G'oyibdan kelgan madad
- Категории: Hikoyalar
- Название: G'oyibdan kelgan madad
- Дата релиза: 07-06-14, 20:52
Qashqadaryo vohasidagi
tengdoshlar bir oyda bir yig'ilib
suhbat o'tkazishni gashtak deb
nomlashadi. Ana shunday
gashtaklarning birida bir
do'stimiz quyidagi hikoyani
aytib berdi:
"Qahraton qish kunlarining
birida kun botib, g'ira-shira
qorong'ulik cho'kayotgan mahal
o'rtog'im bilan o'zimning
mashinamda Buxoroga yo'l
oldik.
Mashinaning pechkasi
qo'shilganligi bois salon ichi
issiqqina, mangnitofondan
G'iyos Boytoyevning "Yaxshilik
qil" qo'shig'i yangrardi.
Muborak tumanidan Buxoroga
o'tadigan hudud past tekislik
bo'lib, bu joyda aholi yashamas,
qish kunlarida bu yo'llardan
mashina juda kam qatnardi.
Birorta ham avto
ko'rinmaydigan ilonizi
yo'llardan jimgina ketarkanmiz,
uzoqdan yo'l yoqasida to'xtab
turgan oq "Neksiya"
mashinasiga ko'zimiz tushdi.
Biroz yaqinlashganimizdan
so'ng qor yog'ishi to'xtagan
bo'lsa-da, mashinaning usti
qalin qor bilan qoplanib
yotganligi bizni ajablantirdi.
Ustiga-ustak, haydovchi
tomondagi oyna biroz
tushirilgan, undan bir kishining
qo'li chiqib turardi. Birortasi
suhbatlashayotgan bo'lsa kerak-
da, deya zuv etib o'tib ketdik.
Lekin yuz metrlarcha yurgach,
shartta to'xtadim. Miyamga
"Axir shu sovuqda haydovchi
nima uchun oynani tushirib,
qo'lini chiqarib o'tiribdi", degan
savol urildi. O'sha paytlari uch
yoshga to'lgan farzandim
tug'ilganidan buyon yurolmasdi.
Uning yurib ketishi uchun
bormagan doktorim va tabibim
qolmagandi. Hech qaysisidan
natija chiqmagach, axiyri buni
vaqtga tashlab qo'ygandim.
Aniqrog'i, bolamning tuzalib
ketishi uchun savob ishlar qilib
yurgandim.
O'rtog'imning hayhaylashiga
qaramay, mashinani shartta
orqaga burdim. Borib qarasak,
o'ttiz besh yoshlardagi yigit
rulda behush o'tiribdi. Orqa
o'rindiqda o'n yoshlardagi bola
va peshonasida jarohat izi bor
o'n ikki yashar qizaloq behush
yotibdi. Yigit otasi bo'lsa kerak,
keksaroq bir erkak ham
bolalarni quchoqlagancha ko'zi
yumuq yotardi.
Avtomobil motori sovib
bo'lganiga qaraganda kamida
ikki soat oldin mashina o'chgan.
Yigit har-har zamonda ko'zini
ochib ingraydi. Lekin o'zini
bilmaydi. Bolalarning ikkalasi
ham hushidan ketgan. Lekin
yuragi urib turibdi. Zudlik bilan
ota va bobolarni mening
mashinamga olib, massaj qila
boshladik. Yuzi, qo'li va
oyoqlarini uqaladik.
Mashinamdagi termosdan
ozroq choy olib, avval yigitga
ichirdik, so'ng bolalarning
badaniga surtdik. Men o'chib
qolgan mashinani yoqishga
harakat qildim. Ammo qancha
urinmay, mashina motori o't
olmadi. Bildimki, yoqilg'i
tugagan. Mashinam
yukxonasida bir litrcha yoqilg'i
bor edi. Shuning yigitni
mashinasiga soldim. Harqalay,
mashina gurillab o't oldi.
O'rtog'imga mening
mashinamni boshqarishini
aytib, o'zim oldinga o'tdim.
"Ishqilib, o'lib qolmasin-da!"
derdim o'zimga o'zim.
Agar mashina yana o'chib qolsa,
o'zimning mashinamga ularni
o'tkazib, yaqin oradagi
shifoxonadagi olib borishni
mo'ljallab mashinani
tezlashtirdim. Ammo 5-10
kilometr yursak ham, yoqilg'i
quyish shohobchasi
ko'rinmasdi. "Ey Xudoyim,
ishqilib, o'chib qolmasin",
derdim. Taxminan besh
kilometrlar yurganimizdan
so'ng mashina taqataq o'chdi.
Noiloj yigitning mashinasini
qulflab, o'zimnikiga o'tdim.
Keyin Buxoro tomon
mashinamni o'qdek uchirib
ketdim. Qancha yurganimni
bilmayman, bir payt yo'l
yoqasidagi "Shifoxona" degan
yozuvga ko'zim tushdi-yu, rulni
shartta o'sha tomonga burdim.
O'rtog'im bilan birinchi bo'lib
bolalarni olib kirdik, so'ng yigit
bilan qariyaga yordam berishga
shoshildik...
Ikkinchi qavatdan tushib kelgan
shifokor zudlik bilan ularni
muolaja qilishga kirishdi. Men
shifokorga "Qanday dori-
darmon kerak bo'lsa, topib
kelaman, faqat ularning joni
omon qilsa bas", dedim. Doktor
shosha-pisha menga dorilarni
yozib berdi. Xayolimda faqat
bitta fikr charx urardi: "Ishqilib,
ularning joni omon qolsin va
noguron farzandimni duo
qilsin".
Doktor mendan ularga kim
bo'lishimni so'radi. Men o'zimni
yigitning akasi deb tanishtirdim.
Oradan yarim soatlar o'tgach,
doktor ularning ahvoli biroz
yaxshilanganini aytdi. Buni
eshitib, o'rtog'imga bir joyga
borib kelishimiz kerakligini
aytdim-u, o'zimning
mashinamni boshqarib, ortga,
yigitning mashinasi qolgan
yerga jo'nadik. Yo'lda yoqilg'i
shohobchasiga kirib, yoqilg'i
oldim. Aksiga olib, yonimda pul
ham qolmagan ekan.
Haydovchilik guvohnomamni
garovda qoldirishga to'g'ri
keldi. Xullas, yigitning
mashinasini olib, yana
shifoxonaga qaytdik.
Doktor yigit ancha o'ziga kelib,
ularga kim yordam berganligini
so'raganini aytdi. Men doktorga
ularning batamom tuzalib
ketishi uchun qancha mablag'
kerak bo'lsa, berishimni, ammo
bu haqda ularga aytmaslik
kerakligini iltimos qildim.
Sababi, "O'ng qo'ling qilgan
savobni chap qo'ling bilmasin",
degan gapga amal qilib,
qizimning tuzalib ketishini
Allohdan o'tinish edi.
Ertasi kuni yana shifoxonaga
keldim. Ammo yigit yotgan
xonada hech kim yo'q edi. Nima
bo'ldi ekan, degan savol
miyamga urildi. "Ishqilib, tinchlik
bo'lsin-da", deya doktorning
xonasiga shoshildim. Doktor
menga yigitning bolalari yaxshi
bo'lib qolganligini, lekin uning
o'zi tez-tez hushidan ketib
qolayotganligini aytdi. Men
doktorga nima bo'lsa ham, uni
saqlab qolishini aytdim.
Shundagina yigit tuzalishi
mumkinligini bilib, o'sha
kuniyoq qizimni davolatishga
deb asrab qo'ygan bittayu bitta
qo'chqorimni bozorga olib
chiqdim. Plazmani topib
kelganimdan so'ng yigit ancha
tuzalib qolganligini bilib,
yonimdagi bor pulim va
yigitning mashinasi va
hujjatlarini bir qog'ozga
o'radim-da, shifokorga
tutqazdim...
Oradan o'n besh yil o'tdi. Bu
orada men qizimning yurib
ketishi uchun qilmagan amalim
qolmadi. Hatto, mashinamni
sotib, chet elga ham olib
bordim. Lekin natija bo'lmadi.
Kunlarning birida televizor
tomosha qilib o'tirganimda
yurtimizga bir guruh chet ellik
shifokorlar kelganligi haqidagi
xabarni eshitib qoldim. Shu
zahoti miyamga "Qizimni olib
borib ko'rsam-chi", degan fikr
keldi. Ertasi kuniyoq qizimni
Toshkentga olib borib,
Hindistonlik shifokorlarga
ko'rsatdim. Ular bir kundan
so'ng analiz natijalari chiqishini
aytishdi. Ertasi kuni yana qizim
bilan birga bordim. Shifokorlar
bu kasallika davo borligini, faqat
jarrohlik yo'li bilan buni amalga
oshirish mumkinligini, bu
amaliyot esa Hindistonda
amalga oshirilishini aytishdi.
Tarjimon qiz menga buning
uchun uch oy Hindistonda
bo'lishimiz kerakligini va
jarrohlik summasini aytganida
boshim qotib qoldi. Chunki bu
summa men o'ylagandan ancha
ko'p edi.
Lekin men, baribir, xursand
edim. Sababi, qizimning dardiga
davo bor, u tuzalmas kasalga
giriftor bo'lmagan.
Uyga qaytarkanman,
quvonchimning cheki yo'q edi.
Ertasi kuni barcha qarindosh-
urug'lar yig'ilib, maslahatlashib
pul to'pladik. Ammo to'plagan
mablag'imiz Hindistonlik
shifokorlar aytgan summaning
o'ndan birini ham tashkil qilmas
ekan. Buncha pulni birov qarzga
ham bermasligi aniq edi.
Xursandchilik o'rnini umidsizlik
egallay boshladi. Oxiri buncha
pulni topa olmasligimga o'zimni
ishontirdim. Lekin qizimga
qaraganim sari noilojligim, pul
topa olmaganim uchun o'zimni
kechirolmasdim. Shunday
kunlarning birida qaysidir
gazetada bir qizning og'ir betob
ekanligini, uni davolatish uchun
katta mablag' kerakligini,
kimda-kim savob yo'lida
homiylik qilishni istasa,
murojaat etishi mumkinligi
haqida o'qib qoldim. Gazetada
nursiz ko'zlari bilan qarab
turgan qizning surati ham bor
edi. Birdaniga ko'nglimga "Men
ham e'lon bersam-chi", degan
fikr keldi va o'sha kuniyoq
Toshkentga oshiqdim.
Gazeta muxbiri yoshgina yigit
ekan. Meni obdan eshitib, avval
o'zimni, keyin qizimning ism-
familyasini yozib olib, uning
rasmini ham berishimni so'radi.
Men unga qizimning 5 yoshga
to'lishi munosabati bilan
ikkalamiz birgalikda tushgan
rasmimizni berdim. Muxbir yigit
keyingi hafta e'lon chiqishini
aytib, telefon raqamimni yozib
oldi. Ammo oradan bir hafta-o'n
kun vaqt o'tdi hamki, gazetada
e'lon chiqmadi. Yaxshi xabar
bo'lib qolar, deya o'zimni ovutib
yuraverardim.
Bir kuni bozorga borish uchun
otlanib turganimda qo'l
telefonim jiringlab qoldi.
Gaplashsam, muxbir yigit ekan.
Ikki oy oldin bergan e'lonim
bo'yicha qo'ng'iroq
qilayotganligini, bir tadbirkor
yigitning qizimga homiylik qilish
istagi borligini, shu bois tezroq
Toshkentga borishim kerakligini
aytdi. Quvonchdan tilim tutilib
qoldi. Ohimni eshitgani uchun
Allohga shukrona aytdim va
o'sha kuniyoq Toshkent tomon
o'qdek uchdim. Muxbir yigit
meni iliq kutib oldi va bir
haftadan so'ng qizim bilan
Hindistonga ketishim
kerakligini, doktorlar bilan
shartnoma tuzilib bo'lganligini,
barcha xarajatlar ham
to'langanligini aytdi.
Biroq muxbir yigit menga bu
saxovatpesha inson haqida
ma'lumot berolmasligini aytdi.
Oradan bir hafta o'tib men,
qizim va tarjimon bilan
birgalikda Hinditonga jo'nadik.
Yana bir haftadan so'ng qizimni
jarrohlik stoliga yotqizishadi.
Oradan bir oy o'tgach esa qizim
yura boshladi. Quvonchimning
cheki yo'q edi. Bir kuni biz
yotgan shifoxona yonidagi
hovuz bo'yida dam ola turib,
muxbir yigit bilan bo'lgan
suhbatimiz esimga tushdi. U
menga bir hafta ichida
Hindistonga ketishimiz
kerakligini, shartnoma
tuzganligini aytgan edi. Demak,
shartnomaning bir nusxasi
Hindistonga ham yetib kelgan
va shifoxonada saqlanadi.
Demak, shu shartnoma orqali
menga homiylik qilgan
insonning kimligini bilishim
mumkin, degan qarorga keldim
va shifoxona ma'muriyatiga
shartnomani ko'rishim
kerakligini aytdim. Ular rozi
bo'lishdi. Haqiqatan ham,
shartnomada menga homiylik
qilgan kishining ism-sharifi, ish
joyi va yashash manzili hamda
xususiy tadbirkorlik bilan
shug'ullanishi yozilgan edi.
Uch oylik sinov muddati o'tib,
nihoyat, yurtimizga qaytdik.
Qizim yurt tuprog'iga o'z oyog'i
bilan yurib keldi. Samolyotdan
tushishim bilan shartnomada
ko'rsatilgan manzil tomon
shoshdim. Chiroyli binoga
qadam qo'yarkanman, kotiba
nima maqsadda kelganimni
so'radi. Qizimni ishga
joylashtirmoqchiligimni aytdim.
Birozdan so'ng kotiba
boshlig'ining oldiga kirishim
mumkinligini aytdi. Hayajondan
bir muddat karaxt bo'lib qoldim.
Sababi, nihoyat, bu saxiy
insonni ko'rish baxtiga
muyassar bo'layotganim edi.
Keng xonaga kirishim bilan
qo'lida stakan ushlagancha
derazaga qarab turgan kishiga
ko'zim tushdi. Ammo u kishi
hatto menga qarab ham
qo'ymay:
- Bizda hozircha bo'sh ish o'rni
yo'q. Ma'lumotlaringizni
kotibaga qoldiring. Keyinroq ish
bo'lsa chaqiraman, - dedi.
Birdan hafsalam pir bo'ldi. Axir
men bu insonni boshqacha
tasavvur qilgan edim-da.
- Sizning oldingizga ish so'rab
emas, boshqa masalada kelgan
edim. Men besh oy muqaddam
nogiron qizimni davolash uchun
homiylik yordamini so'rab,
gazetada e'lon bergan edim.
Keyin menga homiy topilganini
eshitib, xursand bo'ldim.
Xudoga shukr, qizim tuzalib
ketdi. Hindistonda siz
haqingizda bilib oldim va bir
marta uchrashib, rahmat aytish
uchun oldingizga kelgan edim, -
dedim.
Shu payt u kishining qo'lidan
stakan tushib ketib, chip-chil
bo'ldi va menga yalt etib qaradi.
Uning nigohlari bilan nigohim
to'qnashdi-yu, meni tok
urgandek bo'ldi. Chunki bu
inson bundan o'n besh yil oldin
men yordam bergan, Muborak
tumani bilan Buxoro viloyati
o'rtasida to'xtab qolgan
mashinadagi yigit edi".
Sherzod Asqarov
tengdoshlar bir oyda bir yig'ilib
suhbat o'tkazishni gashtak deb
nomlashadi. Ana shunday
gashtaklarning birida bir
do'stimiz quyidagi hikoyani
aytib berdi:
"Qahraton qish kunlarining
birida kun botib, g'ira-shira
qorong'ulik cho'kayotgan mahal
o'rtog'im bilan o'zimning
mashinamda Buxoroga yo'l
oldik.
Mashinaning pechkasi
qo'shilganligi bois salon ichi
issiqqina, mangnitofondan
G'iyos Boytoyevning "Yaxshilik
qil" qo'shig'i yangrardi.
Muborak tumanidan Buxoroga
o'tadigan hudud past tekislik
bo'lib, bu joyda aholi yashamas,
qish kunlarida bu yo'llardan
mashina juda kam qatnardi.
Birorta ham avto
ko'rinmaydigan ilonizi
yo'llardan jimgina ketarkanmiz,
uzoqdan yo'l yoqasida to'xtab
turgan oq "Neksiya"
mashinasiga ko'zimiz tushdi.
Biroz yaqinlashganimizdan
so'ng qor yog'ishi to'xtagan
bo'lsa-da, mashinaning usti
qalin qor bilan qoplanib
yotganligi bizni ajablantirdi.
Ustiga-ustak, haydovchi
tomondagi oyna biroz
tushirilgan, undan bir kishining
qo'li chiqib turardi. Birortasi
suhbatlashayotgan bo'lsa kerak-
da, deya zuv etib o'tib ketdik.
Lekin yuz metrlarcha yurgach,
shartta to'xtadim. Miyamga
"Axir shu sovuqda haydovchi
nima uchun oynani tushirib,
qo'lini chiqarib o'tiribdi", degan
savol urildi. O'sha paytlari uch
yoshga to'lgan farzandim
tug'ilganidan buyon yurolmasdi.
Uning yurib ketishi uchun
bormagan doktorim va tabibim
qolmagandi. Hech qaysisidan
natija chiqmagach, axiyri buni
vaqtga tashlab qo'ygandim.
Aniqrog'i, bolamning tuzalib
ketishi uchun savob ishlar qilib
yurgandim.
O'rtog'imning hayhaylashiga
qaramay, mashinani shartta
orqaga burdim. Borib qarasak,
o'ttiz besh yoshlardagi yigit
rulda behush o'tiribdi. Orqa
o'rindiqda o'n yoshlardagi bola
va peshonasida jarohat izi bor
o'n ikki yashar qizaloq behush
yotibdi. Yigit otasi bo'lsa kerak,
keksaroq bir erkak ham
bolalarni quchoqlagancha ko'zi
yumuq yotardi.
Avtomobil motori sovib
bo'lganiga qaraganda kamida
ikki soat oldin mashina o'chgan.
Yigit har-har zamonda ko'zini
ochib ingraydi. Lekin o'zini
bilmaydi. Bolalarning ikkalasi
ham hushidan ketgan. Lekin
yuragi urib turibdi. Zudlik bilan
ota va bobolarni mening
mashinamga olib, massaj qila
boshladik. Yuzi, qo'li va
oyoqlarini uqaladik.
Mashinamdagi termosdan
ozroq choy olib, avval yigitga
ichirdik, so'ng bolalarning
badaniga surtdik. Men o'chib
qolgan mashinani yoqishga
harakat qildim. Ammo qancha
urinmay, mashina motori o't
olmadi. Bildimki, yoqilg'i
tugagan. Mashinam
yukxonasida bir litrcha yoqilg'i
bor edi. Shuning yigitni
mashinasiga soldim. Harqalay,
mashina gurillab o't oldi.
O'rtog'imga mening
mashinamni boshqarishini
aytib, o'zim oldinga o'tdim.
"Ishqilib, o'lib qolmasin-da!"
derdim o'zimga o'zim.
Agar mashina yana o'chib qolsa,
o'zimning mashinamga ularni
o'tkazib, yaqin oradagi
shifoxonadagi olib borishni
mo'ljallab mashinani
tezlashtirdim. Ammo 5-10
kilometr yursak ham, yoqilg'i
quyish shohobchasi
ko'rinmasdi. "Ey Xudoyim,
ishqilib, o'chib qolmasin",
derdim. Taxminan besh
kilometrlar yurganimizdan
so'ng mashina taqataq o'chdi.
Noiloj yigitning mashinasini
qulflab, o'zimnikiga o'tdim.
Keyin Buxoro tomon
mashinamni o'qdek uchirib
ketdim. Qancha yurganimni
bilmayman, bir payt yo'l
yoqasidagi "Shifoxona" degan
yozuvga ko'zim tushdi-yu, rulni
shartta o'sha tomonga burdim.
O'rtog'im bilan birinchi bo'lib
bolalarni olib kirdik, so'ng yigit
bilan qariyaga yordam berishga
shoshildik...
Ikkinchi qavatdan tushib kelgan
shifokor zudlik bilan ularni
muolaja qilishga kirishdi. Men
shifokorga "Qanday dori-
darmon kerak bo'lsa, topib
kelaman, faqat ularning joni
omon qilsa bas", dedim. Doktor
shosha-pisha menga dorilarni
yozib berdi. Xayolimda faqat
bitta fikr charx urardi: "Ishqilib,
ularning joni omon qolsin va
noguron farzandimni duo
qilsin".
Doktor mendan ularga kim
bo'lishimni so'radi. Men o'zimni
yigitning akasi deb tanishtirdim.
Oradan yarim soatlar o'tgach,
doktor ularning ahvoli biroz
yaxshilanganini aytdi. Buni
eshitib, o'rtog'imga bir joyga
borib kelishimiz kerakligini
aytdim-u, o'zimning
mashinamni boshqarib, ortga,
yigitning mashinasi qolgan
yerga jo'nadik. Yo'lda yoqilg'i
shohobchasiga kirib, yoqilg'i
oldim. Aksiga olib, yonimda pul
ham qolmagan ekan.
Haydovchilik guvohnomamni
garovda qoldirishga to'g'ri
keldi. Xullas, yigitning
mashinasini olib, yana
shifoxonaga qaytdik.
Doktor yigit ancha o'ziga kelib,
ularga kim yordam berganligini
so'raganini aytdi. Men doktorga
ularning batamom tuzalib
ketishi uchun qancha mablag'
kerak bo'lsa, berishimni, ammo
bu haqda ularga aytmaslik
kerakligini iltimos qildim.
Sababi, "O'ng qo'ling qilgan
savobni chap qo'ling bilmasin",
degan gapga amal qilib,
qizimning tuzalib ketishini
Allohdan o'tinish edi.
Ertasi kuni yana shifoxonaga
keldim. Ammo yigit yotgan
xonada hech kim yo'q edi. Nima
bo'ldi ekan, degan savol
miyamga urildi. "Ishqilib, tinchlik
bo'lsin-da", deya doktorning
xonasiga shoshildim. Doktor
menga yigitning bolalari yaxshi
bo'lib qolganligini, lekin uning
o'zi tez-tez hushidan ketib
qolayotganligini aytdi. Men
doktorga nima bo'lsa ham, uni
saqlab qolishini aytdim.
Shundagina yigit tuzalishi
mumkinligini bilib, o'sha
kuniyoq qizimni davolatishga
deb asrab qo'ygan bittayu bitta
qo'chqorimni bozorga olib
chiqdim. Plazmani topib
kelganimdan so'ng yigit ancha
tuzalib qolganligini bilib,
yonimdagi bor pulim va
yigitning mashinasi va
hujjatlarini bir qog'ozga
o'radim-da, shifokorga
tutqazdim...
Oradan o'n besh yil o'tdi. Bu
orada men qizimning yurib
ketishi uchun qilmagan amalim
qolmadi. Hatto, mashinamni
sotib, chet elga ham olib
bordim. Lekin natija bo'lmadi.
Kunlarning birida televizor
tomosha qilib o'tirganimda
yurtimizga bir guruh chet ellik
shifokorlar kelganligi haqidagi
xabarni eshitib qoldim. Shu
zahoti miyamga "Qizimni olib
borib ko'rsam-chi", degan fikr
keldi. Ertasi kuniyoq qizimni
Toshkentga olib borib,
Hindistonlik shifokorlarga
ko'rsatdim. Ular bir kundan
so'ng analiz natijalari chiqishini
aytishdi. Ertasi kuni yana qizim
bilan birga bordim. Shifokorlar
bu kasallika davo borligini, faqat
jarrohlik yo'li bilan buni amalga
oshirish mumkinligini, bu
amaliyot esa Hindistonda
amalga oshirilishini aytishdi.
Tarjimon qiz menga buning
uchun uch oy Hindistonda
bo'lishimiz kerakligini va
jarrohlik summasini aytganida
boshim qotib qoldi. Chunki bu
summa men o'ylagandan ancha
ko'p edi.
Lekin men, baribir, xursand
edim. Sababi, qizimning dardiga
davo bor, u tuzalmas kasalga
giriftor bo'lmagan.
Uyga qaytarkanman,
quvonchimning cheki yo'q edi.
Ertasi kuni barcha qarindosh-
urug'lar yig'ilib, maslahatlashib
pul to'pladik. Ammo to'plagan
mablag'imiz Hindistonlik
shifokorlar aytgan summaning
o'ndan birini ham tashkil qilmas
ekan. Buncha pulni birov qarzga
ham bermasligi aniq edi.
Xursandchilik o'rnini umidsizlik
egallay boshladi. Oxiri buncha
pulni topa olmasligimga o'zimni
ishontirdim. Lekin qizimga
qaraganim sari noilojligim, pul
topa olmaganim uchun o'zimni
kechirolmasdim. Shunday
kunlarning birida qaysidir
gazetada bir qizning og'ir betob
ekanligini, uni davolatish uchun
katta mablag' kerakligini,
kimda-kim savob yo'lida
homiylik qilishni istasa,
murojaat etishi mumkinligi
haqida o'qib qoldim. Gazetada
nursiz ko'zlari bilan qarab
turgan qizning surati ham bor
edi. Birdaniga ko'nglimga "Men
ham e'lon bersam-chi", degan
fikr keldi va o'sha kuniyoq
Toshkentga oshiqdim.
Gazeta muxbiri yoshgina yigit
ekan. Meni obdan eshitib, avval
o'zimni, keyin qizimning ism-
familyasini yozib olib, uning
rasmini ham berishimni so'radi.
Men unga qizimning 5 yoshga
to'lishi munosabati bilan
ikkalamiz birgalikda tushgan
rasmimizni berdim. Muxbir yigit
keyingi hafta e'lon chiqishini
aytib, telefon raqamimni yozib
oldi. Ammo oradan bir hafta-o'n
kun vaqt o'tdi hamki, gazetada
e'lon chiqmadi. Yaxshi xabar
bo'lib qolar, deya o'zimni ovutib
yuraverardim.
Bir kuni bozorga borish uchun
otlanib turganimda qo'l
telefonim jiringlab qoldi.
Gaplashsam, muxbir yigit ekan.
Ikki oy oldin bergan e'lonim
bo'yicha qo'ng'iroq
qilayotganligini, bir tadbirkor
yigitning qizimga homiylik qilish
istagi borligini, shu bois tezroq
Toshkentga borishim kerakligini
aytdi. Quvonchdan tilim tutilib
qoldi. Ohimni eshitgani uchun
Allohga shukrona aytdim va
o'sha kuniyoq Toshkent tomon
o'qdek uchdim. Muxbir yigit
meni iliq kutib oldi va bir
haftadan so'ng qizim bilan
Hindistonga ketishim
kerakligini, doktorlar bilan
shartnoma tuzilib bo'lganligini,
barcha xarajatlar ham
to'langanligini aytdi.
Biroq muxbir yigit menga bu
saxovatpesha inson haqida
ma'lumot berolmasligini aytdi.
Oradan bir hafta o'tib men,
qizim va tarjimon bilan
birgalikda Hinditonga jo'nadik.
Yana bir haftadan so'ng qizimni
jarrohlik stoliga yotqizishadi.
Oradan bir oy o'tgach esa qizim
yura boshladi. Quvonchimning
cheki yo'q edi. Bir kuni biz
yotgan shifoxona yonidagi
hovuz bo'yida dam ola turib,
muxbir yigit bilan bo'lgan
suhbatimiz esimga tushdi. U
menga bir hafta ichida
Hindistonga ketishimiz
kerakligini, shartnoma
tuzganligini aytgan edi. Demak,
shartnomaning bir nusxasi
Hindistonga ham yetib kelgan
va shifoxonada saqlanadi.
Demak, shu shartnoma orqali
menga homiylik qilgan
insonning kimligini bilishim
mumkin, degan qarorga keldim
va shifoxona ma'muriyatiga
shartnomani ko'rishim
kerakligini aytdim. Ular rozi
bo'lishdi. Haqiqatan ham,
shartnomada menga homiylik
qilgan kishining ism-sharifi, ish
joyi va yashash manzili hamda
xususiy tadbirkorlik bilan
shug'ullanishi yozilgan edi.
Uch oylik sinov muddati o'tib,
nihoyat, yurtimizga qaytdik.
Qizim yurt tuprog'iga o'z oyog'i
bilan yurib keldi. Samolyotdan
tushishim bilan shartnomada
ko'rsatilgan manzil tomon
shoshdim. Chiroyli binoga
qadam qo'yarkanman, kotiba
nima maqsadda kelganimni
so'radi. Qizimni ishga
joylashtirmoqchiligimni aytdim.
Birozdan so'ng kotiba
boshlig'ining oldiga kirishim
mumkinligini aytdi. Hayajondan
bir muddat karaxt bo'lib qoldim.
Sababi, nihoyat, bu saxiy
insonni ko'rish baxtiga
muyassar bo'layotganim edi.
Keng xonaga kirishim bilan
qo'lida stakan ushlagancha
derazaga qarab turgan kishiga
ko'zim tushdi. Ammo u kishi
hatto menga qarab ham
qo'ymay:
- Bizda hozircha bo'sh ish o'rni
yo'q. Ma'lumotlaringizni
kotibaga qoldiring. Keyinroq ish
bo'lsa chaqiraman, - dedi.
Birdan hafsalam pir bo'ldi. Axir
men bu insonni boshqacha
tasavvur qilgan edim-da.
- Sizning oldingizga ish so'rab
emas, boshqa masalada kelgan
edim. Men besh oy muqaddam
nogiron qizimni davolash uchun
homiylik yordamini so'rab,
gazetada e'lon bergan edim.
Keyin menga homiy topilganini
eshitib, xursand bo'ldim.
Xudoga shukr, qizim tuzalib
ketdi. Hindistonda siz
haqingizda bilib oldim va bir
marta uchrashib, rahmat aytish
uchun oldingizga kelgan edim, -
dedim.
Shu payt u kishining qo'lidan
stakan tushib ketib, chip-chil
bo'ldi va menga yalt etib qaradi.
Uning nigohlari bilan nigohim
to'qnashdi-yu, meni tok
urgandek bo'ldi. Chunki bu
inson bundan o'n besh yil oldin
men yordam bergan, Muborak
tumani bilan Buxoro viloyati
o'rtasida to'xtab qolgan
mashinadagi yigit edi".
Sherzod Asqarov
Смс Шерлар