Главная » Hikoyalar » Daxshatli kutish
Daxshatli kutish

Daxshatli kutish

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Daxshatli kutish
  • Дата релиза: 29-08-14, 16:58
Daxshatli kutish
O‘ringa yotar ekanmiz, u derazani yopish uchun xonaga kirdi, ko‘zimga kasaldek ko‘rindi. Yuzlari bo‘zday oppoq, og‘riqning zo‘rligidan bazo‘r harakat qilar, qaltirardi.

—Nima bo‘ldi, toychoq?

—Boshim og‘riyapti.

—Borib yot.

—Yo‘q. Tuzukman.

—Joyingga borib yot. Hozir kiyinib, oldingga tushaman. Men pastga tushganimda u kiyinib o‘choq yonida o‘tirar-di. To‘qqiz yashar murg‘akning rangida rang yo‘q edi. Peshonasiga qo‘limni qo‘yib, harorati borligini bildim.

—Kirib yot, kasalsan – dedim unga.

—Tuzukman, – dedi u.

Ko‘p o‘tmay doktor keldi, bolaning isitmasini o‘lchadi.

—Qancha? – deb so‘radim undan.

—Haddan ortiq baland… Qirq. Doktor ko‘rsatma berib, uch xil dori qoldirdi, Bolani tumov deb aytdi, o‘tib ketadi, harorati u qadar xavotirli emas dedi. Xonamga qaytib, bolaning haroratini yozib qo‘ydim-da, dori berilgan vaqtni belgiladim.

—Biron narsa o‘qib beraymi?

—Mayli. Agar xohlasangiz, – dedi bola.

Uning yuzi oppoq, ko‘zlari kirtayib ketgandi. To‘shakka mixlanib xayol suradi, xolos. Men hikoya o‘qib berdim, biroq uning bunga mutlaqo e’tiborsizligi sezilib turardi.

—Qalaysan, toychoq? – deb so‘radim undan.

—Hamishagidek, – deya javob berdi u.

Men uning oyoq tomoniga cho‘kib, keyingi dori berish vaqtiga qadar kitob o‘qidim. Uxlab qolar, deb o‘ylovdim, qaydam — karavot oyog‘iga tikilib, jimgina yotib-di.

—Nega uxlamayapsan? Dori ichiladigan payt o‘zim uyg‘otaman.

—Uxlamaganim yaxshi… Siz ketavering, dada… agar malol kelayotgan bo‘lsa…

—Yo‘g‘-e, nima deyapsan, o‘g‘lim.

—Ha, anglashimcha… agar malol kelsa… yonimda turmaysiz…

Ehtimol, u alahsirayotgandir, deb o‘yladim va soat o‘n birda beriladigan dorisini ichirib, tashqariga chiqdim. Bola xonasiga hech kimni kiritmayapti, deb aytishdi.

—Kirmang, kasali yuqishi mumkin, – deyishdi.

Men ichkariga kirib, asta karavotga yaqinlashdim. Uning qovog‘i isitmadan pir-pir uchar, hanuz ko‘zi karavot oyog‘ida edi. Haroratini o‘lchadim.

—Qancha? – deb so‘radi u.

—Ancha tushibdi.

—Demak, najot yo‘q… – deya xo‘rsindi u.

—Kim shunday dedi? Harorating joyida… Qo‘rqinchli joyi yo‘q.

—Qo‘rqayotganim yo‘q, – dedi u, – lekin… o‘ylaganim sari…

—O‘ylama.

—Bo‘lmayapti-da, – dedi u va menga qaradi.

U nimadandir qattiq siqilardi.

—Manovini suv bilan ich.

—Foydasi bormikan?

—Albatta-da, foydasi bor.

O‘tirib, yana hikoya o‘qiy boshladim, lekin uning quloq solmayotganini ko‘rib to‘xtadim.

—Men qachon o‘laman, ota? – deb so‘radi u.

—Nima?!

—Men qachon o‘laman?

—Sen… o‘lmaysan… Nima bo‘ldi o‘zi senga?

—Mengami?

Uning: “Haddan ortiq baland”, deganini eshitdim…

—Odamlar qirq daraja isitmaga chiqmaydi-ku.

–Ahmoqona xayollarni qo‘y.

—Men bilaman o‘lishimni, Fransiyadaligimiz-da maktabdosh bolalar menga qirq to‘rt daraja harorat bilan yasholmaysan, deb aytishgan. Meniki — bir yuz-u ikki. U tun bo‘yi, hatto ertalabki soat to‘qqizgacha o‘zining o‘limini kutib yotgan ekan.

—Ay, toychog‘im-a, — dedim men.

—Sen o‘lmaysan. Axir o‘lchagichlar har xil bo‘ladi-ku. Xuddi mil bilan kilometrdek. U o‘lchagichda o‘ttiz yetti daraja binoyi harorat hisoblanadi, bunda esa to‘qson sakkiz daraja.

—Rostdan-a? — dedi u hayratlanib.

—Ha rost. O‘ylab ko‘r, mashinada o‘n yetti mil yursak, qancha kilometr bo‘ladi?

—Ha… U bo‘lak karavot oyog‘iga tikilib xo‘rsinmay qo‘ydi. Yuziga ham rang kirgandek bo‘ldi. Keyingi kuni esa arzimas narsani ko‘ngliga olib, xarxasha qildi…

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: