a etib turgan bir paytda o`g`limning ham mazasi qochib qoldi. Uni davolataman deb, akamdan olgan pullarimni hali qaytarganim yo`q. Bu yoqda esa ijarachi xotin tinmay qo`ng`iroq qiladi, javob bermay qo`yganimdan keyin oxiri uyga keladigan odat chiqardi. Endi kimdan pul so`rab tursam ekan? Opam yordam berolmasmikan? Harholda pochcham yaxshi topadi. Shu o`yda opamga sim qoqdim.

Opam avvaliga nima deyishni bilmay turdi shekilli, indamay qoldi, keyin go`shakdan uh tortgani eshitildi.

To`g`risi, shu endidan keyingi gaplarni eshitgim kelmadi. Telefon go`shagini ko`ksimga bosib yig`lab yubordim.

Endi... Endi nima bo`lganini o`zim ham bilaman. Nega hadeb opam, akalarim o`tgan kunlarni, er talashib xato qilganimni, ajrashmasligim kerakligini, bugun sarson-u sargardon bo`lib yurishimga o`zim sababchiligimni qayta-qayta eslataverishadi. Shundoq ham o`zimni kechira olmayman. Shundoq ham muammoga duch kelganimda bariga o`zimni ayblab, yuragim eziladi. Shundoq ham o`g`limning ko`zlariga qaray olmayman. Bular bo`lsa...

***

Shunday yoz kunlarida ko`zim yorigandi. Onalik baxti, o`g`il quvonchidan boshim ko`kka etgandi. Erim ham uchib-qo`nib tug`ruqxonaga kelib ketardi. Turmush o`rtog`imning falonchiligini bilgan shifokoru hamshiralar atrofimda girdikapalak edi. Baxtdan sarxushligim sabab to`lg`oq dardi, tug`ruq azobi, jismimdagi og`riqlar unutilgandi. Tug`ruqxonadan chiqadigan kunimiz shifokorlardan ruxsat olib, sochlarimni to`g`irlatish uchun go`zallik salonida ishlaydigan qizni chaqirdim. Fotossesiya qilarkanmiz, deb sochimni turmaklatib o`tirganimda, uning bir og`iz gapi hammasini ostun-ustun qilib tashladi.

— Siz o`sha Shokir akaning ayolimisiz? O`g`il tug`dingizmi? Zo`r-ku! Eringiz endi Malikaga qayrilib ham qaramasa kerak?

Oldiniga hayratdan katta-katta ochilgan ko`zlarimning aksini ro`paramdagi ko`zguda ko`rdim. Keyin shartta sochimni jingalak qilayotgan qizga qaradim.

U dovdirab qoldi. Meni hamma gapdan xabardor deb o`ylagan bo`lsa kerak-da. «Anuv...» deya kalovlanib turdi-da, keyin birdan «Adashdim. Men boshqa Shokir akani tushunibman», deb ko`zlarini olib qochdi. Birdan ko`nglimga shubha oraladi.

— Muborak, qo`ying, diqqat bo`lmang, — bir nuqtaga tikilib qolganim uchun hamxonalarimdan biri taskin bermoqchi bo`ldi, — Puli ko`p erkaklarning boshini aylantiradiganlar doim topiladi. Mana, pahlavondek o`g`il tug`ib berdingiz. Shokir ham endi Malikasi bilan aloqalarni uzar. Qarang, bir kunda necha marta kelib ketadi eringiz. Sizga mehri tushganda, — dedi u.

Bu «taskin»dan so`ng esa ko`zlarim moshdek ochilgandek bo`ldi.

Ha, erimning mehribonliklari bekorga emas ekan. U menga mehr ko`rsatish barobarida o`zining ehtiyotini qilib yurarkan-da! Ko`chada yuradigani borligi rostdirki, mana bularning menga rahmi kelib gapirib o`tirishibdi. Salonchi qiz sochlarimni to`g`irlab bo`lgach, yuzimni pardoz qilmoqchi edi, unamadim.

— Kerakmas, mana, puli, — dedim-da, karavotimga o`tirib oldim.

Shunday quvonchli kunda dilimni xufton qilganinidan xijolat bo`lgan qiz nima deyishni bilmay chiqib ketdi. Hamxonam ham chaqalog`i bilan ovora bo`lib qoldi.

Shu kunni qanday o`tkazganimni bilmayman. Birov qo`limdan sudrab olib chiqqandek, tug`ruqxonadan chiqdim. Suratchi yigit jilmaying, deya qancha ta`kidlamasin, yuzlarimga erimdek soxta tabassum yugurtira olmadim. Kayfiyatim yo`qligining sababini so`raganlarga charchaganimni, biroz holim yo`qligini bahona qildim. Tezroq uydagi mehmonlar tarqab, Shokir aka bilan yuzma-yuz gaplashib olish istagida yonardim.

Tabiiyki u aybini tan olmadi. Avvaliga «Charchagansan!», «O`sha qiz adashgan» deya ovutmoqchi bo`ldi-yu, oxiri «Shunaqa quvonchli kunni rasvo qilding», deya taraqlatib eshikni yopib chiqib ketdi. Endi gal qaynonamga keldi. Janjalimizni eshitib, yugurib keldi-da, gap nimadilinini tushungach, u kishi ham nasihatgo`ylikni boshladi.

— Qo`ying, hozir siqilsangiz, sutingiz qochib ketadi. O`g`lim to`ydan oldin o`sha Malikaga ilakishib qolgandi, allaqachonlar u bilan aloqani to`xtatgan, — deya bir menga, bir big`illab yig`layotgan o`g`limga parvona bo`ldi.

Chillamda ichimga chiroq yoqsa yorishmadi. Xo`jayinim ham o`zgarib qoldi. Nimadir demoqchi bo`lib og`iz juftlasam, gapni qisqa qiladigan, iloji boricha mendan o`zini olib qochadigan bo`ldi. Uning o`zini bunday tutishini gumonlarimni alangalatardi. Bir kun ishdan juda kech qaytganida, ona-o`g`il tortishib qoldi.

Ko`ngliga qarab yuribman? Men bilan majburan yasharkan-da! Kimdir ustimdan muzdek suv quygandek bo`ldi. Bu suhbatni ortiq poylab turishga sabrim qolmadi. Shartta ular o`tirgan xonaning eshigini ochib kirdim.

— Mening javobimni bering! — dedim.

Erim ham, qaynonam ham toshdek qotib qolishdi, hamma gapni eshitib turganimni bilgach, qaynonam yupatishni boshladi. Shokir aka esa hech jahlm bosilmayotgani uchunmi yo u ham kimdan alamini olishni bilmay turganmidi, yuzimga tarsaki tortib yubordi. Yuzim emas, yuragim og`ridi. O`zimni aldangan, xo`rlangan his qilardim. Onasining xizmatini qilsam, o`g`il tug`ib bersam, yaxshi ko`rib mehr ko`rsatsam, bu kishi ko`chada ko`ngilxushlik qilib yursa? Yo`q! Yo men bilan ajrashib, Malikasini bilan yashaydi, yo undan voz kechib, men bilan!

Tug`ruqdan keyingi tushkunlik, chaqalog`imning injiqligi, hali salomatligim tiklanmaganligi, bu tomonda esa erimning hunari, bari iskanjasiga oldi-yu, o`zimni boshqara olmay qoldim. Atrofimdagilarning gapini tinglashni ham istamadim. Birinchi qadamimni ota uyimga qaytish uchun tashladim. Erim olib ketish uchun kelmadi. «Men hech nima qilmadim, o`zi yo`q joydan janjal chiqardi», deya o`zini oqladi. Men esa achchiq ustida ishxonasiga bordim. Boshlig`iga uchrashib, xodimini tartibga chaqirib qo`yishini so`radim. Lavozimi oshib qolganiga o`zidan ketib qolganini ham qistirib o`tdim. Ishxonasida yuzi shuvut bo`lgani uchun Shokir aka o`z xohishi bilan ishdan ketdimi yoki nozik joyda ishlagani bois bo`shatib yuborishdimi, xullas, ishsiz qoldi.

Mana shu harakatim Shokir akaning mendan butkul yuz o`girishiga sabab bo`ldi. O`g`li ham ko`ziga ko`rinmay ajrashishga ariza berdi. Men uni ishidan ayirib xato qilganimni o`shanda tushunmadim. Hammasiga Malikani balogardon qildim. Onam qancha unamasin, opam bilan qaynonam tushuntirmasin, uyga qaytmadim. Oxir-oqibat ajrashdik...

Chiqqan qiz chig`iriqdan nari ekan. O`z uyimga ikki yil sig`dim. Kelinoyim «Bosiq va sabrli bo`lganida, eri bilan ajrashmasdi», deya ortimdan ta`na qilgach, o`rtamizda janjal chiqdi. U ham «Yo bu uyda Muborak yashasin, yo biz», deya talab qildi. Shundan keyin ijara uyga chiqdim. Avvaliga ota-onam qarashib turdi, akalarim ham yordamini ayamadi. Biroq qo`ldan berganga qush ham to`ymas deganlaridek uyga pul yig`ish tugul oylikdan oylikkacha kun sanab yashaydigan bo`ldim. Shokir aka esa bir yil o`tmay xorijga jo`nab ketdi. Uch yil chet elda ishlab kelib, uylandi. Malikagamas, boshqa bir qizga. Yaqinda farzand ko`ribdi. O`g`liga endi pul ham berib turmasa kerak. Qaynonam esa o`g`lining oyog`iga bolta urganim uchun nevarasidan xabar olmaydi. Mana, etti yildirki, o`z aravamni o`zim sudray olmay yashayapman.

O`tgan kunlarni tahlil qilib, bir narsani angladim. Erkakning xiyonati ayol uchun zarba. Faqat unga munosib javob qaytarishni bilish kerak ekan. O`shanda biroz oqilroq bo`lganimda, balkim bugun o`g`lim otasining bag`rida ulg`ayarmidi? Sobiq erimning ishxonasiga chopib bormasdan, oilamni asrab qolish uchun harakat qilganimda, turmush o`rtog`imning ham menga muhabbati tushib, Malikani unutarmidi? Bilmadim... Bilganim oilamni o`zim asrab qola olmadim...

MUXLISA yozib oldi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: