Главная » Hikoyalar » ​Ibratli hikoya: Ajrashishdan voz kechtirgan so`z
​Ibratli hikoya: Ajrashishdan voz kechtirgan so`z

​Ibratli hikoya: Ajrashishdan voz kechtirgan so`z

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: ​Ibratli hikoya: Ajrashishdan voz kechtirgan so`z
  • Дата релиза: 16-10-18, 22:17
​Ibratli hikoya: Ajrashishdan voz kechtirgan so`z
So`nggi paytlar u ayoli bilan hech yaxshi chiqisholmasdi. Uyda har kuni arzimagan sabablar bilan tortishuv bo`lardi. Bulardan bezor bo`lgan er ajrashishni istardi. Oiladagi notinchlik tufayli qudalarning ham orasiga sovuqchilik tushgandi.

Er bir kuni parishon holda maslahat so`rash uchun ko`pni ko`rgan, odamlarning hurmatini qozongan bir zotning oldiga borib, ahvolini aytdi. U zot:

— Endi ajrashsang ham hech nimani o`zgartirolmaysan. Bir oy umring qolibdi, nima qilsang qil, debdi.
Bu gapni eshitgan er dahshatga tushib, rangi oqargan holda chiqib ketibdi.
Yo`lda uchragan tanishlaridan rozi-rizolik so`ray boshlabdi. Uyiga qaytib, “Xotin, shuncha payt seni xafa qildim, yaxshi er bo`lolmadim, haqqinga rioya qilmadim. Meni kechir, mendan rozi bo`l”, debdi.
Xotini, “tavba, bu odamga nima bo`ldi?” deb unga rahmi kelib:

— Dadasi, aslida, siz rozi bo`ling, men doim beodoblik qildim, sizni ko`p ranjitdim, debdi.
Ikkovining ham qalbi yumshab ko`zlari yoshlanibdi..
Keyin er xafalashgan qaynotasinikiga boradi. Ulardan ham yig`lab rozilik so`raydi. Xotini ham qaynonasidan kechirim so`raydi. Endi uyda har kun totuv yashardilar va bir-birlarini hech ranjitmasdilar...
Lekin u kishi xotiniga muhtaram zotning aytganlari haqida hech narsa demabdi. Bir oy to`lishini sanay boshlabdi. Kunlar yaqinlashgani sayin yaxshiliklari ortar, kechalari ibodat qilardi.
Uning yaxshi ishlari ko`paygani sari xotinining ham munosabatlari iliqlashib, totuvlik ortib borardi.
Bir oy o`tadi. Ha, bugun o`laman, debdi erkak. Ertaga esa...
Lekin o`lmabdi. “Aniq bir oy demadi, bir oy atrofida, dedi. Balki bir necha kun hali bordir”, deb o`ylabdi.
Axiyri, u zotning oldiga borib so`rabdi:
— Afandim, men o`lmadim.
— O`lish nimasi? – debdi u zot.
— Siz bir oycha umring qoldi, degandingiz, bir oy o`tdi.
U zot esa:
— Birodar, men sening qachon o`lishingni bilmayman, lekin shuni bilamanki, o`lim haq, bir kun, albatta, o`lasan, o`lamiz. O`ladigan odam janjal, nizo bilan hayotini zaharlamaydi. Hozirgi hayotingdan xursandmisan?
— Ha, hech tortishmayapmiz.
— Mana endi doim shunday yashanglar!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: