Ajoyib va g'aroyib sevgi (Hikoya)
- Категории: Hikoyalar
- Название: Ajoyib va g'aroyib sevgi (Hikoya)
- Дата релиза: 24-07-14, 00:24
Ajoyib va g'aroyib sevgi (Hikoya) Turmush qurishganiga ikki oy bo'lgach kelin va kuyov negadir ko'p tortishadigan bo'lib qolishdi. Bu tortishuvlar har kuni davom etardi. Arzimagan sabablar tufayli ham janjal chiqardi. Bir kuni dilxiraliklardan bezgan kuyov kelinga shunday taklif aytdi: "Kel, yaxshisi xovliga bir tup ko'chat ekamiz, lekin uning tagini yumshatmaymiz, suv ham quymaymiz, ekib qo'yamiz xalos. Agar o'sha ko'chat qurib qolsa, ajrashamiz. Agar ko'karib ketsa, hayotimizni birgalikda qaytadan boshlaymiz". Kelin roziligini bildirgach xovliga bir tup k?chat ekildi. Keyin ikkovi alohida- alohida yashay boshlashdi. Bir-birlariga gapirmasdilar ham. Oradan ikki oy o'tdi, lekin ko'chat qurimadi. Uch oy ham yakunlanib qolganida nihol ko'karib, gullab ketdi. Ana shu kunlarning birida kelin bilan kuyov kechasi soat 02:30 da ko'chat oldida uchrashib qolishdi. O'sha lahzada ikkovlarining ham qo'lida bir chelakdan suv bor edi. Oila mustaxkam bulishi uchun xech kim xech qachon ishonchni yuqotmasin XAYOT GUZAL!!!
Смс Шерлар