Iffat…
- Категории: Hikoyalar
- Название: Iffat…
- Дата релиза: 27-06-14, 12:49
Do‘stimizning nikoh to‘yi
munosabati bilan uzoq tog‘li
qishloqlardan biriga yo‘l oldik…
Borgan kunimizning o‘zida o‘z-
o‘zimizga to‘yni boshlab
yuborgan bo‘lishimizga
qaramasdan, baribir uch-to‘rt
kun o‘sha yerda bo‘lishimizga
to‘g‘ri kelardi.
Ex… Garchi hamma narsa to‘la-
to‘kis, do‘stlar hammasi jamul-
jam, toza havo, dam olish,
hursandchilik avjida bo‘lishiga
qaramasdan, shugina sanoqli
kunlarda sevgilimni juda-juda
sog‘inishimni o‘ylasam yuragim
orqaga tortib ketardi…
Aksiga olib u yerlarda telefon
qurg‘ur to‘lqinlarni ham
ushlamas ekan. Na bir qo‘ng‘iroq,
na ishqdan mastona SMS lar
jo‘nata olmasam… Hech
bo‘lmaganda internet ham
ishlamaydi.
Sog‘inardim… Sevgilimni
kulgularini, hazillarini, uni juda
ham ko‘rgim kelardi…
Sog‘inardim… U bilan qo‘l
ushlashib bog‘ aylanishni, kun
botar mahal anhor bo‘yida
yelkasidan quchib, xuddi
sovuqdan bir-birini asrayotgan
musichalardek o‘tirishni
sog‘inardim…
Uning mayin, nafis sochlarini
silagim, g‘uncha lablaridan qayta-
qayta bo‘sa olgim kelardi…
Uni shunchalik sevganimdan, u
ham meni sevishidan shunchalar
baxtiyor edimki; xatto sevgi-sevgi
deb, yoshlik-erkalik deb
qilayotgan sho‘xliklarimizmi,
to‘g‘riroq aytganda
bexayoliklarimizmi hech, hech
biri hayolimga ham kelmasdi…
Toki… Toki, o‘sha to‘y kunida yuz
bergan voqeagacha…
To’y tugar mahal, yonimga bir
o’rta yoshli ayol keldi-da, qo’limga
bir tugunchani tutqazib:
– O‘g‘lim shu kampirni uyigacha
kuzatib qo‘ying. O‘zlari narigi
mahallada turadilar, qorong‘uda
ko‘zlari o‘tmay, u-bu yerda
to‘qishib yurmasinlar tag‘in. Yosh
bolalar hammasi ko‘chada o‘ynab
yurishibdimi, hech kimni topa
olmadim, dedilar.
Ho‘p bo‘ladi-da, dedim-u qari
onaxonni oldilariga borib:
– Buvijon yuring, uyingizga
kuzatib qo‘yaman, dedim.
Ozroq yurganimizdan so‘ng
odatiy past-baland, mayda
toshlarga boy qishloq ko‘chasiga
kirdik, shunda men:
– Buvijon, keling qo‘lingizdan
qo‘ltiqlab olaman, deb qo‘llaridan
endi tutaman deganimda:
– To‘xta! Mana yengimdan tut,
deb kampir meni urishdi…
O‘shanda shunaqa kulgim keldiki.
Zo‘rg‘a o‘zimni tiyib qoldim.
Rostda, u kishi qari bir kampir,
men esa nevaralari tenggi yigit
bo‘lsam…
To‘yni ham tugatdik. Uyga
qaytaman, sevgilimni ko‘raman…
U bilan oxirgi kunlarda hech
xabarlashmaganimiz uchun
qaytishimni kutilmagan
uchrashuv bilan uyishtirmoqchi
edim.
Kelishimiz kun botar paytga
yaqin bo‘lgani sababli u
yashaydigan joyga qop-qora
tunda yetib bordim. Uning
mahallasi tomonga qayrilishda
chiroq yorug‘lari ostida o‘tirib
gaplashish uchun qulay
kichikkina joy bor edi. U bilan bu
yerda juda ko‘p marta o‘tirib
gaplashganmiz.
Hayolimdan shularni o‘tkazib,
o‘sha tomonga nigohimni
burganimda qulog‘imga tanish
kulgu ovozi eshitildi…
Sekin borib qaradim. Ha, afsuski,
bu o‘sha men ko‘rishni orziqib
kutgan sevgilim. Lekin, boshqa
bir yigit bilan…
Balki, shunchaki tanishi yoki
qarindoshidir, deb o‘ylab,
o‘zimga tasalli berardim-u baribir
borib, o‘z ko‘zlarim bilan
ko‘rmaguncha ishonchim komil
bo‘lmasdi.
Ular yo‘lga teskari o‘tirishgani
uchun ularga yaqinlashganimni
payqashmadi. Tanish kulgu,
tanish ovozlar, tanish
erkalanishlar-u, tanish sevgi
izhorlari…
Nahot shu uch kunginada
shuncha o‘zgardimi yoki u doim
shunaqa edimi!? Ko‘zlarim
ko‘rmidi!?
Qadam tovushimni eshitib ikalasi
ham ortiga o‘girildi. Daxshat…
Hech narsa demadim,
indamadim; alvido iffatsiz
sevgilim…
Iffat… Shunchalik ham bo‘ladimi
nomussizlik!? Xuddi, avval
bo‘lgandek, avval bormidi shu
qizda o‘sha iffat!?
Tog‘li qishloqdagi kampir bilan
bo‘lgan voqeani esladim…
munosabati bilan uzoq tog‘li
qishloqlardan biriga yo‘l oldik…
Borgan kunimizning o‘zida o‘z-
o‘zimizga to‘yni boshlab
yuborgan bo‘lishimizga
qaramasdan, baribir uch-to‘rt
kun o‘sha yerda bo‘lishimizga
to‘g‘ri kelardi.
Ex… Garchi hamma narsa to‘la-
to‘kis, do‘stlar hammasi jamul-
jam, toza havo, dam olish,
hursandchilik avjida bo‘lishiga
qaramasdan, shugina sanoqli
kunlarda sevgilimni juda-juda
sog‘inishimni o‘ylasam yuragim
orqaga tortib ketardi…
Aksiga olib u yerlarda telefon
qurg‘ur to‘lqinlarni ham
ushlamas ekan. Na bir qo‘ng‘iroq,
na ishqdan mastona SMS lar
jo‘nata olmasam… Hech
bo‘lmaganda internet ham
ishlamaydi.
Sog‘inardim… Sevgilimni
kulgularini, hazillarini, uni juda
ham ko‘rgim kelardi…
Sog‘inardim… U bilan qo‘l
ushlashib bog‘ aylanishni, kun
botar mahal anhor bo‘yida
yelkasidan quchib, xuddi
sovuqdan bir-birini asrayotgan
musichalardek o‘tirishni
sog‘inardim…
Uning mayin, nafis sochlarini
silagim, g‘uncha lablaridan qayta-
qayta bo‘sa olgim kelardi…
Uni shunchalik sevganimdan, u
ham meni sevishidan shunchalar
baxtiyor edimki; xatto sevgi-sevgi
deb, yoshlik-erkalik deb
qilayotgan sho‘xliklarimizmi,
to‘g‘riroq aytganda
bexayoliklarimizmi hech, hech
biri hayolimga ham kelmasdi…
Toki… Toki, o‘sha to‘y kunida yuz
bergan voqeagacha…
To’y tugar mahal, yonimga bir
o’rta yoshli ayol keldi-da, qo’limga
bir tugunchani tutqazib:
– O‘g‘lim shu kampirni uyigacha
kuzatib qo‘ying. O‘zlari narigi
mahallada turadilar, qorong‘uda
ko‘zlari o‘tmay, u-bu yerda
to‘qishib yurmasinlar tag‘in. Yosh
bolalar hammasi ko‘chada o‘ynab
yurishibdimi, hech kimni topa
olmadim, dedilar.
Ho‘p bo‘ladi-da, dedim-u qari
onaxonni oldilariga borib:
– Buvijon yuring, uyingizga
kuzatib qo‘yaman, dedim.
Ozroq yurganimizdan so‘ng
odatiy past-baland, mayda
toshlarga boy qishloq ko‘chasiga
kirdik, shunda men:
– Buvijon, keling qo‘lingizdan
qo‘ltiqlab olaman, deb qo‘llaridan
endi tutaman deganimda:
– To‘xta! Mana yengimdan tut,
deb kampir meni urishdi…
O‘shanda shunaqa kulgim keldiki.
Zo‘rg‘a o‘zimni tiyib qoldim.
Rostda, u kishi qari bir kampir,
men esa nevaralari tenggi yigit
bo‘lsam…
To‘yni ham tugatdik. Uyga
qaytaman, sevgilimni ko‘raman…
U bilan oxirgi kunlarda hech
xabarlashmaganimiz uchun
qaytishimni kutilmagan
uchrashuv bilan uyishtirmoqchi
edim.
Kelishimiz kun botar paytga
yaqin bo‘lgani sababli u
yashaydigan joyga qop-qora
tunda yetib bordim. Uning
mahallasi tomonga qayrilishda
chiroq yorug‘lari ostida o‘tirib
gaplashish uchun qulay
kichikkina joy bor edi. U bilan bu
yerda juda ko‘p marta o‘tirib
gaplashganmiz.
Hayolimdan shularni o‘tkazib,
o‘sha tomonga nigohimni
burganimda qulog‘imga tanish
kulgu ovozi eshitildi…
Sekin borib qaradim. Ha, afsuski,
bu o‘sha men ko‘rishni orziqib
kutgan sevgilim. Lekin, boshqa
bir yigit bilan…
Balki, shunchaki tanishi yoki
qarindoshidir, deb o‘ylab,
o‘zimga tasalli berardim-u baribir
borib, o‘z ko‘zlarim bilan
ko‘rmaguncha ishonchim komil
bo‘lmasdi.
Ular yo‘lga teskari o‘tirishgani
uchun ularga yaqinlashganimni
payqashmadi. Tanish kulgu,
tanish ovozlar, tanish
erkalanishlar-u, tanish sevgi
izhorlari…
Nahot shu uch kunginada
shuncha o‘zgardimi yoki u doim
shunaqa edimi!? Ko‘zlarim
ko‘rmidi!?
Qadam tovushimni eshitib ikalasi
ham ortiga o‘girildi. Daxshat…
Hech narsa demadim,
indamadim; alvido iffatsiz
sevgilim…
Iffat… Shunchalik ham bo‘ladimi
nomussizlik!? Xuddi, avval
bo‘lgandek, avval bormidi shu
qizda o‘sha iffat!?
Tog‘li qishloqdagi kampir bilan
bo‘lgan voqeani esladim…
Смс Шерлар