Главная » Hikoyalar » Benzin yo‘qligi va odamgarchilik borligi
Benzin yo‘qligi va odamgarchilik borligi

Benzin yo‘qligi va odamgarchilik borligi

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Benzin yo‘qligi va odamgarchilik borligi
  • Дата релиза: 08-08-14, 15:35
Benzin yo‘qligi va odamgarchilik borligi
Bu voqeaga ikki-uch yil bo‘lib qoldi. Qishki ta’tillda Samarqandga ketgan farzandlarimni sog‘inib, yo‘lga chiqdim. Toshkentdan chiqishda avtomobil bakni to‘latib benzin olgan edim. Qaytishda esa birorta zapravkada benzin yo‘qligini ko‘rib xavotirlana boshladim.

Sovuq, Urgutda uchqunlab turgan qor, Bulung‘urga yetganimda qalinlashdi. Aksiga olib benzin chirog‘i tinmay yonib-o‘chmoqda. Bu benzin deyarli tugadi, degani edi. Yo‘lda yurish qiyinlasha boshladi. Shunday bo‘lsa ham tezlikni 120-130 ga chiqardim.

Bolalarim, dada sekinroq haydang, deydi. Men esa tezroq haydab Jizzaxga yetib olishni mo‘ljallab turibman. Yo‘q bo‘lmadi. Bulung‘urdan o‘tgach, Yuqori nuqtada benzin tugadi. Bilasiz, bu joyda qish tugul yozda ham biror narsa topish qiyin.

Benzin yo‘q, moshina o‘chdi, tabiiyki, pechkani ishlatishning ham iloji yo‘q. Shu bois moshina ichi soviy boshladi. Men esa tinmay o‘zimni so‘kaman tavakkal qilib yo‘lga chiqqanim uchun.

Qor endi bo‘ralab yog‘a boshladi. Yo‘lovchi mashinalar deyarli ko‘rinmaydi yoki to‘xtamaydi. To‘xtagani ham gazdamiz deyishadi yoki yuring men bilan Jizzaxdan benzin olib qaytasiz deya maslahat berishadi. Men esa yo‘q deyman. Qanday qilib bolalarimni tashlab ketardim, axir.

Bir payt eskigina Jiguli qattiq signal berdi-da, ancha joyga o‘tib ketgach qaytib keldi. Undan to‘rt-besh nafar yigit tushib, vaziyatni angladi.

—Aka, bizdiyam moshina gazda, — dedi ulardan biri. — Kelinglar, tortib ketamiz.

—Yo‘q, — dedi yana boshqasi. — Sirpanchiqda moshina tortish ikki karra xavfli.

—Bo‘lmasa, bunday qilamiz, — dedi qalin to‘n kiyib olgan yigitlardan biri, — ikki kishi borib benzin olib keladi. Qolganlarimiz o‘tin yorib kelib olov yoqamiz va bolalarni isitib turamiz.

Ular bir pasda aytganlarini bajarishga kirishishdi. Hademay, o‘tin ham topildi, gulxan ham yoqildi.

Odam taftini odam olishi rost ekan. Hozirgina qattiq xavotirda turgan edik. Endi esa besh begona kishilarning ko‘magi bilan mushkulim oson bo‘layotgan edi. Oradan biror soat o‘tar-o‘tmas, yigitlar benzin ham topib kelishdi.

Ular bilan suhbatlashib angladimki, Jizzaxga ko‘pkari to‘yga ketayotgan ekanlar. Sodda va samimiy, mard va quvnoq bu ukalarning yordami bilan Toshkentga eson-omon yetib olgan edik.
Dunyoda yaxshilar ko‘p, azizlar.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: