Главная » Hikoyalar » Farzand himoyasi, Ota qarori....
Farzand himoyasi, Ota qarori....

Farzand himoyasi, Ota qarori....

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Farzand himoyasi, Ota qarori....
  • Дата релиза: 15-08-14, 02:41
Farzand himoyasi, Ota qarori....
Shahar chetidagi mahallalarning
birida shinamgina hovli bo'lib,
unda kichkina bir oila yashardi:
er-xotin va ularning ön yoshli
og'illari. Yigit ö'z uyining yer
to'lasida ustachilik bilan
shug'ullanardi. U qöli gul
hunarmand bölib, eshik va
romlar yasashda unga yetadigani
yöq edi. Kunlarning birida u har
doimgidek öz ishini
qilayotganida chiroq öchib qoldi.
Usta bir qancha muddat kutdi,
lekin chiroq yonmadi, aksiga
olgandek shu kuni bitirishi kerak
bölgan buyurtmasi bor edi. U
afsuslangancha, biroz dam olish
uchun uyga kirayotganida elektr
yoqib-öchirgichga közi tushdi.
Kimdir atay elektrni öchirib
qöygandir deb öyladi.
Darhaqiqat, dastakchalarni
tepaga kötargan edi ustaxona
chirog'i yondi. Usta biroz
asabiylashdi, "Kim qildi bu
bema'ni ishni?", - öylardi u.
Yertölaga tushib endi boshlagan
ham ediki, chiroq yana öchib
qoldi. Ammo bu safar u elekrtni
kim öchirganligini aniq kördi.
Ustaning ög'li sekin chiroqni
öchirib, narvonda pastga
tushganida, ortida otasi unga
jahl bilan qarab turardi. Usta endi
ön yoshga tölgan ög'lining bu
qilgan ishini kechira olmadi, jahl
bilan butun ishni kechiktirgan
ög'lining yuziga shapaloq tortdi.
"Endi esi kiradi, bir marta
öchirgan bölsa ham mayli edi".
Bolakayning yuzi qizarib ketgan,
labidan qon sizardi. Lekin,
azbaroyi g'azab otiga mingan
usta ög'lining köz yoshlariga
e'tibor ham qilmay uyga kirib
ketdi va xotiniga baqirdi: "Bu
bolaning maktabda kimlar
bilan aralashib yurganligini
bilishimiz kerak. Shundayligicha
qöyib qöysak boshimizga balo
böladi!" Охiri eng oson yöli topdi.
Ög'lining qölidan hech
qöymaydigan kundaligini öqiydi
va uning nima ishlar qilib
yurganligini bilib oladi. Хоtinining
qarshiliklariga qaramasdan
ög'lining kundaligini ochib öqiy
boshladi. Bolakay sönggi
sahifaga shu sözlarni yozgandi:
"Bugun yomon tush kördim.
Tushimda ustaxonada
ishlayotgan dadamni tok uribdi.
Ey, Xudo, dadamni özing asra.
Dadam dunyodagi eng mehribon
odam. Men ham qölimdan
kelganini qilaman. . ."

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: