Главная » Hikoyalar » G‘ijimlangan oq kema
G‘ijimlangan oq kema

G‘ijimlangan oq kema

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: G‘ijimlangan oq kema
  • Дата релиза: 28-08-14, 23:31
G‘ijimlangan oq kema
Ko‘chadan o‘tib ketayotib,
kichkina qizaloqning ariq yonida
yig‘lab o‘tirganiga ko‘zim tushdi.
Ko‘nglim buzilib ketdi, yoniga
bordim:
–Ha qizaloq nega yig‘layapsan? –
dedim ovutmoqchi bo‘lib.
U menga ahamiyat ham
bermasdan o‘pkasi to‘lib, o‘ksinib
yig‘lardi, ko‘zlari to‘la yosh,
kichkina burunchasi qizarib
ketgandi. Uni bu yig‘isiga
yuragim dosh bera olmadi. Uni
yupatgim keldi. Sumkamda
shokolad borligi esimga tushdi,
olib unga uzatdim:
–Ol, bu senga.
U boshini chayqab yo‘q degan
ishorani qildi-yu , battar yig‘lay
boshladi. Nimaga yig‘layabsan,
kim xafa qildi seni desam yerda
yotgan qog‘oz parchalariga
ishora qildi.
Hech nima tushunmadim, unga
qarab:
–Bo‘ldi yig‘lama, bu qog‘oz nima
edi desam, u sal yig‘idan to‘xtab:
–Oq kema, mening oq kemam
edi, deb javob berdi.
Yodimga bolalik paytimda
qog‘ozdan qayiqcha yasab suv
yuziga qo‘yib, ketidan yugurib
yurishlarim tushdi. Beixtiyor
jilmaydim. Bolalikni shirin
ko‘chalariga bir lahzaga mehmon
bo‘lganimda, qizaloqqa shu
tabassum bilan qaradim:
–Bo‘ldi yig‘lama, senga
boshqasini yasab beraman,
dedim.
U yig‘lashdan to‘xtab menga
ishonqiramay qaradi.
Sumkamdan daftar chiqardim-da,
kema yasay boshladim. Qizaloqni
yuzi yorishdi, isming nima dedim
jilmayib:
–Zilola
–Nechi yoshdasan?
Uch yoshligini barmoqchalari
bilan ko‘rsatib, shirin jilmaydi. Bu
orada qayiqcha ham bitdi. Unga
uzatdim, uni yuzida baxtiyorlik
porladi. Hursandligidan jajji
qo‘lchalari bilan bo‘ynimdan
quchib:
–Rahmat opajon, dedi.
–Arzimaydi boshqa yig‘lama
xo‘pmi?
U “xo‘p” deya kulimsiradi. Qo‘liga
oq qayiqchani olib o‘z tilida,
“meni endi yangi kemacham
bor” – deya ko‘chadagi bir guruh
bolalar yoniga yugurib ketdi. Men
esa uning izidan bir muddat
qarab, yana yo‘limda davom
etdim.
Ertasi kuni ishdan qaytayotib,
yana yo‘lda yig‘lab turgan Zilolaga
duch keldim. Yoniga bordim:
–Ha Zilola, nima bo‘ldi, nega
yig‘layapsan? – dedim, u
gapirmoqchi bo‘lardi, entikib
nafas olib zo‘rg‘a:
–Murod, dedi va cho‘ntagidan
g‘ijimlangan qog‘oz parchasini
oldi.
Bu kecha men yasab bergan
qayiqcha edi. Uni qo‘limga olib,
g‘ijimini tekisladim. Mana deb
uzatdim. U esa:
–Yo‘q kerakmas, dedi.
–Menga ham bu g‘ijimlangan
qayiqcha yoqmadi, kel senga
boshqa kemacha yasab beraman,
desam u battarroq yig‘lashga
tushdi.
Tushundimki, bu qayiqcha bilan
birga uning beg‘ubor hayollari
ham g‘ijimlandi.
Tushundimki, bu kemacha unga
shunchaki qog‘oz parchasi emas
edi, kemacha bilan birga uning
beg‘ubor dunyosidagi mitti
yuragining allaqayeri vayronaga
aylandi.
Murod degan bolakay esa jahlmi
yoki shumlikdanmi uning
beg‘ubor orzularini sindirdi…
Qaydam, qizaloqning qalbidagi
bu jarohat vaqtlar o‘tib
bitarmikan?..
Muallifi noma′lum. Agar muallifini
bilsangiz, bizni ogohlantiring.
Albatta yozib qo‘yamiz.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: