DADAMNI HECh QAChON TAShLAB KETMAYMIZ...
- Категории: Hikoyalar
- Название: DADAMNI HECh QAChON TAShLAB KETMAYMIZ...
- Дата релиза: 18-08-17, 20:40
Bugungi hikoya qahramonini yaxshi tanimayman. Shu kunlarda bir dardlashib qolgandik, doim kulib yuradigan ayol katta yuragini ochdi. Uning sabri meni o`yga toldirdi. Mehr-oqibatli insonning hayoti sizni ham mulohaza qilishga chorlasa kerak, degan umidda uning hikoyasini chop etdik.
Yurak yutib, qaynopamga gap boshladim-u, boshim baloga qoldi.
— Nima? Hali siz uyning bir qismiga ega chiqmoqchimisiz? Yo`q! Bu uyni sotib, pulini teng uchga bo`lamiz! Mening ham haqqim bor otamdan qolgan hovlida, — qaynopam qo`lini paxsa qilib baqira boshlagach, nima deyishni bilmay qoldim.
— Oyi, yuring, — o`g`lim qo`limdan tortgach, indamay unga ergashdim. O`zimizga ajratilgan xonaga kirgach, ko`z yoshlarimni tutolmay yig`lab yubordim.
— Oyi, aytgandim-ku sizga gapirmang, ammamga deb. Mayli, sota qolsin hovlini. Ko`chada qolmasmiz. Men borman-ku! Hali, o`qishimni tugatib, o`zim katta uy quraman. Shu kunlar, albatta, keladi, — Farhod past ovozda gapirsa ham, uning so`zlarida qat`iyat bor edi.
— Opa, qanaqa qilib topshiraman? Axir men tirikman, o`g`li bor! Nima uchun shifoxonada yashashi kerak? — dedim uning gaplari jonimdan o`tgach.
— Kasal bo`lgach, yotadi-da! — deya eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi qaynopam.
— Opa, xafa bo`lmang! Xaridor chiqsa, baribir uyni sotadi, shekilli. Balkim siz mahallaga chiqarsiz, ulushimni ajratib beringlar, deb. Harholda mahalladagilar sharoitingizni bilishadi, sizga yordam berishar, — dedi singillarcha kuyinchaklik bilan.
— Yo`g`ey. Bir qorindan talashib tushgan jigarlarning yoqa yirtishib uy talashganini televizorda ko`rganimda, hayron bo`lgandim. Qo`ying, endi o`zimiz shunaqa qilib elu yurtga sharmanda bo`lmaylik. O`g`limning o`qishi tugashiga ikki yil qoldi-ku, hammasi yaxshi bo`lib ketar, — dedim mo`ltirab turgan ovsinimga.
— Oyi, nega mendan yashirdingiz? Dadamga nima bo`ldi? Juda qiynalayapsizmi? — bolamning titragan ovozidan mening ham ko`nglim buzilib ketdi. Ovozimga jo`shqinroq tus berishga urinib, uni tinchlantirdim. Ammo o`g`lining suratini ko`rsatganimizda kimligini tanimay bema`no boqib turgan erimning nigohlari ko`z oldimga keldi-yu bo`g`zimga toshdek qadaldi. Yana o`g`lonim meni yupatdi.
— Oyi, ko`p kuyinmang! Yaxshi bo`ladi hali hammasi! O`zim boray, dadamga qarayman, — dedi u.
— Opa, shu xonadonda nima ro`shnolik ko`rayapsiz? Ajrashing pochcham bilan. Ana ukasi bilan opasi qarab olsin. Siz jiyanim bilan menikida yashaysiz, — dedi.
— Yo`q, uka! Chiqqan qiz chig`iriqdan nari. Ayolingni yomon demayman, ammo hammaning o`z oilasi, o`z tashvishi bo`ladi. Meniki sizlarga ortiqcha. Qo`y, tinchingni ham buzmay. Qolaversa, qaysi vijdon bilan pochchangni tashlab ketaman. O`g`limning otasi, umr yo`ldoshim. Odamlarning gap-so`zi o`z yo`liga, ko`zim qiymaydi bu insonni tashlab ketishga, — deya ukamni kuzatdim.
— Ertagayoq shifoxonaga yotqizish kerak. Bo`ldi, shuncha chidadik. Uning dastidan biror kun tinchlik yo`q, — deya biz o`tirgan xonaning derazasi oldiga kelib, shang`illardi. Oxiri qaynukamning sabr kosasi to`ldi shekilli, opasiga javob qaytardi.
— Opa, aslida sizning dastingizdan tinchlik yo`q! Xafa bo`lmang-u, kelinoyim miq etmasdan chidab kelayapti. Nega siz opasi bo`la turib, biror marta yo ovqat edirmaysiz, yo holidan xabar olmaysiz? Xo`p, mehr-shafqatingiz yo`q ekan, hech bo`lmasa, shunaqa paytlarda jim turing. Iltimos sizdan.
Shu xonadonga kelin bo`lib tushganimga yigirma besh yil bo`layapti. Hayotimdan, bu oiladan nolimayman. Nimaki bo`lsa, peshanamda bor ekan, ko`rayapman. Avvaliga erimning kasalini bilmasdim. Shunchaki, xotirasi yaxshimas-da, derdim. Oradan besh yillar o`tib, xotirasi yanada o`tmaslashdi. Bir joyda uzoq ishlay olmasdi. Yoshligida boshidan qattiq kaltak eb, nerv tolalari zararlangan ekan, endi ularni tiklab bo`lmaskan. Qo`limda ma`lumotim bo`lmasa-da, ishga kirib, ro`zg`orga bir-ikki so`m topa boshladim. Qaynota-qaynonam hayot bo`lgani uchun u paytlari turmushda unchalik qiynalmasdik. Bolam ham yosh edi. Oxirgi etti yil esa sabrimni sinadi. Erimning ruhiy holatida muammolar yuz bera boshladi, endi u o`z harakatlarini boshqarolmas, hech birimizni tanimasdi. Tag`in qaynopam turmushidan ajrashib keldi. Qaynotam rahmatli qizining fe`lini yaxshi bilgani uchun unga alohida «dom» sotib olib berdi. Avvaliga o`sha erda bolalari bilan yashab turgan qaynopam otasining vafotidan keyin hovliga ko`chib kelib, uyini ijaraga berdi. Endi esa bir gapni topib olgan: «Uyni sotaman!»
Qaynukam bir necha bor opasiga bu hovlini qimmatga pullay olmasligimizni, ertaga pulini uchga bo`lsak, hech birimiz uyli bo`lmasligimizni aytsa ham, maqsadidan qaytmayapti. Men esa shu hovlida o`z hududim bo`lishi uchun nima qilishni bilmay hayronman. Oxiri o`ylay-o`ylay burchakdagi uch xonani men, erim va bolamga ajratishlarini so`radim. Shu erda o`zimizga alohida hammom va oshxona qurib, tinchgina yashashimiz taklifini berdim. Bolamning bo`yi etib qolgan, o`qishni tugatsa, boshini ikki qilishim kerak. Bu tomonda erimning ahvoli ovsinimga ham noqulaylik tug`dirayapti. Shuning uchungina, bu haqda og`iz ochgandim. Biroq evaziga yaxshigina gap eshitib oldim.
— Siz menga ukangizga qarab o`tiribman, deya minnat qilmoqchimisiz? Necha marta aytdim, do`xtirxonaga topshirvoring, deb, — o`g`lim ishga ketgach, qaynopam xonamga kirib urisha boshladi.
Yaxshiyam erim gap-so`zlarni uncha tushunmaydi. Tushunganida, o`z tug`ishgan opasining so`zlaridan yuragi tilka-pora bo`lishi aniq edi. Ko`z yoshlarimni arta-arta ovqatga unayotsam, ovsinim keldi.
Yaxshiyam o`g`lim — suyanchig`im bor! Ko`zimning quvonchi bolam. Otasining parvarishi ham uning bo`ynida. Yana o`qishdan keyin ishlaydi, mana, yozni ham ishlab o`tkazayapti. Harna shartnomani to`lashimiz uchun pul yig`adi. Uning har kuni formalarni kiyib o`qishga borib-kelishidan ko`nglim qanchalik ko`tarilishini bilsangiz edi. «O`qishga kiribman, faqat kontraktman, oyi», deya qo`ng`iroq qilganida boshim ko`kka etgandi. Shukr, mana, ikki yili ham o`tdi.
O`g`lim yolg`iz farzand bo`lgani va otasining salomatligi sabab uni harbiy xizmatga olishmoqchimasdi. Ammo bolam «Oyi, ariza yozing, men armiyaga borishim, vatanimga xizmat qilishim kerak», deya niqtayverdi. Oxiri niyatiga etdi. Chegarada xizmat qilgan bolamning izidan ikki marta rahmatnoma keldi. Ovsinim ikkimiz o`qib, rosa yig`laganmiz. Davlat shunday farzand ulg`aytirganingiz uchun sizdan minnatdormiz, deb tursa, qaysi onaning ko`zlari quvonchdan yoshlanmaydi, ayting. Tag`in harbiydan olib kelgan imtiyozi bilan o`qishga qabul qilingani-chi? O`sha kuni Yaratganning karami kengligiga, yurtimizda har bir fuqaro uchun imkoniyat yaratilganiga imonim yana bir bor komil bo`ldi.
O`g`lim harbiy xizmatda paytida ham meni o`ylardi. Otasi o`shanda birinchi bor shifoxonaga tushib qoldi. Bolam chegarada, xayoli chalg`imasin deya, buni aytmagandim. Biroq Farhod qo`ng`iroq qilganida qaynopamning qizi og`zidan gullab qo`yibdi.
Afsus, otasi Farhodni harbiydan qaytgach ham tanimadi. O`g`lim esa sir boy bermaydi. Dadasi vaqti-bemahal siltalab tashlasa ham jim turadi. Ammasi yo ayrim o`rtoqlari erimning ustidan masxara qilsa ham, dardini ichiga yutadi. Meni suyash uchun ham kuchli bo`lishi kerakligini biladi-da.
O`tgan hafta ukam holimdan xabar olishga keldi. Erimning ahvoli, uyimdagi mojarolarni ko`rgach, uyga olib ketamanga tushib qoldi.
Ajarishish haqida ko`pchilik menga so`z ochgan. Ammo bu kunlar ham bir sinov, uni engishga sabrim etishiga ishonaman. Chunki o`g`lim bor, otasi esa ikkimizning ham e`tiborimiz, mehrimizga muhtoj.
Kechga borib biroz uyimiz tinchib qoldi. Qaynopam ovsinimga «Bu zimdan ish bitiradi, shu uy uchun kasal erini tashlab ketmayapti», deya gapirib turganini eshitsam ham, indamadim. Ovsinim ham biror nima deb javob qaytarolmasdan er chizib turardi. Hozir mening yonimni olsa, o`ziga yomon bo`lishini biladi-da.
Ovqatim tayyor bo`lgach, erimning oldiga kirdim. Negadir bugun uning ham kayfiyati yomon ekan. Ikki qoshiq ovqat edirgunimcha baqirib, idishlarni o`zidan nari itarib tashladi. Ovozlarni eshitib, qaynukam yordamga keldi. Bir amallab ikki kishilashib ovqatlantirdik. Shu mahalda qaynopam yana boshlab qoldi.
Qaynukam birinchi marta opasiga bunaqa ohangda gapirishi edi. To`g`risi, hozir kun davomida avjiga chiqa olmayotgan janjal qo`padi, deb o`ylagandim. Hartugul qaynopam «Bilganlaringni qilinglar, hovlini sotsak, qutulamiz», deya o`z xonasiga kirib ketdi.
Sochilgan ovqat qoldiqlarini dasturxon ustidan yig`ishtirar ekanman, qaynukam menga qarab tasalli berdi.
— Kelinoyi, siqilmang. Turmushlari bo`lmaganga, opam o`zi asabiyroq bo`lib qolgan. Tashvishlanmang, uy sotilsa ham, sizlarni ko`chada qoldirmaymiz, — deya hovliga chiqib ketdi.
Shunday paytlari bu uch opa-ukaga qarab hayron qolaman. Qaynukam o`ta bosiq, andishali, biror marta yo menga, yo akasiga tik qaramagan. Qaynopam esa uning tamoman aksi. Gohida bu ayol o`z ukalari uchun ham qayg`urmaydigandek tuyulib ketadi menga. Nahot ayol kishining qalbi shunchalik tosh bo`lsa. Nafs degan balo jigarlarni ham ko`ziga ko`rsatmasa... Shunday o`ylar iskanjasida o`tirganimda, o`g`lim ishdan keldi. Qo`lida muzqaymoq. «Dadam ikkingiz yaxshi ko`rasizlar-ku» deya kulib qo`limga tutqazdi. Keyin otasiga o`zi edirib qo`ydi. hovlidagi olma daraxti tagida mung`ayib o`tirganimni ko`rgach, yonimga kelib quchoqlab oldi.
— Oyi, siz doim menga insonning chin dildan qilgan niyatlari ushaladi, derdingiz. Ayniqsa, Ramazon oyida deb, aytardingiz. Men har doim armiyaga borishni, forma kiyib, sizga suratimni jo`natishni istardim. Keyin o`qishni xohlardim. Uchuvchi bo`lish edi orzum. Mana, o`qiyapman ham. Kechagina shu yoz tinim bilmay ishlayman, shunda kontrakt pulimni o`zim to`layman, oyim esa oyligini bemalol ishlatadi, deya maqsad qilgandim. Bugun biz qurulishida ishlayotgan hovli egasi bosh ustamizni yoniga chaqirib, yordamga muhtojlar bo`lsa ayting, zakot bermoqchiman, debdi. Qarang, qanaqa yaxshi odamlar bor, oyi! U kishi mening bir yillik shartnoma pulimni to`lab berayapti.
Farhodning so`zlaridan ko`zimlardan yuzimga yosh quyilib ketdi. Hech narsa deya olmas, bolamning ko`ksiga boshimni qo`yib, silkinib-silkinib yig`lardim.
— Hozir esa dadam uchalamizning uyimiz bo`lishini niyat qilayapman. Faqat biz otamni tashlab ketmasak bo`ldi! Oyi, dadamni tashlab ketmaymiz-a? — dedi o`g`lim ham yig`lab.
Uning ko`z yoshlarini artdim-da, «Yo`q, hech qachon», deb bag`rimga bosdim.
Shoira VAFOEVA yozib oldi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар