ALDANGAN QIZLAR QISMATI
- Категории: Hikoyalar
- Название: ALDANGAN QIZLAR QISMATI
- Дата релиза: 08-08-17, 14:17
Oxirgi paytlar o`zimni qarigandek his qilayapman. Yo`q-yo`q, bu gapimdan meni sochlariga oq tushib, yuzlariga ajin soya solayotgan 30-40 yoshlar deb o`ylamang, bor-yo`g`i 25 yoshdaman. O`qigan bo`lsangiz, Balzakning “Sag`ri teri tilsimi”dagi qahramonning bir kuni bir yildek juda tez qarib ketadi-ku, xuddi shunday. Kasbimiz taqozosi bilan ko`cha-kuyda, odamlar orasida ko`p bo`lishga to`g`ri keladi. Avvallari bee`tibor ekanmanmi yo rostdan ham keyin o`zgarib ketishdimi, gul-gul qizlarimizda tikonni ham xijolat qilguchi illatlar ko`zga tez-tez tashlanmoqda. Meni “qaritayotgan” sabablar ham shundan...
Biz voyaga etayotgan paytlarda qizlar uchun uyat sanalgan ko`pgina xatti-harakatlar, muomala o`sha yoshdagi hozirgi qizlarga tabiiy ekani menga g`alati tuyuladi. U-er bu erdan qizlarning yigitlar bilan qochib ketgani, yashirin nikoh o`qitib olgani, hatto 18 yoshga kirmasidan homilador bo`lib qolgani... Bunday salbiy holatlar avval ham bo`lgan, dersiz. To`g`ri, ammo bizning davrda (bunday deyish biroz kulgili, ammo aynan shunday) yigit va qiz o`rtasidagi munosabat hech qachon ko`z-ko`z qilinib, “asli shunday bo`lishi kerak” yoki “sevishish gunohmi?”, “nima qilibdi?” kabi surbetlik, beandishalik, or-nomussizlik bilan namoyish qilinmasdi. Bir emas, bir necha bor tahririyatimizga qo`ng`iroq qilgan yosh-yosh juvonlarning hayotdan dars beruvchi “saboq”larini tinglab, to`g`risi yoqa ushlaging keladi. Ularga bu hayotiy “haqiqatlar”ni ota-onasi o`rgatayaptimi, unday bo`lmasa, ular kimdan rang olayapti?!
Qizlarxon ismli muxlisimizning qo`ng`irog`i ana shunday junbushga keltiruvchi murojaatlardan biri bo`ldi. 18 yoshli bu qiz o`zini “sirdaryolikman” deb tanishtirdi.
– Opa, sizlarga murojaat qilishimning sababi — meni butun bir tumanga yomonotliq qilishayapti...
16 yoshda edim. Bir kuni internetdagi ijtimoiy tarmoqda olmaliqlik Jamshid ismli yigit bilan tanishib qoldim. Bir-birimizga elektron maktublar jo`nataverib, oramizda muhabbat uyg`ondi(!) 2-3 oy o`tar-o`tmas Jamshid Sirdaryoga keladigan bo`ldi. Uchrashdik, u 20 yoshdagi qad-qomati kelishgan yigit ekan, internet-kafeda adminstrator bo`lib ishlarkan. O`sha kuni u meni Gulistondagi kafega taklif etdi, suratdagidan (rasmimni ham yuborgan edim-da) ham go`zal ekanim, menga uylanish niyatida kelganini aytdi. To`g`risini aytsam, Jamshid menga ham juda yoqib qolgandi, kunim uning o`yisiz o`tmas, qulog`imda “senga uylanaman” degan gapi jaranglardi. Yana 5-6 oy davomida internet orqali gaplashib yurdik. 16 fevral – mening 17 yoshga to`ladigan kunimda biz yana uchrashadigan bo`ldik. Ota-onam savdogar, mol olib kelish uchun Toshkentga ketishgandi. Ukamni bir qarindoshimnikiga qo`ydimu, guvillayotgan izg`irin, qorga belanib men ham poytaxtga yo`l oldim. Biz aynan shu erda uchrashmoqchi edik-da. Jamshid bilan kino ko`rishga kirib, orqa o`rindiqdan joy oldik. Xayolimizga kino kirmasdi, birozdan keyin Jamshid “yur, bir qarindoshimning uyidan xabar olib kelamiz”, dedi. Bordik, o`sha erda u meni tabrikladi va…
So`ng meni yo`l taksiga solib, uyimga jo`natib yubordi. Qish ichi biz yana bir marta Toshkentda, bir marta o`zimizning Gulistonda uchrashdik. Bahorlarga chiqib ko`nglim behuzur bo`lib, rangim o`zgara boshlagach, homilador bo`lib qolganimni tushundim va bu haqda Jamshidga aytdim. Qornim chiqa boshlagach, uyimdagilar ham bundan xabar topishdi, Jamshid bilan gaplashib, shar`iy nikohlatishdi. Ota-onamning odamlarning ko`zi uchun o`tkazgan to`yiga qaynona-qaynotam kelishmadi. Faqat to`ydan oldin kelgan qaynonam va kuyovning xolasi uyimizda katta janjal ko`tarishdi, qaynotam meni ko`rishni umuman istamayotganini aytibdi. Qaynonam “Qizlarxon bolani shu erda tug`sin, so`ng biz ham elga osh berib, to`y qilib olib ketamiz” dedi. Biz bu gapga ko`nishga majbur edik, nikohimizni qonuniylashtirishni ham Olmaliqda amalga oshiradigan bo`ldik. Jamshid bilan Gulistondan ijara uy olib yashay boshladik, ikki haftada bir kelib turardi. Ro`zg`orni deyarli ota-onam qilib berar, Jamshid adminstratorlikdan boshqa ish topolmayotganini aytib noliyverganidan kelib-ketishiga ham onam bergan pullardan berib turardim. Tug`ishimga yaqin qolganida bor pulga bolaga sarpo-surug` olib qo`yganim uchun Jamshidga biror so`m berolmadim. Shu-shu, u tuqqanimda ham kelmadi. Uning o`zgarib qolganidan xavotirga tushib, folbinga qatnay boshladim. Folbin “ering bilan sening o`rtangda yo`l ko`rinayapti, tez orada qaergadir ketasizlar” degan gapiga laqqa tushib yuraveribman. Bola 3-4 oylik bo`lganida “endi oylik oldim” degan bahona bilan kirib keldi. Yana 1-2 kun o`tib qaytib ketdi. Qo`l telefonidan uyining, qarindosh-urug`larining raqamini yozib oldim. Uyiga qo`ng`iroq qilsam, bir yoshgina qizning ovozi keldi, indamay turganim uchun “Oyijon, kimdir indamayapti” deganida ichim bekorga shuv etmagan ekan. Jamshidning eng yaqin do`sti: «Sen kimsan o`zi?! Jamshid to`y qilib, tag-tugli qizni nikohiga oldi. Endi uni unut”, deganida ustimdan kimdir sovuq suv quyib yuborgandek bo`ldi. Boshimni qaerga uray? Axir, qaynopam “To`y qilib olib ketamiz” degandi-yu, folbin ham sendan boshqasiga uylanmaydi, deb bashorat qilgandi-ku!..”
Qizlarxonning hikoyasini sabr bilan eshitib o`tirdim-u, “erimni tortib olishdi” deganida gapirmaslikning iloji qolmadi. U qanday qilib sening ering bo`lib qoldi? Axir, sen Toshkentga borib, u bilan benikoh holda munosabatlarga kirishayotganingda, u ering emasligini bilgan eding-ku? Er degani avval sovchi yuboradi, ota-onadan rozilik oladi, guvohlar oldida nikoh o`kitadi! Nega endi seni chuv tushirishganida «u mening erim» deb chiday olmayapsan? Qanchalik achchiq bo`lmasin, Jamshidning haqiqiy xotini – ota-onasi olib bergani!
Endigina yigirmaga kirgan Qizlarxonning taqdirini qog`ozga tushirar ekanman, unga bir tomonlama qaramayapmanmi, degan xayollar ham o`tdi. O`rtada farzand tug`ilgan, har ikki tomon qiz va yigitning munosabatlaridan xabardor bo`lsa-yu, nega ularning oilasini qonuniy mustahkamlashmadi, degan savollarni ham berdim o`zimga. Oriyat o`z so`zini aytar ekan. Qizlarxondek ayollar avval boshdanoq o`z nomusiga xiyonat qildimi, ularning turmushga chiqib o`z eriga-da xiyonat qilmasligiga kim kafolat beradi? Kattalar ham, yigitning ham aynan shu fikrga kelgan, avlodini “bulg`ash”ni istamagan ko`rinadi. Qancha alam qilmasin, endi kech: Qizlarxon o`ynab-kulib, oppoq ko`ylak kiyib, orzular og`ushida kelin bo`ladigan mahali tirik etim bolani katta qilish tashvishi boshiga tushdi. Yigitlar qizlar bilan ko`p uchrashadi, oxiri baribir eng oriyatli, sha`ni, qadr-qimmatini baland tutadigan qizni umr yo`ldoshlikka tanlaydi. Buni mening oz emas, ko`p emas 25 yillik hayotiy tajribam tasdiqlab turibdi.
Yaqinda bu voqeadan-da qo`rqinchliroq gap eshitdim. Maktabda o`qituvchi bo`lib ishlaydigan yaqin tanishlarimdan biri aytib berdi: 8-sinf bir qizning homilador bo`lib qolgani butun mahallayu, maktabga yoyiladi. Qiz dekretga chiqib (ota-onasi bolani o`zi boqib olishga kafil bo`lgan), o`qishi qoldiriladi. Xullas, chorak baholari qo`yiladigan payt boshqa bir qiz shu tanishimning huzuriga kiradi. O`qituvchi qizning darslarga to`liq qatnashmagani uchun baho qo`ya olmasligini aytsa, qiz ko`zlarini chaqchaytirib: «Siz indamay “uch”imni qo`yib bering! Butun maktab haliyam menga rahmat denglar, yigitlar bilan shuncha uchrashsam ham falonchiga o`xshab homilador bo`lib ketmayotganimga!» debdi.
Tanishim elliklarni qoralagan, butun umr maktabda ishlagan ayol o`sha qizning behayo, insonning nafsoniyatiga tegadigan bu gapiga hatto nima deyishimni bilmay qoldim, dedi. Ayrim qizlarning o`zi or-nomus bobida tubanlashib borayotgani etmagandek, atrofdagilarni buning uchun muttaham qilib olsa-ya?!
Yoshlarning “boshqacha” bo`lib borayotganiga biz faqat televizor, internet va hokazolarni aybdor qilaverishimiz bilan masala hal bo`lmaydi. Ota-onalar hirs, nafs, ma`naviy buzuqliklar aks etgan ma`lumotlarni yashiradigan davrlar o`tib ketdi. Yoshlar internetdan bemalol hammasini bilib olishmoqda. To`g`risi nazorat qilish masalasi ham juda qiyin bo`lib qoldi. Yagona yo`l — yoshlarga millatimizga asrdan-asrga, avloddan-avlodga o`tib kelayotgan or-nomus, hayo, andisha kabi tuyg`ularni singdirishdir. Ularni “hayotda yashashning to`g`ri usuli mana bunday bo`lishi kerak” deya iqror qilish, kattalarning o`zi yoshlarga namuna bo`lishi kerak. Ayniqsa, qizlar masalasida.
Dilnoza Umarova
Manba:Darakchi.uz

Смс Шерлар