Главная » Hikoyalar » Iftorlikkacha... (​Hayotiy voqea)
Iftorlikkacha... (​Hayotiy voqea)

Iftorlikkacha... (​Hayotiy voqea)

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Iftorlikkacha... (​Hayotiy voqea)
  • Дата релиза: 30-05-17, 10:33
Iftorlikkacha... (​Hayotiy voqea)
Beixtiyor tamshandi. Tili tanglayiga zulukdek yopishib, harakatsiz to`xtadi. Labini yalamoqchi bo`lgandi, og`ziga quruq, dag`al, qog`ozdek shiqirlagan narsa ilindi. Yutingandi, dimog`ida ham namlik sezmadi.

«Kun bo`yi quyoshda yurdim, — o`yladi u go`sht bozoriga umid bilan kirayotganida. — Tinkam qurib ketganga o`xshaydi. Tik oyoqda yuraversang, charchaganingni sezmaysan, lekin hozir birpas o`tirsang bormi, tanangni jon tark etayotgandek shalvirab qolasan...»

U har kuni ro`zg`orning yugur-yuguri bilan hali bozorga keladi, hali tomorqaga kiradi, hali o`choq-tandirning atrofida kuymalanadi. Bugun ham saharlikdan keyin tomorqadagi sabzining bir jo`yagini begona o`tlardan tozaladi. Keyin gullab-gurkirab yotgan kartoshkalarining tagini kavlab, ikki sumka terib oldi. Bozorga olib boradi. Harna bir-ikki so`m-da. Ikki sumkani ko`tarib uy tomon kelayotgandi, katta o`g`li boshini qashib chiqib keldi.

Turdilaringmi, bolam? — dedi u bo`yi ancha cho`zilib, elkalari ham kengayib, otasining kelbatini ola boshlagan o`g`lidan ko`z uzmay.
Nimalar qilib yuribsiz? Uyg`otmaysizmi, o`zim terib berardim, — norozi to`ng`iladi o`g`li.
Opangning hasip egisi kelibdi. Bozorga so`ppayib bormay, dedim. Sotsam pul.
Opam kelarmikan?
Ha. Kechga tomon kelib, yotib ketarkan. Birinchi marta bemalol kelishi. «Nima pishirib qo`yay desam», «hasip» dedi. Bolam bechora erta-indin tug`adi. Har nima tusaydi-da ko`ngli.
Ertaroq uyg`otmabsiz-da! Pomidorlarga suv qo`yishim kerak edi, — dedi o`g`li tomorqa tomon yurarkan.
Menam bir kirsam, chiqolmay qolaman. Sabzini «o`toq» qilib qolib ketdim. Singling turdimi?
Uxlayapti...
Qayoqqa oyi? — uyqusi o`chmagan ko`zlarini ishqalab so`radi qizi.
Bugun opang keladi. Yotib ketadi. Bozorga borib kelay. Hasiplik go`sht olishim kerak.
Hasip qilasizmi? — ko`zlari porlab ketdi qizchaning.
Ketdingizmi, oyi? — ortidan qizining ovozi keldi.
Ha. Choy qilib, akangni chaqir. Tomorqada och-nahor ishlayvermasin! Uylarni yig`ishtirib qo`y, opang keladi, dedim-a! Tushlikka yangi kartoshkadan qovurib eya qolinglar!
Sizam kartoshka olib keldingizmi? Butun dunyoni kartoshka bosib ketganmi, tavba? Nariroq turing, o`zi bir soatdan buyon sotolmay yotibman, — shang`illay ketdi yonidagi ayol.
Ishqilib sotay-da! Uyga qaytarib olib ketmay... — ming`irlab qo`ydi o`zicha.
Og`zim qurib ketdi-ya! Ishqilib, iftorlikkacha eson-omon etib olaylik... — deb qo`ydi u yonidagi ayolga.
Yur tez-tez! — ularning yoniga qo`lida chaqaloq ko`targan yoshgina kelin keldi. — Rahmat xola. Qo`yvoring, o`zi yuradi.
Yuring oy-i-i, — yalingan ovoz keldi naridan.
Uch bola bilan issiqda nima qilib yuribsiz? Yana hammasi kichkina ekan?
Otamning qon bosimi chiqib ketibdi. Shunga shoshib ketayotgandim. Buni ko`rmaysizmi, oyog`i chalkashib yiqilgani-yiqilgan.
Kichkina ekan-da! Katta odamlar chidolmayapti-ku issiqqa! — dedi jajji qizaloqni bag`ridan qo`ymay o`rnidan turarkan. — Qaysi tomonga yurasiz? Qo`yishib kelay...
Katta bekatga borishim kerak...
Rahmat, xola. Uyg`oting uni. Sizni ham ovora qildik.
Juda shirin uxlayapti. Qaysi taksiga o`tirasiz, birorta odamning qo`liga beramiz, — dedi ayol go`dakka achinib.
Tongda bo`ladi, kalla go`sht. Bu issiqda uni saqlab bo`ladimi? Eng oxirini yarim soatcha avval sotishdi-yov! — deyishdi hammasi.
Hasiplik go`shtni qaerdan topsam bo`ladi? — deya bozorda zir yugurdi.
Oyim keldi, — degan ovozdan so`ng xushi o`ziga qaytdi.
Opang keldimi? — dedi u kichkina qiziga qararkan.
Yo`q hali. Qo`shnimiz Gulnora opa bir dunyo go`sht tashlab ketdi. Boqayotgan ho`kizlarini so`yishibdi. «Sizlarning ham haqingiz bor. Oyingiz tomorqalaringizdan rosa o`t yulib tashlardi», dedi.
Mana oyi...
Voy, hasiplik go`sht-ku! — ayolning ko`zlari chaqnab ketdi. Qara, atay hasip qilishsin, deb beribdi-da Gulnora. Xudoyimdan aylanay, uyga go`sht kelganini bilib, menga kelinchakni ro`baro` qilgan ekan-da!
U ikki sumkani eshik oldiga qo`ydi-da, shirin uxlab yotgan kichkina qizini uyg`otdi. Keyin kiyinib chiqdi.

«Hammasi rahmatli otasiga o`xshab, hasipni yaxshi ko`radi. Tirik bo`lganida hozir uyam quvongan bo`lardi... — uyladi u. — Ha mayli, peshanasida bor ekan, qirq yoshning ustida ketish. Bolaligida sariq bo`lgan ekan. Og`ir mehnat ko`p qildi, aroq ichdi. Jigari ishdan chiqqanini sezmay ham qoldi. To`rt yildan oshibdi shunga ham...»

U o`zini ancha tutib olganini o`ylab, Xudoga shukr qildi. Harqalay, qiz chiqardi, o`g`li kollejda o`qiyapti. Kichkina qizi ham hademay maktabni bitiradi. Bir oyga qolmay, nevara ko`radi...

Xayol bilan uydan chiqib, ikki sumkadagi kartoshni ko`tarib, yo`lga tushdi.

Ramazon oyi bo`lishiga qaramay bozor gavjum. Nisholdayu xurmoning ko`pligi ro`za boshlanganini aytib turibdi.

«Kartoshkamni yaxshi pulga sotsam, bir qutigina xurmo ham olvolaman. Xurmo bilan og`iz ochish juda savobli emish. Nisholda ham olsammikan? Bolalarim erdi-da! «Katta qizim ham eb ketarmidi? Yaxshisi, nisholda olaman! Xurmoni boshqa safar olarman...»

U bolalarining og`zi tegishini o`ylab, ko`p narsa olishni diliga tugdi. Dehqon bozorining chetrog`iga o`tib, kartoshkasini oldiga qo`ydi.

Shundagina u atrofga nazar tashladi. Rostdan ham kartoshka sotayotganlar ko`p edi. U buni bir soat o`tib ham bir kilo sota olmaganida yanayam chuqur his qildi.

Quyosh erga uzangan nurlari orqali bor namlik, salqin havoni tortib olayotgandek edi. Shu darajada issiq va dim bo`ldiki, uning nafasi qayta boshladi. Og`zini namlash uchun tamshanay desa, tili harakatlanmasdi.

Bir soat o`tib, niyati o`zgardi: «Ishqilib, sota olay. Hasiplik go`shtlar tugab ketmasa, edi...»

Bandaning aytgani bo`larmidi? Tushdan keyin zo`rg`a ikkinchi sumkasi yarim bo`ldi. Qolgan uch-to`rt kilo kartoshka ko`ziga balodek ko`rina boshladi. Sillasi ham quridi, issiqda o`tiraverib. U oxiri qolgan kartoshkani qaytarib olib ketishga qaror qildi. Nima bo`pti, uyda eyilib ketadi-ku!

U sumkasini yig`di-da, o`rnidan qo`zg`aldi. Boradi-yu, go`shtni olib uyga jo`naydi. Hali go`shtni yuvib-chayib qozonga osgunicha ham gap ko`p. Kech bo`lib ketmasa bo`ldi. Qizining kelishiga tayyor bo`lsa, zo`r bo`lardi-yu, qani unga vaqt?

Ayol qadamini tezlatdi. Go`sht bozori tomonga endi burilmoqchi edi, bolaning chinqirib yig`lagani eshitildi. Undan sal narida bir yarim yasharcha qizaloq qaynoq asfaltga yiqilib, kuyayotgan qo`l-oyoqlarini tipirchilatib baqirardi. U jon holatda go`dak tomon otildi. Erdan ko`tarib oldi-yu, bag`riga bosdi. Sho`rlik qizaloqcha terga botgan, yuzlari bo`g`riqib ketgan, behuzur bo`lib ham yig`idan o`zini tiyolmasdi.

Kelinchak chaqalog`ini bag`riga mahkam bosgan, bilagidan sumkasi ham osilib turardi.

Ayol bo`ynini cho`zib qarab, uch yoshcha keladigan qizchani ko`rdi. Uyam qo`lida elim paket ko`tarib olgandi.

Ayol yo`lni chamalab ichini urib qo`ydi. Chunki etti yuz-sakkiz yuz metrcha narida. Bozorni aylanib chiqib, ko`prikdan o`tib, yana picha yurish kerak. U sumkasini elkasiga amallab o`tkazdi-da, qizaloqni mahkamroq tutdi. Uch yashar qizaloqqa ham rahmi keldi-yu, nachora. Ozgina yurar-yurmas qo`lidagi qizcha uxlab qoldi. Endi ayol qo`li toliqqanida uni erga qo`ya olmasdi ham. Qadamini tezlatay desa, kelinchak ham, o`zi ham uch yashar qizaloqning odimi bilan hisoblashib kelayapti.

U charchaganini sezdi. Madori quridi. Tili butkul tanglayiga yopishdi.

«Iftorlikkacha sabr ber, Xudoyim!»

Joni halqumiga kelib, bekatga etdi. O`rindiqqa cho`karkan, qo`llari hech narsani sezmayotganini his qildi. Uch kilodan ortiqroq kartoshka, qizcha va tashnalik tinkasini quritgandi.

So`ng aytganini qilib, bolani taksida o`tirgan yosh yigitning qo`liga tutqazdi-da, kelinchak bilan xayrlashdi.

«Shuncha yo`lga orqaga qaytaman, endi. Mayli og`rinmay, savob-ku! Jonim qolmadi lekin. Yiqilib tushmasam edi...»

U suvsizlikdan lablarining ham yorilib ketganini sezdi. Shosha-pisha go`sht bozorga kirarkan, hiddan ko`ngli ag`darildi. Tishini tishiga bosib atrofga alangladi. Izlagani yo`q! Qassoblardan surishtirdi.

Ayol bor-budidan ayrilgan kishidek shalvirab qoldi.

«Qizimga nima deyman? Oyim hasip pishirib o`tiribdi, deya tomog`i tushib kelayotgandir?»

Ayolning madorsizligi ham, chanqagani, ro`zadorligi ham unut bo`ldi.

Natija yo`q. Ichidan nimadir uzilgandek bo`ldi. Yig`lab yuboray dedi. Sudralib, parishon holda bozordan chiqdi. Oladigan boshqa narsalarni ham esdan chiqaribdi. Uyga qanday kelganini ham bilmaydi.

Ayol qo`lidagi sumkani «to`p» etkazib bir chetga tashladi-da, uyga kirdi. Qizi elim tog`oracha xom go`sht ko`tarib keldi.

U horg`inligini ham, tashnaligini ham unutdi. Vujudi kuchga to`lib, hasip pishirishga kirishdi. «Nisholdami, xurmomi olish ham esimga kelmabdi-ya», deb ichini urgan bo`lsa-da, dimog`i chog` edi...

KAMINA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: