Baxtmi yoki baxtsizlikmi!?
- Категории: Hikoyalar
- Название: Baxtmi yoki baxtsizlikmi!?
- Дата релиза: 08-08-14, 15:35
Qadim zamonda xitoylik qariya fermerlardan biri o‘z fermasida ot boqardi. Bir kuni uning otlaridan biri qochib ketdi. Fermerning yon qo‘shnisi esa unga tasalli berib, bu holga – “Baxtsizlik”, deya ta’rif berdi.
Qariya fermer unga:
–Baxtmi yoki baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?,– deya javob berdi.
Bir haftadan so‘ng, qochib ketgan ot orqasidan bir qancha otlarni ergashtirib keldi. Yon qo‘shnisi bu safar – “Baxtingiz bor ekan, qo‘shni”, desa qariya unga yana:
–Baxtmi yoki baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz? – deya javob berdi.
Keyin fermerning o‘g‘li yovvoyi otlardan birini minmoqchi bo‘lganida yiqilib tushib, oyog‘i sinib qoldi. Endi bu holga qishloq ahli – “Baxtsizlik”, deb baho berishdi. Qariyaning javobi esa odatdagiday bo‘ldi:
–Baxtmi yoki baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?
Bir necha haftadan so‘ng, harbiylar qishloqqa kelib, xizmatga yaroqli barcha yoshlarni to‘plab, urushga olib keta boshlashdi. Ular fermerning o‘g‘lini ko‘rgach – “Buni oyog‘i oqsoq ekan, bu bizga yaramaydi”, deb qoldirib ketishdi.
Qishloqdagilar fermerning o‘g‘lini oqsoq holda ko‘rishgach, o‘zlari ham bu narsa – “Baxtmi yoki baxtsizlikmi”, deb o‘ylab qolishdi.

Смс Шерлар