Главная » Hikoyalar » ​«Boy ovsin kelib, qizimga qiyin bo`ldi»
​«Boy ovsin kelib, qizimga qiyin bo`ldi»

​«Boy ovsin kelib, qizimga qiyin bo`ldi»

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: ​«Boy ovsin kelib, qizimga qiyin bo`ldi»
  • Дата релиза: 22-04-17, 12:33
​«Boy ovsin kelib, qizimga qiyin bo`ldi»
— 56 yoshdaman. Qizimni turmushga chiqarganimga o`n yil bo`ldi. Uchta farzandi bor. Qaynotasi besh-olti yil avval qazo qildi. Qaynonasi bolamga mendan ham mehribon va g`amxo`rligidan xotirjam edim. Kenja o`g`ilga badavlatroq xonadondan kelin tushirib, qudam o`zgardi-qoldi. Tavba odamzot ham shunchalik o`zgaradimi? Uch bolasi bilan qizimni haydab solib, «Odamshavanda, tagli-tugli xonadon bilan quda bo`laman» deb qoldi. Kuyovimiz esa aqlli farosatli yigit bo`lgani uchun ham otasi bilan kelishib, qizimizni bolalari bilan aldab-suldab uyiga olib borib qo`ydik. Oradan oy o`tmayoq, yana haydadi. Endi bu gal kuyovning o`zi olib ketdi. Uchinchi gal ham shu hol takrorlandi. Qizim endi bormayman, deb turib olgan…

Munavvaraxon, Toshkent viloyati Parkent tumani

— Quda xola ham bor bo`lsinlar. Xafa bo`lmang, singlim. Eng asosiysi, ikki yosh bir-birini hurmat qilar, sevar ekan, hech kim o`rtaga rahna sololmaydi. Shu munosabatni yanada mustahkamlash kerak. Kuyov aqlli bo`lsa, demak, marra sizniki. U kishiga onasini sira yomonlamaslik kerak. Aksincha, «Bolam, qudam juda yaxshi inson, nabiralarni etim qilmaydi. Faqat sizlarni tarbiyalash, kelinni sal "cho`chitib qo`yish" uchun ham shunaqa deb hazillashayaptilar» deyish kerak. Ko`ngil qurg`ur nimalarni istamaydi, deysiz. Xom sut emgan bandamiz-da. Hamma bir xil bo`lmaydi-ku, axir. Biz ayrim ayollarning tanglayimizni mol-mulk, pul bilan ko`tarishgan chog`i. Ba`zida bosar-tusarimizni bilmay qolamiz. Ko`zimizga hech narsa, hatto nabiralarimiz ham ko`rinmaydi goho. O`ylab qarasangiz, endi bizu sizga mol-dunyoning hech keraklik joyi yo`q. Iymonu insofimizdan ayirmasin, iloyo. Ba`zida biz — kattalar ham mana shunday tarbiyaga muhtojmiz… Oilani saqlab qolish uchun siz harakat qiling. Hozir "burgaga istehzo qilib, ko`rpani kuydirish"dan saqlanish kerak. Yoshlarga bu holatni to`g`ri tushuntirib, oila muqaddasligini ta`kidlab turib, onani ham e`zozlash kerakligini uqtirib tursangiz yutqizmaysiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: