Главная » Hikoyalar » "Hayotiy, va Tasirli "Xikoya
"Hayotiy, va Tasirli "Xikoya

"Hayotiy, va Tasirli "Xikoya

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: "Hayotiy, va Tasirli "Xikoya
  • Дата релиза: 24-01-16, 23:02
"Hayotiy, va Tasirli "Xikoya
Baland qavatli uylarning birida faqir bir oila yashardi. Er- xotin va 8 yoshli bolakay. Ota- ona kun böyi ishda, bolakay esa uyda yolg'iz o'tirardi. Bola har kuni soatlab oltinchi qavat derazasidan pastga - bolalar maydonchasida velosiped minib yurgan tengdoshlariga xavas bilan qarab o'tirardi. ўтирарди. U ham özining shunaqa velosipedi bölishini orzu qilardi. Lekin oilada bu orzuni amalga oshirish uchun na pul, na vaqt va hattoki bolaning orzusini eshitadigan kishi ham yöq edi. Bolakay oilasini velosiped sotib olish bilan qiynab qöyishini anglar, lekin uning bu orzusi juda kuchli edi. Bir kuni u onasining "Xudo mehribon, chin dildan nimaiki sörasang albatta beradi" degan sözlarini esladi. Qog'oz, ruchka olib, qog'ozlarni yuzlab, minglab bölaklarga böldi va har bir qog'oz parchasiga: "Ey Хudoyim, menga velosiped ber" deb yozib chiqdi. Bolakay o'zining chin qalbdan tilagan orzusi yozilgan qog'oz parchalarini oltinchi qavat derazasidan bir- bir tashqariga socha boshladi. U "Хudoga qog'ozlarimning biri bölmasa biri albatta yetib boradi va Xudoning menga rahmi kelib menga velosiped yuboradi" deb qalbdan ishonardi. Kunlar o'tib borar, bola har kuni qog'ozchalarni derazadan sochardi. Uning hayoli faqat shu ishda bölib qolgandi. Qog'ozlar tugasa yangisiga yozishni boshlardi, darslik daftarlargacha sarf qildi. Bolakay boshqa hamma narsani unutib, telbalarcha qog'ozlarni yirtar, yozar va derazadan uloqtirardi. Bazan qog'ozlarga ruchka siyohiga bolakayning qop-qora ko'zlaridan tomchilayotgan yoshlar qo'shilib ketardi. Kunlar o'taverardi, bolakay har kuni tongda "Bugun Xudoga qog'ozim yetib boradi" degan umid bilan yangi ruhda ishini boshlardi. Va nihoyat bir kuni eshik taqilladi. Ochsa, 45 yoshlardagi chiroyli kiyingan bir erkak kishi qölida bola chin dildan erishishni istagan, har kuni tushida körib chiqadigan velosiped bilan turardi. Kishining ko'zlarida allaqanday mungli jilmayish zohir edi. U yengil xo'rsinib velosipedni bolaga uzatdi. "Qog'ozing Xudoga yetib bordi, o'g'lim, bu senga, maza qilib min..." Bolakay nima deyishini bilmasdi. Kishi zina tomon yurib ketarkan ortiga o'girildi, uning yuziga bir tomchi yosh dumaladi. U bolakayga yuzlandi: "Endi Xudodan, bir martagina shu velosipedni olib kelgan amakiga ham farzand ber deb so'ragin, xöpmi..."

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: