Главная » Hikoyalar » "Dorishunos" hasrati
"Dorishunos" hasrati

"Dorishunos" hasrati

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: "Dorishunos" hasrati
  • Дата релиза: 16-05-14, 00:53
"Dorishunos" hasrati
- Xo'sh, qani, boshladik
bo'lmasam. Mana, tuppa-tuzuk
ishliyam bo'lvoldik. Anavi Salim
chappa nima degandi?
Kallangda alif ham yo'q, bu
turishingda hech narsa
bo'lmaysan, deganmidi?! O',
jingalak soch, harf kalladamas,
daftarda, yana kitobda bo'ladi!
O'qimagan!
Agar egnimdagi mana bu
oppoq xalatni ko'rsa,
kuyganidan tutuni chiqib,
qo'shnimizning shalog'i chiqib
qolgan traktoriga o'xshab
po'rillab qolsa kerak. E, sening
prujinani changiga qoldirib
ketadigan sochingga o't
tushsin! Ammo o't tushsa, ja
zo'r yonsa kerak sochiyam. Iye,
chalg'imay. Ana, xaridorlar ham
kelishyapti.
Keling, keling. Xo'sh, qanaqa
dori? Qayeringiz og'riyapti?
Tizza... Xo'sh, sizga... Ha, mana,
"Og'ritmas" aynan siz uchun.
Hozir o'rab beraman. Nima,
ko'rasiz? Vey, nimasini ko'rasiz
buning? Mana, yozib qo'yibdi
katta-katta qilib, qarang,
"Og'riqni tezda to'xtatadi".
Qanaqa og'riq?! Savolingiz ja
qiziq bo'ldi-yu, nima farqi bor?
Hammasiyam bitta og'riq-da.
Olavering. Narxi... Ha endi... Mana
qutichasiga yozib qo'yibdi.
Qimmat?! Dori sifatli-da, oka.
Sifatli mol qimmat bo'ladi.
Og'riqni tez qoldiradi,
qoldirmasa, mana, oldimga
keling.
Uff, sal qoldi-ya bilib qolishiga.
Lekin eng qimmatlaridan birini
pullavordim. Savol berishini qara
buning. O'zi og'riqdan
basharasi burishib yotibdi-yu,
tag'in ezmalanganiga o'laymi?!
Xo'sh, bu dori nimaga foyda
ekan? "Mushaklardagi og'riqni
to'xtatadi". Ha, "Mushakagin"-
ku! Xo'sh, endi buniyam...
Iye, assalomu alaykum, keling,
keling. Nima bezovta qilyapti?
Qorin og'rig'i? Zap kepsiz-da,
hozir aynan siz uchun dori
topib qo'yuvdim. Mana...
Shoshma, mana bu yerda yana
bittasi bor ekan. "Zarbasil"... Shu
davo bo'larmidi?! Obbo... Bo'pti,
bir amallarmiz...
A? Yo'q, sizgamas, o'zim. Dori
bilan gaplashyapman. Endi,
ishimiz shu, har bir dori bilan til
topishish kerak. "Zarbasil".
Nomini qarang, nomini! Nima?
"Zarbasil" qorin og'rig'ini
davolamaydi deysizmi?! Vey,
aptekchi kim, sizmi yoki menmi?
Xo'sh, nima bo'ldi o'zi?
Bukchayib qoldingiz, xo'sh,
og'riqning zo'ridan o'tirib
qoldingiz, yurolmadingiz. Ha,
yashang! Mana, masala
qayerda? To'satdan o'tirib
qolganingizda yer, olaylik, stul
qattiq tekkan bo'lishi mumkin.
Bu zarba bo'lmay nima, oka?!
Qorningiz keyin battar og'rigan
bo'lsa kerak, to'g'rimi? Ana!
"Zarbasil" tepki zararini
yo'qotadi, o'z-o'zidan qorin
og'rig'i ham daf bo'ladi. Javob!
E, klientlar ham mijg'ov bo'lib
ketishyapti-da. Aptekachi men
bo'lsam, olavermaysanmi
ortiqcha savol beravermay. O,
yana bitta o'lja. Qani, xush
kelibsiz, nima kerak?
Shamollashga qarshi dori?
Yo'talganingizda tomog'ingiz
qirilyaptimi? Demak, nafas yo'li
shamollagan. Shunaqamidi o'zi?
Sizga mana bu shifobaxsh
choyni beraman. Giyoh. Qarang,
nomiyam ajoyib - "Qulpinisa".
Ta'mi zo'r-da, ta'mi. Bejizga
qizlarning nomi berilmagan
bunga. Paketchasini bir stakan
choyga solib, ichasiz. Ovqatdan
oldinmi, keyinmi? Xo'sh... Keyin
ichaqoling. Bir gap bo'lar. Nafas
yo'llarini tozalab, balg'am
ko'chishiga yordam beradi.
Yaxshi ta'sir qiladimi, deysizmi?
Mening o'zim har kuni shundan
ichaman. E, yo'taldan asar ham
yo'q. Mana qarang... O'h-ho'...
Ko'rdingizmi? O'zimni
majburlasam ham
yo'talolmayapman. Olavering.
Mana shu yerda professional
dorishunos bo'lib ketdim-da
o'ziyam. Iye, vaqt o'tganiniyam
bilmay qolibman-ku. Soqqayam
anchagina bo'lib qolgandir-a.
Endi aptekachi krutoy
bo'lgandan keyin... Bo'pti, tuf-
tuf, o'zimga ko'z tegib qolmasin
tag'in...
* * *
Eh, bu pulni ko'rsang, yuraging
juda-a-a o'ynab ketadi-da.
Bugun ham ishim o'xshadi-yov
menimcha. Uff, shu qorin
og'rig'iyam bezor qilvordi. Qaysi
dorini ichishni bilmay, boshim
garang! Ey! Iye, ana, oh, qadam
bosishlaringdan! Qani, kelaqol!
Qon qochib, dokaniyam yo'lda
qoldirib ketgan rangingdan
akang o'rgilsin, mazang ham
ancha-a-a-a qochibdi-da lekin.
Demak, ko'p dori olasan.
Kelaver, sengayam mo'ljallab
qo'yganlarim bor. Voh, qarang,
basharayam shunaqa
bujmayadimi? Iye, shoshma...
Bu... kecha kelgan klient-ku!
Qoyil, reja ish berdi, shekilli.
Iye, keling, aytgandim-ku sizga
bizning doridan bir tatib
ko'rgan odam aptekadan
ketmay qoladi, deb. Xo'sh, yana
qayeringiz og'riyapti? Nima,
shikoyat? Qanaqa shikoyat?!
Boshqa dori beribman?! Men-
a?! Vey, siz menga "Tizzam
og'riyapti" dedingiz, to'g'rimi?!
Men esa og'riqqa qarshi dori
berdim. Ta'sir qilmadimi?! Ha
endi, tizzangiz boshqacha
og'risa, ayb menda emas-ku!
Xo'sh, dorini necha mahal
ichdingiz? Uch mahal... Xo'sh,
qaysi payt? Ovqatdan oldin...
Necha soat oldin? Yarim soat? E,
qanaqa odamsiz o'zi? Buni
ovqatdan roppa-rosa bir soat
oldin ichish kerak! Ana, shuning
uchun ham ta'sir qilmagan.
Aytishim kerak edi?! Nima, endi
men aybdormanmi? So'rash
kerak edi-da! Bo'pti, mana,
boshqa dori beraman. Buni
ovqatlanishdan bir soat oldin
ichasiz, tushunarlimi? Mayli,
tuzalib keting. E, bu Shoqosim
akaning bemorlariyam rosa-a-a-
a ezvordo-da odamni. Sal
dangalrog'ini jo'natmaydimi?
Ana, yana cho'ntagingdan
puling to'kilgur klient kelyapti.
Obbo, bunisiyam kecha dori olib
ketgandi-ku! Iye, keling, keling.
Bizning aptekadagi dorini
ichgan odam Afrikadan ham
qaytib keladi, ha. Qorningiz
battar bo'ldi? Nega?! Dori ta'sir
qilmadi, deysizmi?! "Zabasil"
bosh og'rig'iga qarshi ekanmi?!
Yo'g'-ey?! Siz qanaqa qilib
ichdingiz buni?! Yotishdan oldin
ichib uxladingizmi? E, kalla
qayerda, kalla? Bosh og'riq dori
birinchi miyaga borib, keyin
undan to'g'ri oshqozonga
tushadi. Siz dori ichib yotvolgan
bo'lsangiz, dori bechora qanday
qilib tushadi oshqozonga?! Yo'l-
yo'lda qolib ketadi-da! Buni
tikka turib ichish kerak, tikka
turib! Mayli, siqilmang, sizga
boshqa dori yozib beraman.
Mana, bunisi aniq davolaydi.
"Dambidol", qorin dam bo'lishini
yo'qotadi. Olavering.
E, o'zi ezmalar keladigan kun
ekan-da. Iye, anavi men
tomonga kelyaptimi? Birinchi
ko'rishim. Demak, shikoyat
qilmaydi. Keling, assalomu
alayku-u-u-m! Marhamat.
Qanaqa doari kerak? Obbo,
do'xtir yozib bergan ekan-ku.
Xo'sh, uzating-chi. Hmm...
"O'pkasamol", bu dori bizda
yo'q. Lekin undan ham zo'ri bor.
Dahshati. Sal qimmatrog'-u,
lekin ta'siri puliga yarasha. Yo'q,
aynan do'xtir aytgan dori
bo'lishi shart emas. A? Boshqa
dorixonalardan qidirib ovora
bo'lmang, baribir, topolmaysiz.
Bu yerda bizning eng zo'r
apteka bizniki. Xo'sh, olasizmi?
Mana! Mayli, kelib turing... Ha,
sening sinmagan bellaringdan!
Rangingdan o'zim aylanay-a!
"Besh mingtalik" deganda
yuragim shunaqa o'ynab
ketadi... Xo'sh, mana bu
"O'pkasamol"ni chetroqqa olib
qo'yaylik. Qimmatroqlarini
sotvolay, bungayam gal kelib
qolar. Qani, mana, yana bitta
klient. Keling, keling... Labbay,
oyoq og'rig'iga qarshi dorimi?
Bor-da, e, bizda zo'ri sotiladi
bunaqa dorilarning...
Qimmatmasmi? Yo'g'-e,
arzongina. Boshqa aptekalarda
qanchaga ko'rdingiz? O'ttiz olti
ming... O'h-ho', osmon-u narxi.
Bizda o'ttiz besh ming besh yuz
so'm. Ko'rdingizmi? Deyarli
ming so'm farqi bor. Shunaqa,
biz mijozlarning cho'ntaginiyam
o'ylaymiz. Kelib turing tez-tez.
Ish degani mana bundoq
bo'libdi-da! Aytganday, "Apteka"
degan dorixonamizga kelib
turing-a! Sizgayam atab
qo'yganlarim bor. Bizniyam
aldamang, deysizmi? Axir
aptekaga yana qaytib
kelishingiz kerak-ku! Lekin
javob beraman, keyin
oldimizdan ketolmay qolasiz!
Ja'farbek

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: