Baxtga etmasam kerak...
- Категории: Hikoyalar
- Название: Baxtga etmasam kerak...
- Дата релиза: 03-10-18, 19:30
Esimda, bundan bir yil avval,dugonalarim bilan maktabni bitirgan edik. Charaqlab yonayotgan quyosh ostida, yosh bolalarday hiyobon arg`imchoqlarida uchgandik, muzqaymoq egandik, kechgacha sayr qilgandik. Men bahtli edim, juda bahtli! Biroq, buni o`sha damda bilmagan ekanman...
2012 yil 17 iyun
Bugun menga yangi shifokor biriktirildi. issiq havoda ko`p yurish zararli. Ayni shu sabab, bir o`zim zerikib gullarni tomosha qilardim. Birdan eshik ochildi-yu, oq halat kiygan, baland bo`yli, yoqimtoy doctor kirdi. U juda ham muloyim, tarbiyali, mehribon ediki...
—Endi seni shifokoring menman. Hali hammasi yaxshi bo`ladi.
— Men tuzalmasligimni bilaman doktor...
— Yo`q!— dedi u men tomonga egilib, ko`z qisarkan,— Sen albatta tuzalasan, menga ishonaver.
U menga kulib qaradi-da, honadan chiqib ketdi. Yashagim kelib ketdi...
2012 yil 25 iyul
Biz doktorim bilan har kuni suhbat quramiz. U hayotim, rejalarim, orzularim va hozirgi ahvolim hususida turli savollar beradi.
— Yoshingiz nechchida? — dedim yurak yutib.
— Yoshim?!— dedi u ajablanib va muloyim jilmaydi. — Yigirma to`qqizda.
— Nahotki?! Lekin siz juda yosh ko`rinasiz...
— Yoshligim qolibdimi. Mana seni yosh desa bo`ladi. O`n etti yosh! — u jovonimdagi dorilarni qo`liga olib, nimalarnidir o`qir, menga qaramas, lekin savollarimga erinmay javob berardi. — Mana bu dori achchiqroq.
— Siz uylanganmisiz?
— Uylanganmisiz?— savolimni takrorladi va miyig`ida kuldi.— Hali sendakasini uchratmadim-da. Qani endi uxlab ol, charchab qolasan.
2012 yil 4 avgust
Kecha meni ko`rgani oila a`zolarim kelishdi. Ularning kulib turgan yuzlariga qarab, aslida ichlarini it tirnayotganini bilish mushkul emas.— Ko`rinishing yaxshi qizim!
— Ha dada menga yaxshi qarashyapti...
— Singlim ancha o`zingga kelib qolibsan!
Dadam va akam kuchlarini jamlab bu gaplarni ayta olishdi-yu, biroq onam hech narsa deyolmadi. Hamma rol o`ynayotgan bir paytda kichik singlim bor haqiqatni aytib qo`ydi.
— Opa sochingizni nega qirqib tashladingiz, juda hunuk bo`p qopsiz...
2012 yil 17 avgust.
Tobora majolim yo`qolib boryapti. Meni ko`rgani kelganlarning og`zida bir gap : “tez orada tuzalib ketasan!” Ko`zguga qarab ahvolimga kulgim keladi. Oriq tana, oqarib ketgan yuz, sochsiz bosh, nursiz ko`zlar. Kimyo terapiyasidan so`ng qosh va kipriklar to`kilishi haqida ogohlantirishdi.
— Sen juda aqlli qizsan. Mudom kulib turishing taqsinga loyiq!— deydi men uchun qadrdon insonga aylanib borayotgan doktor.
— O`lishingni bilsang ham masxarabozga o`xshab kulaverasan deysizmi?!— undan ko`z uzmay, tartibli harakatlarini kuzatardim.
—yo`q!— dedi u hayajon bilan qarshimda tiz cho`karkan.— Bunday dema. S-sen hali yashaysan!
— Siz juda yaxshi odam ekansiz, bilasizmi nega ?
— Nega?
— Yolg`on gapirayotganda sezdirib qo`yarkansiz...
2012 yil 25 avgust.
O`n etti yoshga kirib, hech kimga ko`ngil qo`ymaganman. Ammo bugun... Ha u mening doktorim! Samimiy, oqko`ngil, tarbiyali, mehribon shifokor. Har kuni, u yonimga kirishidan avval oynaga qarayapman, atir sepyapman, nimalar to`g`risida gapirishim ma`qulligini chamalayapman. Bu satrlarimni kimdir o`qisa, ustimdan rosa kulsa kerak. Yo`q, kimdir bu sirimni bilishini, qalbimda uyg`ongan yagona, birinchi va ohirgi hisni anglab qolishini hohlamayman..
2012 yil 12 sentyabr
Kun sayin yozishga-da, kuchim qolmayapti. Qalam tutgan barmoqlarim, ikki satr yozadi-yu, qog`oz ustiga qulaydi. Tomog`im qurib, tez chanqaydigan odat chiqardim. Aytishlaricha, o`lim oldidan odamlar juda ko`p chanqasharmish... Yashagim kelyapti...
2012 yil 17 oktyabr.
Hayot shunchalar shirin ne`matki... Garchi madorim etmasa-da, o`rnimdan turdim, qalam oldim. Yozyapmanu, titrab ketyapman. Derazadan qarab to`ymayapman. Bugungi voqeani yozmasdan ilojim yo`q.
— Doktor havo ajoyib!
— Ha.
— Nega hafasiz? Yig`layapsizmi? Ha siz ishni endigina boshlagansiz-ku, o`rganib ketasiz. Hali qo`lingizda yuzlab odamlar o`ladi...
— Unday dema!
— Sizga omonatim bor. Mana bu qo`limdagi kundalikni vafotimdan so`ng olib, o`qib chiqing. U yostig`im ostida bo`ladi. Oxirgi bir yilini bo`lsa-da! Iltimos...
Ko`zlaridan yosh oqayotgan doktorim menga uzoq tikilib turdi-da, “Men ham seni yaxshi ko`raman” dedi. Qanday baxt! Ammo biz saraton kasaliga yo`liqqanlarmiz, ahmoqlar emas. U meni aldaganini, faqat insoniylik yuzasidan shunday deganini yaxshi bilaman. Qadrdonim, ellik yildan keyin ham qo`lingizda jon berayotgan bemorlaringizga, bugungiday iltifot ko`rsating, zora shunda men etmagan baxtlarga etsangiz! Ortiq yozmasam kerak, ortiq nasib bo`lmasa kerak...
Mohigul Diyorxo`jaeva
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар