Birinchi sinfdan qolgan noxush xotira
- Категории: Hikoyalar
- Название: Birinchi sinfdan qolgan noxush xotira
- Дата релиза: 12-10-14, 22:48
O‘shanda 1-sinf o‘quvchilari
tushdan keyin o‘qirdik. Uyimiz
maktabdan biroz uzoqroq bo‘lib,
piyoda qatnar edim. Maktabga
borish uchun poyezd yo‘l bo‘ylab
1–2 kilometrni bosib o‘tishga
to‘g‘ri kelar edi.
Yetti yoshda hali juda kichkina
bo‘lganim uchun darsdan
qaytishda toliqib qolardim. Kun
jazirama issiq… Relslar o‘rtasida
uyga qaytmoqdaman… Boshim
ham og‘rib turibdi. Ustiga ustak
hayol surib kelyapman.
Shunda to‘satdan mendan 80–
100 metr uzoqlikda poyezd
yo‘lning o‘rtasida qandaydir
chiroyli, yashil rangli kichkinagina
do‘konga ko‘zim tushib qoldi.
Shunchalik chiroyli ediki, hatto
uning top-toza, yaraqlagan
oynalari ham bor. Mahliyo bo‘lib u
tomon yura boshladim. Axir
o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, shunday
issiqda muzdekkina
muzqaymoqqa nima yetsin.
Lekin, negadir u tomon yurganim
sari do‘kon kattalashib
borayotganday tuyuldi. Qiziq…
Nega unday bo‘lyapti?! Shunda
birdan, kuchli signaldan
hushimga keldi. O‘zimni yerga
otdim. Yonginamdan yo‘lovchi
poyezdi pishqirib o‘tib ketdi.
Keyin bilsam do‘kon deb o‘ylagan
narsam aslida poyezd ekan…
Ancha payt talmovsirab maysada
yotdim. Uzoqdan hay-haylab
yugurib kelgan bir cho‘pon
yuzimga suv sepib hushimga
keltirdi.
Cho‘ponning aytishicha, hatto
ismimni, manzilimni ham unutib
qo‘yibman bir muddat. Bu
voqeani ota-onamga aytib
o‘tirmadim. Hozirgacha
bilishmaydi…
Alimardon Butayev / Angren
tushdan keyin o‘qirdik. Uyimiz
maktabdan biroz uzoqroq bo‘lib,
piyoda qatnar edim. Maktabga
borish uchun poyezd yo‘l bo‘ylab
1–2 kilometrni bosib o‘tishga
to‘g‘ri kelar edi.
Yetti yoshda hali juda kichkina
bo‘lganim uchun darsdan
qaytishda toliqib qolardim. Kun
jazirama issiq… Relslar o‘rtasida
uyga qaytmoqdaman… Boshim
ham og‘rib turibdi. Ustiga ustak
hayol surib kelyapman.
Shunda to‘satdan mendan 80–
100 metr uzoqlikda poyezd
yo‘lning o‘rtasida qandaydir
chiroyli, yashil rangli kichkinagina
do‘konga ko‘zim tushib qoldi.
Shunchalik chiroyli ediki, hatto
uning top-toza, yaraqlagan
oynalari ham bor. Mahliyo bo‘lib u
tomon yura boshladim. Axir
o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, shunday
issiqda muzdekkina
muzqaymoqqa nima yetsin.
Lekin, negadir u tomon yurganim
sari do‘kon kattalashib
borayotganday tuyuldi. Qiziq…
Nega unday bo‘lyapti?! Shunda
birdan, kuchli signaldan
hushimga keldi. O‘zimni yerga
otdim. Yonginamdan yo‘lovchi
poyezdi pishqirib o‘tib ketdi.
Keyin bilsam do‘kon deb o‘ylagan
narsam aslida poyezd ekan…
Ancha payt talmovsirab maysada
yotdim. Uzoqdan hay-haylab
yugurib kelgan bir cho‘pon
yuzimga suv sepib hushimga
keltirdi.
Cho‘ponning aytishicha, hatto
ismimni, manzilimni ham unutib
qo‘yibman bir muddat. Bu
voqeani ota-onamga aytib
o‘tirmadim. Hozirgacha
bilishmaydi…
Alimardon Butayev / Angren
Смс Шерлар