Главная » Hikoyalar » Hayotiy hikoya: ​"NIMA EDINGIZ, USTOZ?"
Hayotiy hikoya: ​"NIMA EDINGIZ, USTOZ?"

Hayotiy hikoya: ​"NIMA EDINGIZ, USTOZ?"

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Hayotiy hikoya: ​"NIMA EDINGIZ, USTOZ?"
  • Дата релиза: 28-09-17, 08:44
Hayotiy hikoya: ​"NIMA EDINGIZ, USTOZ?"
Nufuzli universitet. U erda o`zini ko`rsatish uchun turli tadbirlarda ishtirok etish yaxshi natija berishi aniq. Yana kimsan — shoir degan nomingni eshitganlarning hurmati boshqacha-da. Ustozlar ham izzatni o`xshatishadi. Ammo negadir bu izzatning ildizi sessiyaga borib qurib qolaveradi. Rostiyam shu-da, to`rtta qofiyali she`ring uchun kim senga sessiyada a`lo baho qo`yar ekan?
Mayli, she`rni chetga suraylik, ammo guruh sardorimanku, hech yo`q-sa, shuning izzati bordir? Afsus, boshqalarni bilmadimu men hech sardorligim ortidan sessiyada ro`shnolik ko`rmayapman-da. E, ha balki o`zim uddaburonlik qilolmayotgandirman. Axir iqtisod fani domlamning “Beshga besh”, degan jumlasining mag`zini chaqolmay, qovun tushurganim kabi boshqa fan domlalarining ham ilmoqli gaplarini tushunmay qolayotgandirman.

Ha, bunisiga ham mayli. Ammo dekanatning e`tibori boshqacha, mana, yana hurmat bilan chaqirib ketishdi darsdan. Hozirgina sessiyada foydasi tegmayotgan shoirligimning dovrug`i rektoratgacha borgan ekanku, men bo`lsam, bechora she`rlarimni bepisand qilibman.

Mana obro`! Demak, xatning davomini o`qiymiz: “Vatan” nomli she`ri universitetlar o`rtasida o`tkaziladigan bayram tadbiri uchun musiqaga tushiriladi. Ushbu tadbirga, xususan she`rning qo`shiq bo`lishidagi tahrir jarayoniga muallifning o`zi ko`maklashishi so`raladi”. Oh-ho, etarlicha obro`-ku!

Bu tadbirga tayyorgarlik jarayoniga yolg`iz borib bo`lmaydi. Biror yaqin o`rtog`imni olib boraman, axir meni she`rimni musiqaga solishayotganini o`zim ovoza qilib yurishim noqulay-ku! Muhimi, ming azob bilan tog`amni homiylikka ko`ndirib, nashriyotning hisob-raqamiga pul tashlatganim, o`sha pulni “Tushmagan”, deya meni chuv tushirishga uringan biram chiroyli mug`ombir ayol — nashriyot rahbariga ellikta she`rimni kitob qilishga topshirib, o`chakishganim uchunmi yoki “mendan ketguncha...” qilibmi, atigi yigirmatagina she`rimni xuddi bir-biridan nusxa olingandek xira qilib bosganidagi ahvolim ko`z oldimga keldi-yu, bir xo`rsinib, katta ishni qoyillatgan odamdek, ko`ksimni ko`tarib qo`ydim.

Ertasi kuni sira og`zida gap turmaydigan o`rtog`im bilan cho`ntagimda go`yo umrboqiy satrlar bitilgan noyob bitiklarni olib yurgandek gerdayib, bittagina kitobchamni olib, tadbir tayyorgarligi bo`layotgan universitet maydonchasiga bordim. Eh-he, bir-biridan chiroyli qizlar raqs tayyorgarligini ko`ryapti shekilli. Musiqa ham yomonmas, hamma jo`rlikda “Tuprog`im o`zing”, deyishi yoqdi. Axir bu mening she`rim so`zlari-da!

Hammasi yaxshi-yu, lekin shu raqqosalarni raqsdan xabari yo`qligi ko`rinishdan balqib turgan erkak kishi tayyorlantirayotgani ajablanarli. Ayniqsa qo`lida segaritani chuqur tortib, “Bu-hu”, deb yo`talishidan menku kulgimni bosdim, ammo o`rtog`imning bunga jur`ati etmasligini bilmagan ekanman. Nimasi kulgili, dersiz?

Yo`talish oldi chekilgan segaretaning tutuni butun boshli katta qorinni silkitib, ko`tarib tushirishini ko`rish kulgili bo`larkan. “Bu-hu”, mana yana yo`talib qo`ydi qorinboy raqs ustasi.

— Kelinglar, yigitlar kimsizlar? — bizga e`tibori tushib, dag`al ovozda so`radi raqqos aka.

— Bizni chaqirtirishgan ekan, she`rimni qo`shiq qilibsizlar, — dedim olijanoblarga xos qarash bilan.

— E, ha aytdim, bu qaerda ko`rganman bu yigitni deb. Axir kitobchang, borku menda, rasmingni ko`rganman, — dedi muhtaram raqqos aka!

“Kitobcha”, dedimi bepisand qilib? Kerak bo`lsa, shu kitobchadagi she`rimning kuyiga yigirmata qiz-o`g`ilni o`ynatib turibdi-yu, tag`in bepisand qilishini qarang!

— Sen meni ustoz deb bil, mana shu she`ringni men tanladim tadbir uchun, — dedi tomdan tarasha tushgandek raqqos aka! — “Bu-hu” — yana yo`talib.

O`lay agar kulib yuboraman hozir, qornini xuddi atayin ko`tarib-tushirayotganga o`xshaydi. E, ha bu odamning yuzi kimni eslatadi desam, Otelloning o`zi-ku!

— Qisqasi buni yuvishimiz kerak, — endi o`zi tashladi tomdan tarashani Otello aka!

— Nimani yuvishimiz kerak? — dedim tushunmay. Shu “yuvish”, degan so`zni talabaga aytish shartmi ayni paytda? Oshqozonni kiri qolmagan o`zi.

— Kitobchangni-da, — dedi Otello aka salobatli qarashlar bilan.

Xuddi “kerakmas”, desam, “Ro`molchang qani”, deya bo`g`ib qo`yadigandek tuyuldi Otello aka. O`qishdan tushlik qilmay kelaverdik, xayoliy og`ishlar shundan bo`lsa kerak.

— Kitobim chiqqaniga ikki yil bo`ldi, — deya oldim go`yo ko`p gapirsam oshqozonim og`zimdan chiqib ketadigandek bo`lib.

— Bilasanmi, ikkita she`r tanlovga qo`yilgan edi. Biri seniki, ikkinchisi ulug` shoir Siroj Narzullaniki. Men esa sening she`ringni tanlagandim. Siroj Narzulla “Kelib-kelib shu mishqining she`rini tanlaysizlarmi”, deb xafa bo`lib qoldi. Shuning uchun sen meni ustoz, deyaver. Roziligim bilan o`sasan hali, — dedi Otello aka!

— Ha, balki, — deya oldim xuddi oshqozonim gapirgandek.

Etasiga biror joyda kitobni “yuvish”ga kelishdik. “Yuvish” bo`lsa, “yuvish”-da, shunday inson taklif qilsa, rad etish yarashmas.

— Yaxshi joy tanlabmanmi, uyimning yonginasida, xarajat qilib uzoqlarga borish shartmi, dedim-da, — bu Otello akaning uyini topish uchun o`rtog`im bilan yaxshigina yo`lkira xarajat qilib kelganimizda aytilgan birinchi gap edi. Bizni uyimiz ham universitetga yaqin bo`lgani uchun talabalik chiptasini olmasdik.

— Ha, yaxshi joy, — deb qo`ydi o`rtog`im.

— “Bu-hu”, — bu odamning ko`tarib yurgani qorin emas, o`pka bo`lsa kerak. Yo`talishini qarang!

— Kelgunlaringizcha ovqat buyurtirdim. To`rttadan shashlik, bittadan somsa va ketidan bir kelo tovuq go`shti, — og`iz ko`pirtirib aytdi Otello aka.

Talabaga bu shohona taomlar jannatning bir kuni bilan tengdek ekan.

— Tur sen borib bir shisha aroq olib kel, — menga buyurdi ustoz Otello.

“Xo`p”, deb bardan so`rasam, aroq uchun avvaldan to`lov bo`larkan, ustozga bir qarab qo`ydimu, oxirida hisob-kitobni qilganida aytaman, deb olaverdim.

— Kitobchangni olib keldingmi, qani ber, — deya qo`liga ruchka olib kitobimga uzundan-uzoq tilak bita boshladi ustoz.

Keyin kitobimni buklab, aroqni piyolaga u orqali quya boshladi.

— Mana buni “yuvish”, deydi bildingmi uka? — dedi ustoz.

“Lekin kitobni rasvo qildi-da, o`zi kam nusxada chiqargandim”, dedi ichimdagi ovoz.

Sekin-sekin ilmoqli gaplarni tushunib borayotganimdan xursandman o`zimcha. Janobi Otello aka rosa ko`p rejissyorlik ishlarida qatnashganini aytib charchamasdi. Qoyil qolganimiz, orada ikki shisha aroqni o`zi ichib, bir quti segaritani tugatdi.

— “Bu-hu”, — gap boshlash oldi. — Endi turamiz yaxshi o`tirdik.

— Ha rahmat ustoz sizga, izzat qilib mehmonga chaqirdingiz, — dedim shoirona takalluf bilan.

— Ha, sen o`sadigan yigitsan. Bor hisob qilib chiq, — deya cho`ntagini kavlay boshladi ustoz.

Buncha buyurtmalar va salobatli ko`rinish bejizga emas ekan-da. “Men ham puldor bo`lsam mana shunday saxiylik qilib yuraman. Anchadan beri bunday ovqatlar emasdik”, o`zimcha o`yladim ustozning cho`ntagidan qo`lini chiqarishini kutib.

— Bora qol, ketamiz endi, — dedi Otello aka cho`ntagidan gugurtni olib sigaretini yoqarkan.

— E, pul-chi, — dedim.

— Kitobni yuvdik, ustozingning roziligini olish uchun kelding-ku, puling yo`qmi, — dedi Otello aka.

— Menda pul kam, qaytishimizga etadi, xolos, — dedim elka qisib kulgisini tiya olmayotgan o`rtog`imga qarab.

— E bu nimasi? — ustoz sherdek na`ra tortdi stolga urib. O`sha lahzada u shishalarni bo`shatishga qodir sherdek tuyuldi, xolos.

— Cho`ntagingizdagilarni chiqaringlar, sharmanda qildinglar-ku, qolganini hal qilib chiqaman, — dedi ustoz otsiz egarda o`tirgan havaskorga o`xshab va qo`limizdan uchta somsaga etadigan pulni olarkan, jahl bilan tamaddixona rahbarini qidirib ketdi.

Otello aka rahbarning xonasiga kirib, nimalarni gapirdi bilmadigu, “bu-hu”, degan ovoz kuchaygan va tezlashgan edi. “Qo`limizdan nima ham kelardi”, deb kutib turganimizda, raqqos aka ust-boshini to`g`irlab, “Hal qildim”, deya mag`rur yurib kelardi. Men esa yana bir ilmoqli so`z — “yuvish”ning ma`nosini shu paytgacha tushunmaganimdan afsuslanib tursam, beixtiyor Otello akaning qop-qora yuziga oqimtir bo`lib botgan barmoq izlariga ko`zim tushdi.

Demak, ustoz biz bilan shashlik, tovuq go`shti, somsagina emas, tamaddixona rahbarining nasiya evaziga “iltifotli” shapalog`ini ham tatib ko`rgan ko`rinadi.

— “Bu-hu”, pasportimni olib qolishdi, ertaga pul olib kelishni unutmanglar... — deya oldi “ustoz”.

Abdulaziz RUSTAM o`g`li
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: