Ishonch qo'ng'irog'i
- Категории: Hikoyalar
- Название: Ishonch qo'ng'irog'i
- Дата релиза: 26-06-14, 12:36
Hamma narsa avtobus
bekatidagi
ustunlardan biriga
yelim bilan
yopishtirilgan kaftdek
qogʻozga bitilgan
e’londan boshlandi.
* * *
Qoʻngʻiroqning
baland, shiddatli ovozi
sukunatni parchalab,
xonani toʻldirib
yubordi. Navbatchi
hushyor tortib, darhol
goʻshakni oldi, oʻz
harbiy darajasi, ismi
sharifini aytib,
«Ishonch
qoʻngʻirogʻi»
eshitishga tayyor
ekanligini bildirdi.
— Xoʻp, xoʻp!
Shoshilmang!
Hayajonlanmang,
iltimos. Avval
oʻzingizni tanishtiring.
Kimsiz, qaerdan
gapirayapsiz? —
Navbatchi bosiqlik va
salobat bilan gapirar
ekan, qoʻliga qalam
olib, ustol ustidagi
katta va qalin daftarni
oldiga tortdi. — Xoʻp
yaxshi! Davom eting!
Ma’qul! Yana bir
qaytaring! Yaxshi. Endi
telefoningiz raqamini
dona-dona qilib
ayting! Demak... —
Navbatchi daftarga
qayd etgan raqamlarni
bir-bir takrorlab dedi:
— Shundaymi?
Tushundim! Sim
qoqqaningiz uchun
rahmat!
Navbatchi yozganlarini
bir daf’a koʻzdan
kechirib, sherigiga
boshliq huzuriga
kirishini aytdi va
qomatini tiklagancha,
kiyimlarini tekislagan
boʻlib, toʻrdagi xona
eshigini chertdi.
Navbatchi yetkazgan
xabar Boshliqni biroz
esankiratib qoʻydi.
Qayd daftarini qoʻliga
olib, biroz tikilib qoldi.
Bir qarorga kelgach,
telefon goʻshagini
koʻtarib, kimgadir bor
gapni loʻnda qilib
yetkazdi. Soʻng
Boshliq goʻshakni
qoʻyib, navbatchiga
yuzlandi:
— Qodirovni
chaqiring! Latifovga
yetkazing — odamlari
asboblari bilan shay
boʻlib tursin!
Kapitan Qodirov
xonaga kirishga
ulgurmagan ham
ediki:
— Zudtar tezkor
guruh tuzing! Hamma
oʻq oʻtmas nimcha
kiysin! Olti daqiqadan
soʻng yoʻlga
tushamiz. Bajaring! —
dedi Boshliq qat’iy
ohangda.
Kapitan Qodirov chiqib
ketgach, Boshliq
tuman hokimligiga
sim qoqdi. Qaysidir
mahalla oqsoqolining
ismi-sharifini,
manzilgohini, uy
telefoni raqamlarini
surishtirib, yozib oldi.
Shu zahoti mahalla
oqsoqolining uyiga
sim qoqdi.
— ...Biz tez orada yetib
boramiz. Kotibingiz
bilan hech qaerga
ketmay turing!
Boshliq goʻshakni
qoʻyib, javondan oʻq
oʻtmas nimchani oldi-
da, qaytadan kiyindi va
zudlik bilan xonadan
chiqdi. Ikki tezkor
guruh moshinalarda
uni kutib turgan edi.
* * *
Sohib osmonoʻpar
binoning uchinchi
qavatida joylashgan
ikki xonada qariyb oʻn
yilcha yashadi. Avvalgi
otameros hovlilari
yoʻlga tushib,
buzilganidan keyin
shu uyga koʻchib
oʻtishgan edi. U ana
shu yangi uyda
Shukronaga uylandi,
bir oʻgʻil va bir qiz
koʻrdi.
Mevali daraxtlar soya-
salqin solib, anvoyi
gullar bezagan
hayhotdek hovlida
voyaga yetgan
Shukrona ham bu
choqqina xonalarga
asta-sekin koʻnikib
ketdi. Faqat oʻgʻli va
uning ortidan qizi
maktabga chiqqach,
Sohib ham, Shukrona
ham qulay shart-
sharoit haqida oʻylay
boshlashdi. Ammo
hovli sotib olish
shunchaki xomxayol
ekanini yaxshi
tushunishgan er ham,
xotin ham dardlarini
ichlariga yutishgandi...
Kunlarning birida
avtobus kutib turgan
Sohib bekat
ustunlariga tartibsiz
yopishtirilgan turli
e’lon qogʻozlarining
ichidan «hovlimni
shahar markazidagi
koʻp qavatli bino
xonadoniga oʻzaro
kelishuvga koʻra
almashtiraman»
mazmunidagi qizil
siyohda bitilgan
e’lonni koʻrib qoldi.
Shundan buyon e’lon
qogʻozlarini bitta
qoʻymay, e’tibor bilan
oʻqiydigan boʻldi. U
nima uchundir qoʻlda
odmigina qilib
yozilganlariga
umidvorlik bilan
qarardi. Yigirma-oʻttiz
kun ichida sakkiz-oʻn
almashtiruvchining
manzilgohlari va uy
telefonlarining
raqamlari yon
daftardan oʻrin oldi.
Ulardan faqat
uchtasinigina qizil
qalam bilan doira
ichiga olib, tagiga
chizib qoʻydi... Sohib
koʻnglida tugʻilgan
ilinj, umid
uchqunlariga aylandi,
bir necha hafta
oʻtgach esa bu
uchqunlar alangalandi.
Faqat shundagina
Sohib Shukronaga
yorilish, oʻz orzu-
rejalarini ayon qilish
mavridi yetdi, degan
toʻxtamga keldi.
Shanba kunlarining
birida, nonushtadan
keyin:
— Tunov kuni
oʻzimizning bekatda
koʻpqavatli binodagi
xonadonga hovli
almashtiraman, degan
yozuvni tasodifan
oʻqib qoldim, — dedi
u. — Albatta, ustiga
pul-mul ham soʻrasa
kerak. Negaki, «oʻzaro
kelishuvga koʻra», deb
ilova qilingan.
Xotinidan rozilik olish
maqsadida ataylab
beparvo ohangda
aytilgan bu gaplar
darhol jiddiy tus oldi.
Ma’lum boʻldiki,
Shukrona anchadan
buyon xuddi shu
haqda oʻylab yurgan,
ammo oʻzi gap
ochishga yuragi dov
bermay qulay fursatni
kutgan. Shukrona bu
gap-soʻzdan
hayajonlanib ketdi.
Uning hasrat aralash
orzu daftari ochildi,
piyoladagi choyini
ichishdan toʻxtab,
dasturxonni qayirib
qoʻydi. Dardi ichida
ekan. Ikki kichik
xonada bundan buyon
yashash qiyin ekanini,
bolalarining katta
boʻlayotganini yonib-
pishib gapirdi.
— Bilaman, bu ish
osonlikcha bitmaydi.
Xonalarimiz ustiga
kattagina pul ham
talab qilishadi. Bir-ikki
yil qiynalamiz, bularga
aqlim yetadi. Ammo-
lekin, orqasi rohat
boʻladi, chinakamiga
uyli-joyli boʻlamiz.
Sohib oʻsha shanba
kuni koʻnglini xira
qilayotgan
shubhalardan forigʻ
boʻlib, qat’iy qarorga
keldi. Xonalarni
hovliga
almashtiradigan,
yaqinlardan qarz
koʻtaradigan er ham,
xotin ham chor-
atrofdan uy
daraklaydigan
boʻlishdi. Sohib
aniqlagan hovli egalari
bilan oʻsha
shanbadayoq
muzokaralarni
boshlab yuborishdi...
* * *
Sohib va
Shukronaning koʻp
yillik orzulari ushalib,
hovli-joyli boʻlishdi.
Koʻchib kelganlaridan
keyin uch-toʻrt oy eru
xotin ancha qarovsiz
holga tushib qolgan
katta hovlini
tuzatishga kirishdi. Bir
vaqtlar mehr va
hafsala bilan qurilgan
katta-kichik oʻchoqlar
buzila boshlagan,
chamasi, uch-toʻrt yil
ichida na oʻchoqqa,
na tandirga oʻt
qalangani
shundoqqina koʻzga
tashlanib turardi.
Sohib somonli loy
qorib, oʻchogʻu
tandirlarni yamab
epaqaga keltirdi. U
yumushlarga berilib
urinarkan, qulogʻiga
bir boʻgʻiq tovush
eshitildi. Qulogʻini
ding qilgancha Sohib
bir necha soniya
nafasini ichiga yutib
turdi. Ammo tovush
oʻchmadigina emas,
balki sukunatda
«gʻiyq-gʻaqq», «gʻiyq-
gʻaqq» degan sas
muntazam
eshitilaverdi.
Sohib hayratlanib,
yuragi uvishgandek
boʻldi. Shukronaga
ham eshitilarmikan,
degan oʻyda bahona
bilan xotinini chaqirdi:
— Bu pachoq
paqirlarni axlat
moshinasiga tashlab
yuborsam nima
deysan?
Shukrona oshxonaga
kirib burchakka
yaqinlashdi, paqirlarga
bir-bir razm soldi.
Lekin oʻsha
burchakdan
chiqayotgan tovush
haqida hech narsa
demadi. Demak, unga
hech qanday sas
eshitilmagan.
Endi Sohib hovlini
saranjomlashga oʻtdi.
Qurigan darxtlarni
qoʻporib, shox-
shabbalarni
arralashga ham uch-
toʻrt hafta ketdi.
Ayniqsa, olmaga
chirmashib ketgan tok
zangi uni qiynadi.
Bunday
yumushlarning
hadisini olmaganidan
kechga borib, horib-
charchab qolardi.
Ammo kundan-kunga
hovli yorishib chiroy
ochayotganidan
zavqlanar edi.
* * *
Shukrona taqvodor
oilada voyaga yetgan
edi. Besh vaqt
namozini aslo kanda
qilmagan, harom-
xarishga qoʻl
urmagan rahmatli
otasi Ollohga behad
hamdu sanolar ramzi
sifatida farzandining
ismini «Shukrona»
deb qoʻygan. Onasi
ham jannati ayol
boʻlgan. Diniy rasm-
rusumlarga
sidqidildan ixlos
qoʻyishi shundan.
Shukrona endi yangi
hovlini butunlay
halollab olish uchun is
chiqarib, oʻtganlar
arvohiga Qur’on
tushirishni koʻngliga
tugdi. U oʻzicha reja
tuzib, eridan pinhona
tayyorgarlikni boshlab
yubordi: chinni-
tovoqlarni yuvib taxt
qildi, qand-qurslarini
koʻzdan kechirdi,
koʻrpacha-yostiqlarni
oftobga yoydi...
Mavridini kutib yurgan
Shukrona shomlikdan
keyin yotigʻi bilan
eriga gap ochdi. Sohib
avvaliga hech
koʻnmadi, bafurja
eshitishni ham
istamadi, oʻrnidan
turib ketdi. Erining
tabiatini yaxshi bilgan
Shukrona gapni
choʻzmadi, bir-ikki
hafta bu mavzuni
umuman tilga ham
olmadi, odatiga koʻra,
uning jahldan
tushishini kutdi.
Ayollar, xum ichida
chumoli toysa bilishar
emish. Erining dilidagi
oʻzgarishlarni sezdimi,
chamasi, oʻsha
gapdan yigirma kunlar
oʻtgach, Shukrona
xudoyi haqida yana
soʻz ochdi. Bu safar
Sohib sapchimadi,
bosiqlik bilan eshitdi.
— Qani, oʻylab
koʻraylik-chi, — dedi u
murosaga kelib, —
bunga qarshiligim
yoʻq. Ammo,
menimcha, hozir
mavridi emas.
Hademay ta’tilga
chiqaman... Ana
oʻshanda besh-oʻnta
emas, undan koʻproq
ham odam chaqiramiz,
qarindosh-urugʻni
ham... Xayrli ishning
kechi yoʻq deydilar...
Shukronaga shuning
oʻzi yetarli edi, koʻngli
yorishib ketdi. Erini
oʻsha kuniyoq bir-ikki
hafta ichida xudoyini
oʻtkazishga koʻndirdi-
qoʻydi. Iyulning
uchinchi
payshanbasida ana
shu xayrli niyat ham
ushaldi. Mahalla
oqsoqoli boshliq
toʻqqiz kishi
mehmonxonada
xontaxta atrofidan joy
oldi. Nuroniy Sobir
buva Qur’on tilovatini
qildi. Soʻng quyuq-
suyuq taomlar tortildi.
Mehmonlar hovli fayzli
boʻlib, gulday ochilib
ketganini aytishib,
qayta-qayta
muborakbod qilishdi,
shu uyda qoʻsha-
qoʻsha toʻylar qilib,
uvali-juvali
boʻlishlarini tiladilar.
Mehmonlar
tarqalishganidan keyin
Sohib yon qoʻshnisi
Shotursunni yana
biroz gurunglashib
oʻtirishga qistadi.
— Yoʻq-yoʻq! Endi siz
ham damingizni oling,
charchagansiz, — deb
uyiga chiqib ketdi.
Sohibning ilk
tanishgani ana shu
yon qoʻshnisi boʻlgan.
Hali-hali esida,
kelganining ikkinchi
kuniyoq shu
qoʻshninikidan bir
chuqur laganda
chuchvara chiqqan
edi. Shotursun
Sohibdan sakkiz-oʻn
yosh katta, qiz uzatib,
qoʻsha kelinlar ham
tushirgan, nevaralari
bor. Sohib ularning
hovlisiga kirmagan
boʻlsa-da, uning
kattaligini, adogʻida
molxonasi va sigir-
qoʻylari borligini
bilardi.
Shotursun unga Sohib
aka, deb murojaat
qilardi. Bundan xijolat
chekkan Sohib:
— Meni qoʻshni yoki
Sohib uka, deb
chaqiravering, —
derdi.
Shotursun esa
bilganidan qolmasdi.
Koʻcha-koʻyda
uchrashib
qolganlarida,
Shotursun yoqimli
tabassum bilan
shunday quyuq
soʻrashardiki, Sohib
oʻzini noqulay sezar,
qiynalar, shunday esa-
da, samimiy boʻlishga
astoydil urinar edi.
* * *
Shukrona erining
ta’tilga chiqishi aniq
boʻlganidan boshlab,
qoʻliga tegadigan
pulning ancha
salmoqdor boʻlishini
hisoblar va nimalarga
sarflash rejasini
obdon oʻylab yurardi.
Ikki kichik xonani
kattagina hovliga
almashtirishda
qarindosh-urugʻ va
yor-birodarlardan
koʻtarilgan qarzlardan
deyarli qutulishgan.
«Endi boʻm-boʻsh
xonalarni sekin-asta
toʻldirishimiz,
ba’zilarini
yangilashimiz kerak!»
deb oʻylardi u. Mavridi
keldi deguncha eriga:
— Endi durustroq uy
jihozlarini olmasak
boʻlmaydi. Avvalo,
sizning xonangiz
uchun bir yaxshi gilam
juda zarur...
— Hali qarz-
qurzlardan tamomila
qutulmadik, — dedi
yana gap ochilganda
Sohib. — Mening
xonamni bezash
qochmas. Birinchi
galda togʻangning
pulini berib,
qutulganimiz ma’qul.
Shukrona esa bu
maslahatga quloq
solmadi, oʻjarlik bilan
oʻz soʻzini
ma’qullayverdi:
— Togʻam
shoshirayotganlari
yoʻq. Kelgusi yil
oʻgʻillarini uylantirish
niyatlari bor. Ana
oʻshanda toʻyona
pulini ham qoʻshib,
durustroq qilib
beramiz.
Sohib «bir gap boʻlar»
degan ma’noda bu
safar e’tiroz
bildirmadi.
* * *
Sohib ishxonasiga ikki
borib, quruq qaytib
keldi. Hisob-kitob
boʻlimidagilar:
— Bankda pul
yoʻqmish. Sim qoqing,
ovora boʻlmaysiz, —
deyishdi. Sohib deyarli
kunda sim qoqishdan
erinmadi. Xayriyat,
bugun ish bitadiganga
oʻxshaydi, otlanib
yoʻlga chiqdi. Soʻnggi
oylik maoshiga ta’til
pulini ham qoʻshib
berishadi. Sohib
toʻgʻri borib, kichik
darchani ohista
taqillatdi. Xazinachi
ayol darhol ochdi va
iliq salomlashdi. Soʻng
biroz iymanib:
— Pul borlikka bor-u,
lekin... — tovushi
oʻcha bordi. Soʻng
biroz qat’iylashib: —
Yoningizda qop-
mopmi yoki kattaroq
va pishiqroq xalta-
palta bormi pulni olib
ketishga? — dedi.
Sohib xazinachi ayol
mayna qilayotir,
aftidan juda kam
tegadiganga
oʻxshaydi, deb oʻyladi.
Nima deyishini bilmay
hayratlanib qoldi. Buni
koʻrgan xazinachi
ayol:
— Men chin
gapirayotirman. Rosa
ham mayda pul
berishdi. Nuqul besh
va oʻn soʻmlik. Uch
soʻmliklar ham bor.
Sanogʻiga yetolmay
oʻzim ham qiynalib
ketdim, — dedi biroz
tin olib, Sohibning
ragʻbatini qoʻzgʻatish
maqsadida boʻlsa
kerak: — Lekin yap-
yangi! Hali taxi
buzilmagan, beli
sinmagan.
Sohib toʻgʻri bekat
ortidagi bozorchaga
oʻtib, savdo ahli
koʻtarib yuradigan
ikki xalta xarid qildi.
Gʻaznachi ayol bergan
dastalarni sanay
boshlagan Sohib tez
orada sanoqdan
yanglishib ketdi,
soʻngra ularni
sanamay xaltalarga
joylayverdi.
Nihoyat xaltalarni
koʻtarib koʻrdi: ular
zil-zambil edi, bekatga
borguncha ikki marta
toʻxtab, nafasini
rostladi.
— Yo pirim-ey! Pul
ham shunaqa ogʻir
boʻladimi? — der edi
xalloslab oʻzicha. —
Tavba!
Bir amallab avtobusga
chiqib joylashgan
Sohib biroz tin olgach,
taksi yollamaganiga
achindi. Shuncha puli
boʻla turib, bunaqa
azob tortib yursa! Eh,
attang, boshida
oʻylamabdi-da. Uyiga
qiynalib yetib kelgan
Sohib darvozani oʻz
kaliti bilan ochdi.
Ikki xaltani xonasiga
koʻtarib kirdi, nafasini
rostlab, soatiga qaradi.
Oʻn ikki boʻlib qolibdi.
Bolalarining
maktabdan kelishiga
ham, Shukronaning
ishdan qaytishiga ham
hali ancha bor.
Tushlikka ham
ertaroq. U bari bir
choy qaynatib, achchiq
qilib damladi. Issiq-
issiq bosib, ikki-uch
piyola ichdi. Biroz
orom olgandek boʻldi.
Yuk zalvoridan yelka
va ikkala qoʻli
ogʻriyotganini endi
sezdi. Boshiga kelgan
bir oʻydan dili
yorishib, pul
dastalarini tartib bilan
taxlay ketdi. Va
beixtiyor taxlamlar
Misr ehromi shaklini
ola boshladi. Hademay
katta-kichik uch
ehrom bunyod boʻldi.
Bu oʻyinga berilib,
ehromlarni
buzgancha, turli
shakllar tuzishga
oʻtdi... Iya, xona
sahnini shu chiroyli
pul qogʻozlari bilan
bezab chiqsa nima
boʻladi? Xontaxtani
ayvonga olib chiqib
qoʻydi. Pul dastasi
belbogʻlarini yirtib
tashlab, har bir
shildiroq pul
qogʻozini did bilan
terib chiqa boshladi:
besh soʻmliklar bir
qator, oʻn soʻmliklar
bir qator. Chiroyli
naqshlar tartib bilan
takrorlanib, butun
xona sathiga ajoyib
chiroy baxsh etdi.
Sohib oʻzi kashf etgan
pul-gilamdan gʻoyat
zavqlanib ketdi.
«Shukronaning lol
qolishi aniq, — dilidan
oʻtkazdi u. —
Bolalarni xonaga
kiritmayman».
Sohib katga yastanib,
shirin xayollar
ogʻushiga choʻmdi.
Uning koʻzi ilingan
edi...
— Sohibjon aka! Huv,
Sohib aka! Uydamisiz?
Qoʻshnisi
Shotursunning
tovushidan seskanib
uygʻongan Sohib to
hushyor tortib oʻziga
kelguncha, xona
eshigi lang ochildi.
Chiroq nurlarida ming
tovlanayotgan pul-
gilamdan ong-tong
qotib qolgan
Shotursunning
koʻzlari soqqasidan
chiqqunday
chaqchaydi, basharasi
boʻzardi, tili aylanmay
qoldi. Bir lahza
boʻzarib turgach,
tutila-tutila:
— Eshik ochiq ekan...
Ikki-uch chaqirdim...
— oʻzini oqlaganday
gʻoʻldiradi Shotursun.
— Keyin xavotir olib
kirib kelaverdim... Men
bilmadim... Axir, yon
qoʻshni... — doimo
takrorlaydigan sevimli
matalini bu safar chala
qoldirgan qoʻshni
qandaydir yovqarash
bilan Sohib koʻziga bir
zum tikildi-da, orqaga
tisarildi. «Bir uy toʻla
pul. Hammasi yap-
yangi! Qaerdan ular?
Nega yoyilgan? Yo
yasamani shunday
quritayaptimi?» Ana
shularni xayolidan
oʻtkazgan Shotursun
ochiq darvoza tomon
jadal yoʻllandi.
Shotursun
koʻzlaridagi tahlika,
xatti-harakatlari,
tilidagi hayajon va
qoʻrquv Sohibga ham
koʻchdi.
Shotursunning chala-
chulpa gʻoʻldirashi,
salom-alik ham qilmay
joʻnab qolishi Sohib
diliga gʻashlik soldi:
nimaga keldi, nega
maqsadini aytmay
orqaga qaytdi?
Ehtimol, xonaga
toʻshalgan qogʻoz
pullar uni larzaga
solgandir? Unga
tushuntirmoq kerak!
Sohib zudlik bilan
Shotursunning
orqasidan hovliga
chiqdi. U darvoza
boʻsagʻasiga borib
qolgan edi.
— Hov qoʻshni!
Shoshmang, toʻxtang!
Hammasini
tushuntiraman, jon
qoʻshni...
Shotursun uni
eshitdimi-eshitmadimi,
hoynahoy, qayrilib
ham qaramadi.
«Nimasini
tushuntirasan, qallob!
Shundoq ham koʻrinib
turibdi-ku! Jon
qoʻshni emish!..» —
dilidan oʻtkazdi u.
Hovlidan chiqib,
darvozani zich yopdi.
Oshigʻich oʻz uyiga
kirib, vajohat bilan
telefon goʻshagini
yulqib oldi...
* * *
Mahalla oqsoqoli va
uning kotibasi,
guzarda mehmonlarni
— mirshablarni kutib
olishdi. Boshliq
oqsoqol bilan oʻzaro
ikki-uch ogʻiz
gaplashdi, qandaydir
qogʻozlarni koʻrsatib,
nimalarnidir uqdirdi
va birgalikda
moshinaga qayta
oʻtirib, toʻgʻri
Sohibning hovlisiga
yoʻl olishdi. Ikkinchi
moshinada mirshablar
bilan birga kotiba ham
yetib keldi.
Qoʻngʻiroqni
jiringlatmasdanoq
toʻgʻri hovliga
kirishdi. Boshliq
soatiga qaradi. Oʻn
toʻrtdan yetti daqiqa
oʻtibdi.
Avvaldan kelishilgan
chogʻi, kelganlar gap-
soʻzsiz ikki guruhga
boʻlinishdi. Boshliq
rahbarligidagi ikki
xodim xonalar tomon
yoʻnaldi. Oqsoqol va
kotibaga
gapirmanglar
ishorasini qilishdi.
Kapitan Qodirov qoʻli
ostidagi ikkinchi
guruh qandaydir
asboblarni sozlab hovli
etagidagi oshxona va
boshqa uychalarga
qarab yurishdi.
Boshliq kapitanga
yertoʻla boʻlsa, ularni
ham tekshiringlar, deb
tayinladi.
Bu orada pul-gilam
toʻshalgan xonadagi
katda oʻychan
oʻtirgan Sohib
hovlidagi olagʻovurni
eshitib chiqqach,
mirshab kiyimidagi
kishilar, kotiba va
oqsoqolni koʻrib
taajjubga tushdi, yuz-
koʻzida qoʻrquv
alomatlari paydo
boʻldi, rangi oqarib
ketdi. «Bolalarimga
biror narsa boʻldimi?
Yo Shukrona...» —
ichki titroq bilan
oʻyladi u.
Mahalla oqsoqoli Sohib
yuzidagi hayrat va
tashvishni sezdi
shekilli, uni
tinchlantirish niyatida
muloyimlik bilan hol-
ahvol soʻradi-da:
— Bular ayrim
masalalarni aniqlash
uchun kelishibdi, —
deb yonidagi Boshliq
va qolgan mirshab
xodimlariga ishora
qildi.
Boshliq Sohib qoshiga
bordi, qoʻl berib
koʻrishdi. Ismi
sharifini, hozir uyda
yana kim borligini
surishtirdi. Soʻng
tintuv qilish uchun
ruxsatnoma borligini
aytib, uni koʻkrak
choʻntagidan chiqazib
koʻrsatdi. Sohib garchi
varaqni olib koʻz
yugurtirgan boʻlsa-da,
hech narsa oʻqiy
olmadi, koʻzlari tinib,
harflar jimirlashib
ketdi.
— Qani, xonalarga
boshlang! — dedi
Boshliq. Soʻngra
oqsoqol va kotibaga
qarab: — Iltimos,
chalgʻitmanglar.
Hamma narsani eslab
qolishga harakat
qilinglar. Koʻrgan —
eshitganlaringizga
guvoh boʻlasizlar,
voqea yuzasidan
bayonnoma —
qaydnomalar tuzamiz,
sizlar ham imzo
chekasizlar. —
Guvohlarning bosh
irgʻashini koʻrgach:
— Ha aytgandek, anavi
yon qoʻshnini ham
tezda chaqirib
chiqing! — deb
xodimlarning biriga
buyurdi.
Hali oʻziga kela
olmagan Sohib ularni
beixtiyor xonalar
boʻylab boshladi.
Boshliq oʻng va soʻl
xonalarga shunchaki
qaragan boʻlib,
toʻgʻri dahliz
boshidagi eshikka
roʻpara keldi-da,
dagʻal ovozda:
— Nega bu xona
qulflangan? — dedi.
Bu oʻsha pul-gilam
toʻshalgan xona edi.
Ammo qulfloq emas,
eshik zich yopilgan
edi, xolos. Sohib
eshikni lang ochib
yubordi. Kelganlar
koʻz oʻngida chiroq
nurida tovlanib,
sernaqsh gilamdek
yashnab turgan bir uy
pul namoyon boʻldi.
Kotiba beixtiyor
«Voy!» deb yubordi,
oqsoqol hayratdan
qotdi, uning
koʻzlarigina tinimsiz
pirpirardi. Boshliq
xuddi har kuni
bunaqa pul toʻshalgan
xonalarni koʻrib
yurgandek, darhol
sergak tortdi va
guvohlarga diqqat
bilan qarashlarini yana
bir bor tayinladi.
Xodimlarining biriga
mufassal bayonnoma
tuzishni topshirdi.
Boshqa xodim
xonaning boʻyi va
enini oʻlchadi,
jihozlarni birma-bir
suvratga oldi. Xususan,
xona sahniga terib
chiqilgan pullarni turli
masofadan suvratga
tushira boshladi.
Sohibning oʻzini
tutishini diqqat bilan
kuzatarkan, Boshliq
birdan eslagan boʻlib:
— Yon qoʻshni
chiqdimi? — deb
soʻrab qoldi. Xuddi
shu payt xonaga
iymanib, Shotursun
kirdi va boshini
beoʻxshov qimirlatdi.
Uning avzoyidan
mamnunlik va
gʻolibona qoniqish
alomatlari koʻrinib
turardi. Sohib
beixtiyor unga qaradi.
Shunda Shotursun
oʻngʻaysizlanib, hatto
oʻzini aybdordek
sanab, koʻzini olib
qochdi. Bu oʻzgarish
Sohibni taajjubga
soldi. «Nega?» Shunda
miyasiga yalt etib bir
fikr keldi. Shubhani
aniqlamoq niyatida
Shotursunga tikilib
qaradi. Ammo ikki
qadrdon «jon
qoʻshni»ning koʻzlari
toʻqnash kelmadi.
Shunda Sohib gap
nimada ekanligini,
nimaga tintuv
oʻtkazilayotganini
tushungandek boʻldi-
da, birdan xaxolab
kulib yubordi. Shu
qadar qahqah otib
kuldiki, kotiba oʻzini
noqulay sezdi. Boshliq
oʻylanib qoldi,
xavotirlanib ne
xayollarga bormadi:
«Ustomonlik
qilmoqdami?»
Mirshablar ajabsinib,
undan nigohlarini
uzishmadi. Mahalla
oqsoqoli bir-ikki bor
tomogʻini qattiq qirib,
yoʻtalib qoʻydi. Faqat
Shotursungina
toshdek qotib turar
edi.
— Qoʻrqmanglar, es-
hushim joyida, — dedi
Sohib oʻzini kulgidan
toʻxtatishga tirishib.
— Aqldan ham
ozganim yoʻq! Lekin
kimningdir jinni
boʻlgani rost! Oʻzingiz
oʻylab koʻring, — u
Boshliqqa yuzlandi. —
Nahotki, shu pullar
yasama boʻlsa! Ana bu
burchakda pul
dastalarining bank
nomi, nazoratchi
muhri, hisobchi imzosi
va sanalar qayd qilib
qoʻyilgan qogʻoz
belbogʻlari yotibdi,
ularni oʻqib koʻring.
Sohibning gap-soʻzlari
biror shubhaga oʻrin
qoldirmaydigan
darajada tabiiy va
ma’nodor edi. U oʻzini
bosib olgan holda
xona kunjagidan bir
siqim qogʻoz
tasmasini olib,
xotirjamlik bilan
Boshliqqa uzatdi.
Boshliq avval
Sohibning koʻzlariga
tikilib qaradi, soʻng
sinchiklab qogʻozlarni
oʻqib chiqdi, ikki
donasini buklab,
koʻkrak choʻntagiga
solib qoʻydi. Gapi ta’sir
qilayotganini sezgan
Sohib jilmaygancha
nim istehzo bilan
davom etdi:
— Axir, pul yasash
osonmi?!.. Qolaversa,
qaysi ahmoq besh
soʻmlik yoki oʻn
soʻmlik pul yasar
ekan. Oʻn soʻmga
bitta qurut ham
bermaydi-ku! Bu
xonani toʻldirgan
pullar ellik ming
soʻmga ham yetmaydi.
Mening bir yillik ta’til
pulim. Ishonmasangiz
sim qoqib koʻring,
odamingizni yuboring.
Sohib bu dalillarni
aytgan sayin
Shotursunning rangi
oqarib, bezovtalanardi.
Sohibning kuyinib
tushuntirishlariga
Boshliq diqqat bilan
quloq tutdi. Engashib
bir siqim qogʻoz
pullarni oldi. Chindan
ham hammasi besh
soʻmlik va oʻn
soʻmlik... Chiroqqa
tutib, zehn soldi.
Xonani surgʻichlab,
yasama pullar
boʻyicha bosh
mutaxassislarni
chaqirmoqchi boʻlgan
Boshliqning fikri
oʻzgardi.
Koʻrganlaridan ruhiy
larzaga kelib, tinimsiz
pichirlab kalima
keltirayotgan
oqsoqolning yuziga
tabassum indi. Nuqul
«Tavba! Tavba» deb,
oʻzini chetga
olayotgan kotiba ham
endi jonlanib, nuqul
«Xayriyat! Xayriyat!»
derdi. Faqat Shotursun
hamon bezovta va
boʻzraygan alfozda
serrayib turardi.
Boshliq aslida juda
muloyim, dilkash
odam ekan. Telefonda
aytilgan chaquvga
ishonib adashgani,
vazifasi taqozosiga
koʻra hovlisiga
bostirib kirgani va
asossiz shubha-
gumonlar uchun
Sohibdan uzr soʻrashi
hammaning dilini
ravshan qildi.
Xush kayfiyatni hovlida
tekshiruv ishlarini
boshqarayotgan
kapitan Qodirov buzdi.
U shaxdam qadamlar
bilan Boshliq oldiga
kelib, uning qulogʻiga
nimalarnidir xavotir
ohangda pichirladi.
Kapitan Qodirov
xodimlari qoʻlidagi
asboblar doimiy
shovqinni qayd etib,
yaqin atrofda elektr
quvvati bilan
ishlayotgan qurilmalar
borligidan darak
berardi. Boshliq
oʻzgardi-qoldi: yana
oʻsha vajohatli
qiyofaga kirdi. U
ketayotgan kotibaga
biroz sabr kutib
turishni iltimos qildi-
da, guruhdan ajralib,
kapitan bilan hovli
etagiga yoʻl oldi.
Oshxonaga kirib, sirli
tovushni ilgʻash
uchun nafas olmay
quloq tutdi. U
xodimlar qoʻlidagi
asboblarga zehn solib
qaradi, nimalarnidir
surishtirdi. Qoʻshni
devor yoniga yaqinroq
borib, yana
asboblardagi
oʻzgarishlarni kuzatdi.
Kapitan unga
nimalarnidir
tushuntirdi.
Hovli chekkasida
qolgan oqsoqol va
boshqa xodimlardan
biroz chetroq turgan
Shotursun qulogʻini
qancha ding qilmasin,
bari bir, Boshliq bilan
Qodirov oʻrtasidagi
suhbatni ilgʻab
ololmadi, ammo ular
gap orasida
Shotursunning
molxonasi tomon
ishora qilayotganini
koʻrdi-yu, xavotirga
tushdi. Sohib bilan
sovuqqina xayr-
xushlashib, oqsoqol va
boshqalarga parvo
qilmay darvoza sari
qadam tashladi. Uning
orqasidan oqsoqol
tovush qildi, lekin
Shotursun
eshitmaganga olib,
yoʻlida davom etdi va
shoshilinch
darvozadan chiqib
ketdi.
Bu orada Boshliq
xodimlardan ikki-uch
odim uzoqlashib, uyali
telefonda qisqa-qisqa
gaplashdi.
— Xoʻp boʻladi!
Tushundim! —
degancha telefonni
oʻchirib, kapitanni
oʻzi tomon imladi va
qandaydir topshiriqlar
berdi. Bir zumda
mirshablar Boshliq
atrofiga toʻplanishib,
uning koʻrsatmalariga
quloq tutdilar.
Yolgʻizlanib qolgan
Sohib, oqsoqol va
kotiba bu
harakatlardan
hayratda edilar.
Xodimlaridan ajralib,
Boshliq ular qoshiga
kelib:
— Yana bir pas biz
bilan birga boʻlasizlar.
Qoʻshni hovliga ham
kirib chiqish zarurati
tugʻildi, — deb
oqsoqol va kotibaga
yuzlandi. Va
Shotursunning oʻz
hovlisiga shoshilinch
chiqib ketganini
eshitib, kapitanga
ishora qilib: — Qani,
ketdik! — dedi. Uch-
toʻrt qadam yurgach,
orqasiga qaytib,
hayratlanib turgan
Sohib bilan xayrlashdi,
nooʻrin bezovta
qilganligi uchun
kechirim ham soʻradi.
— Hechqisi yoʻq.
Bahonada siz bilan
tanishib oldik, — dedi
Sohib uni kuzatar
ekan.
Xijolat chekayotgan
Boshliq Sohib bilan
harbiychasiga
xayrlashdi. Ildam
qadamlar bilan bu
darvozadan chiqib,
yon darvozaga kapitan
va xodimlarning
orqasidan kirib bordi,
odati boʻyicha qoʻl
soatiga qaradi: oʻn
toʻrtdan ellik uch
daqiqa oʻtibdi.
Yolgʻiz qolgan Sohib
bolalari va Shukrona
kelguncha
mirshablarning chiqib
ketganlaridan xursand
boʻldi, yoʻqsa,
ularning qoʻrqib
ketishlari aniq edi.
Oradan chorak soat
oʻtar-oʻtmas haligi
xodimlardan biri
eshikni jiringlatdi.
Tezlik bilan kechgan
soʻnggi voqealarni
hayrat bilan koʻz
oldida xayolan
jonlantirayotgan Sohib
faqat uchinchi
qoʻngʻiroqni
eshitgandan keyingina
darvozaga bordi.
Xodim uni
Shotursunning uyiga
taklif etishayotganini
aytdi.
— Tinchlikmi? Nima
gap? — soʻradi
xodimdan. U biroz
ikkilanib turib:
— Qoʻshningiz
molxonasining
yertoʻlasidan atlas
toʻqiydigan
dastgohlar chiqdi.
Yashirin korxona
ochgan ekan-da.
Shunga sizni ham
guvohlikka
chaqirishayapti, —
dedi. Sohib gap
nimada ekanligini
daf’atan idrok eta
olmadi, ammo
noqonuniy ish
yuzasidan guvohlikka
taklif etishayotganini
tushunib turardi. Atlas
toʻqiydigan
dastgohlar haqidagi
nogahoniy xabar esa
koʻchib kelgan kezlari
boshini qotirgan
oʻsha sirli «gʻiyq-
gʻaqq» degan
tovushni eslatdi. Qattiq
charchaganini va hozir
bolalari maktabdan
kelib qolishlarini
bahona qilib,
qoʻshninikiga
chiqmadi. U toʻgʻri
borib, pul-gilam
toʻshalgan xonaga
kirdi, gilamning
koʻpgina naqshlari
buzilib ketgan edi,
pullarni qaytadan terib
chiqib, tuzatgan
boʻldi. Hademay u
san’atini xotini va
bolalariga tortiq
qiladi... Ertasiga
Shukrona: «Toʻrt kishi
kechayu kunduz atlas
toʻqish bilan band
ekan. Dastgohlarni va
qanchadan-qancha
atlasu shohilarni
musodara qilishibdi,
Shotursun va uning
xufiya ishchilarini olib
ketishibdi», — degan
gap topib keldi
bekatidagi
ustunlardan biriga
yelim bilan
yopishtirilgan kaftdek
qogʻozga bitilgan
e’londan boshlandi.
* * *
Qoʻngʻiroqning
baland, shiddatli ovozi
sukunatni parchalab,
xonani toʻldirib
yubordi. Navbatchi
hushyor tortib, darhol
goʻshakni oldi, oʻz
harbiy darajasi, ismi
sharifini aytib,
«Ishonch
qoʻngʻirogʻi»
eshitishga tayyor
ekanligini bildirdi.
— Xoʻp, xoʻp!
Shoshilmang!
Hayajonlanmang,
iltimos. Avval
oʻzingizni tanishtiring.
Kimsiz, qaerdan
gapirayapsiz? —
Navbatchi bosiqlik va
salobat bilan gapirar
ekan, qoʻliga qalam
olib, ustol ustidagi
katta va qalin daftarni
oldiga tortdi. — Xoʻp
yaxshi! Davom eting!
Ma’qul! Yana bir
qaytaring! Yaxshi. Endi
telefoningiz raqamini
dona-dona qilib
ayting! Demak... —
Navbatchi daftarga
qayd etgan raqamlarni
bir-bir takrorlab dedi:
— Shundaymi?
Tushundim! Sim
qoqqaningiz uchun
rahmat!
Navbatchi yozganlarini
bir daf’a koʻzdan
kechirib, sherigiga
boshliq huzuriga
kirishini aytdi va
qomatini tiklagancha,
kiyimlarini tekislagan
boʻlib, toʻrdagi xona
eshigini chertdi.
Navbatchi yetkazgan
xabar Boshliqni biroz
esankiratib qoʻydi.
Qayd daftarini qoʻliga
olib, biroz tikilib qoldi.
Bir qarorga kelgach,
telefon goʻshagini
koʻtarib, kimgadir bor
gapni loʻnda qilib
yetkazdi. Soʻng
Boshliq goʻshakni
qoʻyib, navbatchiga
yuzlandi:
— Qodirovni
chaqiring! Latifovga
yetkazing — odamlari
asboblari bilan shay
boʻlib tursin!
Kapitan Qodirov
xonaga kirishga
ulgurmagan ham
ediki:
— Zudtar tezkor
guruh tuzing! Hamma
oʻq oʻtmas nimcha
kiysin! Olti daqiqadan
soʻng yoʻlga
tushamiz. Bajaring! —
dedi Boshliq qat’iy
ohangda.
Kapitan Qodirov chiqib
ketgach, Boshliq
tuman hokimligiga
sim qoqdi. Qaysidir
mahalla oqsoqolining
ismi-sharifini,
manzilgohini, uy
telefoni raqamlarini
surishtirib, yozib oldi.
Shu zahoti mahalla
oqsoqolining uyiga
sim qoqdi.
— ...Biz tez orada yetib
boramiz. Kotibingiz
bilan hech qaerga
ketmay turing!
Boshliq goʻshakni
qoʻyib, javondan oʻq
oʻtmas nimchani oldi-
da, qaytadan kiyindi va
zudlik bilan xonadan
chiqdi. Ikki tezkor
guruh moshinalarda
uni kutib turgan edi.
* * *
Sohib osmonoʻpar
binoning uchinchi
qavatida joylashgan
ikki xonada qariyb oʻn
yilcha yashadi. Avvalgi
otameros hovlilari
yoʻlga tushib,
buzilganidan keyin
shu uyga koʻchib
oʻtishgan edi. U ana
shu yangi uyda
Shukronaga uylandi,
bir oʻgʻil va bir qiz
koʻrdi.
Mevali daraxtlar soya-
salqin solib, anvoyi
gullar bezagan
hayhotdek hovlida
voyaga yetgan
Shukrona ham bu
choqqina xonalarga
asta-sekin koʻnikib
ketdi. Faqat oʻgʻli va
uning ortidan qizi
maktabga chiqqach,
Sohib ham, Shukrona
ham qulay shart-
sharoit haqida oʻylay
boshlashdi. Ammo
hovli sotib olish
shunchaki xomxayol
ekanini yaxshi
tushunishgan er ham,
xotin ham dardlarini
ichlariga yutishgandi...
Kunlarning birida
avtobus kutib turgan
Sohib bekat
ustunlariga tartibsiz
yopishtirilgan turli
e’lon qogʻozlarining
ichidan «hovlimni
shahar markazidagi
koʻp qavatli bino
xonadoniga oʻzaro
kelishuvga koʻra
almashtiraman»
mazmunidagi qizil
siyohda bitilgan
e’lonni koʻrib qoldi.
Shundan buyon e’lon
qogʻozlarini bitta
qoʻymay, e’tibor bilan
oʻqiydigan boʻldi. U
nima uchundir qoʻlda
odmigina qilib
yozilganlariga
umidvorlik bilan
qarardi. Yigirma-oʻttiz
kun ichida sakkiz-oʻn
almashtiruvchining
manzilgohlari va uy
telefonlarining
raqamlari yon
daftardan oʻrin oldi.
Ulardan faqat
uchtasinigina qizil
qalam bilan doira
ichiga olib, tagiga
chizib qoʻydi... Sohib
koʻnglida tugʻilgan
ilinj, umid
uchqunlariga aylandi,
bir necha hafta
oʻtgach esa bu
uchqunlar alangalandi.
Faqat shundagina
Sohib Shukronaga
yorilish, oʻz orzu-
rejalarini ayon qilish
mavridi yetdi, degan
toʻxtamga keldi.
Shanba kunlarining
birida, nonushtadan
keyin:
— Tunov kuni
oʻzimizning bekatda
koʻpqavatli binodagi
xonadonga hovli
almashtiraman, degan
yozuvni tasodifan
oʻqib qoldim, — dedi
u. — Albatta, ustiga
pul-mul ham soʻrasa
kerak. Negaki, «oʻzaro
kelishuvga koʻra», deb
ilova qilingan.
Xotinidan rozilik olish
maqsadida ataylab
beparvo ohangda
aytilgan bu gaplar
darhol jiddiy tus oldi.
Ma’lum boʻldiki,
Shukrona anchadan
buyon xuddi shu
haqda oʻylab yurgan,
ammo oʻzi gap
ochishga yuragi dov
bermay qulay fursatni
kutgan. Shukrona bu
gap-soʻzdan
hayajonlanib ketdi.
Uning hasrat aralash
orzu daftari ochildi,
piyoladagi choyini
ichishdan toʻxtab,
dasturxonni qayirib
qoʻydi. Dardi ichida
ekan. Ikki kichik
xonada bundan buyon
yashash qiyin ekanini,
bolalarining katta
boʻlayotganini yonib-
pishib gapirdi.
— Bilaman, bu ish
osonlikcha bitmaydi.
Xonalarimiz ustiga
kattagina pul ham
talab qilishadi. Bir-ikki
yil qiynalamiz, bularga
aqlim yetadi. Ammo-
lekin, orqasi rohat
boʻladi, chinakamiga
uyli-joyli boʻlamiz.
Sohib oʻsha shanba
kuni koʻnglini xira
qilayotgan
shubhalardan forigʻ
boʻlib, qat’iy qarorga
keldi. Xonalarni
hovliga
almashtiradigan,
yaqinlardan qarz
koʻtaradigan er ham,
xotin ham chor-
atrofdan uy
daraklaydigan
boʻlishdi. Sohib
aniqlagan hovli egalari
bilan oʻsha
shanbadayoq
muzokaralarni
boshlab yuborishdi...
* * *
Sohib va
Shukronaning koʻp
yillik orzulari ushalib,
hovli-joyli boʻlishdi.
Koʻchib kelganlaridan
keyin uch-toʻrt oy eru
xotin ancha qarovsiz
holga tushib qolgan
katta hovlini
tuzatishga kirishdi. Bir
vaqtlar mehr va
hafsala bilan qurilgan
katta-kichik oʻchoqlar
buzila boshlagan,
chamasi, uch-toʻrt yil
ichida na oʻchoqqa,
na tandirga oʻt
qalangani
shundoqqina koʻzga
tashlanib turardi.
Sohib somonli loy
qorib, oʻchogʻu
tandirlarni yamab
epaqaga keltirdi. U
yumushlarga berilib
urinarkan, qulogʻiga
bir boʻgʻiq tovush
eshitildi. Qulogʻini
ding qilgancha Sohib
bir necha soniya
nafasini ichiga yutib
turdi. Ammo tovush
oʻchmadigina emas,
balki sukunatda
«gʻiyq-gʻaqq», «gʻiyq-
gʻaqq» degan sas
muntazam
eshitilaverdi.
Sohib hayratlanib,
yuragi uvishgandek
boʻldi. Shukronaga
ham eshitilarmikan,
degan oʻyda bahona
bilan xotinini chaqirdi:
— Bu pachoq
paqirlarni axlat
moshinasiga tashlab
yuborsam nima
deysan?
Shukrona oshxonaga
kirib burchakka
yaqinlashdi, paqirlarga
bir-bir razm soldi.
Lekin oʻsha
burchakdan
chiqayotgan tovush
haqida hech narsa
demadi. Demak, unga
hech qanday sas
eshitilmagan.
Endi Sohib hovlini
saranjomlashga oʻtdi.
Qurigan darxtlarni
qoʻporib, shox-
shabbalarni
arralashga ham uch-
toʻrt hafta ketdi.
Ayniqsa, olmaga
chirmashib ketgan tok
zangi uni qiynadi.
Bunday
yumushlarning
hadisini olmaganidan
kechga borib, horib-
charchab qolardi.
Ammo kundan-kunga
hovli yorishib chiroy
ochayotganidan
zavqlanar edi.
* * *
Shukrona taqvodor
oilada voyaga yetgan
edi. Besh vaqt
namozini aslo kanda
qilmagan, harom-
xarishga qoʻl
urmagan rahmatli
otasi Ollohga behad
hamdu sanolar ramzi
sifatida farzandining
ismini «Shukrona»
deb qoʻygan. Onasi
ham jannati ayol
boʻlgan. Diniy rasm-
rusumlarga
sidqidildan ixlos
qoʻyishi shundan.
Shukrona endi yangi
hovlini butunlay
halollab olish uchun is
chiqarib, oʻtganlar
arvohiga Qur’on
tushirishni koʻngliga
tugdi. U oʻzicha reja
tuzib, eridan pinhona
tayyorgarlikni boshlab
yubordi: chinni-
tovoqlarni yuvib taxt
qildi, qand-qurslarini
koʻzdan kechirdi,
koʻrpacha-yostiqlarni
oftobga yoydi...
Mavridini kutib yurgan
Shukrona shomlikdan
keyin yotigʻi bilan
eriga gap ochdi. Sohib
avvaliga hech
koʻnmadi, bafurja
eshitishni ham
istamadi, oʻrnidan
turib ketdi. Erining
tabiatini yaxshi bilgan
Shukrona gapni
choʻzmadi, bir-ikki
hafta bu mavzuni
umuman tilga ham
olmadi, odatiga koʻra,
uning jahldan
tushishini kutdi.
Ayollar, xum ichida
chumoli toysa bilishar
emish. Erining dilidagi
oʻzgarishlarni sezdimi,
chamasi, oʻsha
gapdan yigirma kunlar
oʻtgach, Shukrona
xudoyi haqida yana
soʻz ochdi. Bu safar
Sohib sapchimadi,
bosiqlik bilan eshitdi.
— Qani, oʻylab
koʻraylik-chi, — dedi u
murosaga kelib, —
bunga qarshiligim
yoʻq. Ammo,
menimcha, hozir
mavridi emas.
Hademay ta’tilga
chiqaman... Ana
oʻshanda besh-oʻnta
emas, undan koʻproq
ham odam chaqiramiz,
qarindosh-urugʻni
ham... Xayrli ishning
kechi yoʻq deydilar...
Shukronaga shuning
oʻzi yetarli edi, koʻngli
yorishib ketdi. Erini
oʻsha kuniyoq bir-ikki
hafta ichida xudoyini
oʻtkazishga koʻndirdi-
qoʻydi. Iyulning
uchinchi
payshanbasida ana
shu xayrli niyat ham
ushaldi. Mahalla
oqsoqoli boshliq
toʻqqiz kishi
mehmonxonada
xontaxta atrofidan joy
oldi. Nuroniy Sobir
buva Qur’on tilovatini
qildi. Soʻng quyuq-
suyuq taomlar tortildi.
Mehmonlar hovli fayzli
boʻlib, gulday ochilib
ketganini aytishib,
qayta-qayta
muborakbod qilishdi,
shu uyda qoʻsha-
qoʻsha toʻylar qilib,
uvali-juvali
boʻlishlarini tiladilar.
Mehmonlar
tarqalishganidan keyin
Sohib yon qoʻshnisi
Shotursunni yana
biroz gurunglashib
oʻtirishga qistadi.
— Yoʻq-yoʻq! Endi siz
ham damingizni oling,
charchagansiz, — deb
uyiga chiqib ketdi.
Sohibning ilk
tanishgani ana shu
yon qoʻshnisi boʻlgan.
Hali-hali esida,
kelganining ikkinchi
kuniyoq shu
qoʻshninikidan bir
chuqur laganda
chuchvara chiqqan
edi. Shotursun
Sohibdan sakkiz-oʻn
yosh katta, qiz uzatib,
qoʻsha kelinlar ham
tushirgan, nevaralari
bor. Sohib ularning
hovlisiga kirmagan
boʻlsa-da, uning
kattaligini, adogʻida
molxonasi va sigir-
qoʻylari borligini
bilardi.
Shotursun unga Sohib
aka, deb murojaat
qilardi. Bundan xijolat
chekkan Sohib:
— Meni qoʻshni yoki
Sohib uka, deb
chaqiravering, —
derdi.
Shotursun esa
bilganidan qolmasdi.
Koʻcha-koʻyda
uchrashib
qolganlarida,
Shotursun yoqimli
tabassum bilan
shunday quyuq
soʻrashardiki, Sohib
oʻzini noqulay sezar,
qiynalar, shunday esa-
da, samimiy boʻlishga
astoydil urinar edi.
* * *
Shukrona erining
ta’tilga chiqishi aniq
boʻlganidan boshlab,
qoʻliga tegadigan
pulning ancha
salmoqdor boʻlishini
hisoblar va nimalarga
sarflash rejasini
obdon oʻylab yurardi.
Ikki kichik xonani
kattagina hovliga
almashtirishda
qarindosh-urugʻ va
yor-birodarlardan
koʻtarilgan qarzlardan
deyarli qutulishgan.
«Endi boʻm-boʻsh
xonalarni sekin-asta
toʻldirishimiz,
ba’zilarini
yangilashimiz kerak!»
deb oʻylardi u. Mavridi
keldi deguncha eriga:
— Endi durustroq uy
jihozlarini olmasak
boʻlmaydi. Avvalo,
sizning xonangiz
uchun bir yaxshi gilam
juda zarur...
— Hali qarz-
qurzlardan tamomila
qutulmadik, — dedi
yana gap ochilganda
Sohib. — Mening
xonamni bezash
qochmas. Birinchi
galda togʻangning
pulini berib,
qutulganimiz ma’qul.
Shukrona esa bu
maslahatga quloq
solmadi, oʻjarlik bilan
oʻz soʻzini
ma’qullayverdi:
— Togʻam
shoshirayotganlari
yoʻq. Kelgusi yil
oʻgʻillarini uylantirish
niyatlari bor. Ana
oʻshanda toʻyona
pulini ham qoʻshib,
durustroq qilib
beramiz.
Sohib «bir gap boʻlar»
degan ma’noda bu
safar e’tiroz
bildirmadi.
* * *
Sohib ishxonasiga ikki
borib, quruq qaytib
keldi. Hisob-kitob
boʻlimidagilar:
— Bankda pul
yoʻqmish. Sim qoqing,
ovora boʻlmaysiz, —
deyishdi. Sohib deyarli
kunda sim qoqishdan
erinmadi. Xayriyat,
bugun ish bitadiganga
oʻxshaydi, otlanib
yoʻlga chiqdi. Soʻnggi
oylik maoshiga ta’til
pulini ham qoʻshib
berishadi. Sohib
toʻgʻri borib, kichik
darchani ohista
taqillatdi. Xazinachi
ayol darhol ochdi va
iliq salomlashdi. Soʻng
biroz iymanib:
— Pul borlikka bor-u,
lekin... — tovushi
oʻcha bordi. Soʻng
biroz qat’iylashib: —
Yoningizda qop-
mopmi yoki kattaroq
va pishiqroq xalta-
palta bormi pulni olib
ketishga? — dedi.
Sohib xazinachi ayol
mayna qilayotir,
aftidan juda kam
tegadiganga
oʻxshaydi, deb oʻyladi.
Nima deyishini bilmay
hayratlanib qoldi. Buni
koʻrgan xazinachi
ayol:
— Men chin
gapirayotirman. Rosa
ham mayda pul
berishdi. Nuqul besh
va oʻn soʻmlik. Uch
soʻmliklar ham bor.
Sanogʻiga yetolmay
oʻzim ham qiynalib
ketdim, — dedi biroz
tin olib, Sohibning
ragʻbatini qoʻzgʻatish
maqsadida boʻlsa
kerak: — Lekin yap-
yangi! Hali taxi
buzilmagan, beli
sinmagan.
Sohib toʻgʻri bekat
ortidagi bozorchaga
oʻtib, savdo ahli
koʻtarib yuradigan
ikki xalta xarid qildi.
Gʻaznachi ayol bergan
dastalarni sanay
boshlagan Sohib tez
orada sanoqdan
yanglishib ketdi,
soʻngra ularni
sanamay xaltalarga
joylayverdi.
Nihoyat xaltalarni
koʻtarib koʻrdi: ular
zil-zambil edi, bekatga
borguncha ikki marta
toʻxtab, nafasini
rostladi.
— Yo pirim-ey! Pul
ham shunaqa ogʻir
boʻladimi? — der edi
xalloslab oʻzicha. —
Tavba!
Bir amallab avtobusga
chiqib joylashgan
Sohib biroz tin olgach,
taksi yollamaganiga
achindi. Shuncha puli
boʻla turib, bunaqa
azob tortib yursa! Eh,
attang, boshida
oʻylamabdi-da. Uyiga
qiynalib yetib kelgan
Sohib darvozani oʻz
kaliti bilan ochdi.
Ikki xaltani xonasiga
koʻtarib kirdi, nafasini
rostlab, soatiga qaradi.
Oʻn ikki boʻlib qolibdi.
Bolalarining
maktabdan kelishiga
ham, Shukronaning
ishdan qaytishiga ham
hali ancha bor.
Tushlikka ham
ertaroq. U bari bir
choy qaynatib, achchiq
qilib damladi. Issiq-
issiq bosib, ikki-uch
piyola ichdi. Biroz
orom olgandek boʻldi.
Yuk zalvoridan yelka
va ikkala qoʻli
ogʻriyotganini endi
sezdi. Boshiga kelgan
bir oʻydan dili
yorishib, pul
dastalarini tartib bilan
taxlay ketdi. Va
beixtiyor taxlamlar
Misr ehromi shaklini
ola boshladi. Hademay
katta-kichik uch
ehrom bunyod boʻldi.
Bu oʻyinga berilib,
ehromlarni
buzgancha, turli
shakllar tuzishga
oʻtdi... Iya, xona
sahnini shu chiroyli
pul qogʻozlari bilan
bezab chiqsa nima
boʻladi? Xontaxtani
ayvonga olib chiqib
qoʻydi. Pul dastasi
belbogʻlarini yirtib
tashlab, har bir
shildiroq pul
qogʻozini did bilan
terib chiqa boshladi:
besh soʻmliklar bir
qator, oʻn soʻmliklar
bir qator. Chiroyli
naqshlar tartib bilan
takrorlanib, butun
xona sathiga ajoyib
chiroy baxsh etdi.
Sohib oʻzi kashf etgan
pul-gilamdan gʻoyat
zavqlanib ketdi.
«Shukronaning lol
qolishi aniq, — dilidan
oʻtkazdi u. —
Bolalarni xonaga
kiritmayman».
Sohib katga yastanib,
shirin xayollar
ogʻushiga choʻmdi.
Uning koʻzi ilingan
edi...
— Sohibjon aka! Huv,
Sohib aka! Uydamisiz?
Qoʻshnisi
Shotursunning
tovushidan seskanib
uygʻongan Sohib to
hushyor tortib oʻziga
kelguncha, xona
eshigi lang ochildi.
Chiroq nurlarida ming
tovlanayotgan pul-
gilamdan ong-tong
qotib qolgan
Shotursunning
koʻzlari soqqasidan
chiqqunday
chaqchaydi, basharasi
boʻzardi, tili aylanmay
qoldi. Bir lahza
boʻzarib turgach,
tutila-tutila:
— Eshik ochiq ekan...
Ikki-uch chaqirdim...
— oʻzini oqlaganday
gʻoʻldiradi Shotursun.
— Keyin xavotir olib
kirib kelaverdim... Men
bilmadim... Axir, yon
qoʻshni... — doimo
takrorlaydigan sevimli
matalini bu safar chala
qoldirgan qoʻshni
qandaydir yovqarash
bilan Sohib koʻziga bir
zum tikildi-da, orqaga
tisarildi. «Bir uy toʻla
pul. Hammasi yap-
yangi! Qaerdan ular?
Nega yoyilgan? Yo
yasamani shunday
quritayaptimi?» Ana
shularni xayolidan
oʻtkazgan Shotursun
ochiq darvoza tomon
jadal yoʻllandi.
Shotursun
koʻzlaridagi tahlika,
xatti-harakatlari,
tilidagi hayajon va
qoʻrquv Sohibga ham
koʻchdi.
Shotursunning chala-
chulpa gʻoʻldirashi,
salom-alik ham qilmay
joʻnab qolishi Sohib
diliga gʻashlik soldi:
nimaga keldi, nega
maqsadini aytmay
orqaga qaytdi?
Ehtimol, xonaga
toʻshalgan qogʻoz
pullar uni larzaga
solgandir? Unga
tushuntirmoq kerak!
Sohib zudlik bilan
Shotursunning
orqasidan hovliga
chiqdi. U darvoza
boʻsagʻasiga borib
qolgan edi.
— Hov qoʻshni!
Shoshmang, toʻxtang!
Hammasini
tushuntiraman, jon
qoʻshni...
Shotursun uni
eshitdimi-eshitmadimi,
hoynahoy, qayrilib
ham qaramadi.
«Nimasini
tushuntirasan, qallob!
Shundoq ham koʻrinib
turibdi-ku! Jon
qoʻshni emish!..» —
dilidan oʻtkazdi u.
Hovlidan chiqib,
darvozani zich yopdi.
Oshigʻich oʻz uyiga
kirib, vajohat bilan
telefon goʻshagini
yulqib oldi...
* * *
Mahalla oqsoqoli va
uning kotibasi,
guzarda mehmonlarni
— mirshablarni kutib
olishdi. Boshliq
oqsoqol bilan oʻzaro
ikki-uch ogʻiz
gaplashdi, qandaydir
qogʻozlarni koʻrsatib,
nimalarnidir uqdirdi
va birgalikda
moshinaga qayta
oʻtirib, toʻgʻri
Sohibning hovlisiga
yoʻl olishdi. Ikkinchi
moshinada mirshablar
bilan birga kotiba ham
yetib keldi.
Qoʻngʻiroqni
jiringlatmasdanoq
toʻgʻri hovliga
kirishdi. Boshliq
soatiga qaradi. Oʻn
toʻrtdan yetti daqiqa
oʻtibdi.
Avvaldan kelishilgan
chogʻi, kelganlar gap-
soʻzsiz ikki guruhga
boʻlinishdi. Boshliq
rahbarligidagi ikki
xodim xonalar tomon
yoʻnaldi. Oqsoqol va
kotibaga
gapirmanglar
ishorasini qilishdi.
Kapitan Qodirov qoʻli
ostidagi ikkinchi
guruh qandaydir
asboblarni sozlab hovli
etagidagi oshxona va
boshqa uychalarga
qarab yurishdi.
Boshliq kapitanga
yertoʻla boʻlsa, ularni
ham tekshiringlar, deb
tayinladi.
Bu orada pul-gilam
toʻshalgan xonadagi
katda oʻychan
oʻtirgan Sohib
hovlidagi olagʻovurni
eshitib chiqqach,
mirshab kiyimidagi
kishilar, kotiba va
oqsoqolni koʻrib
taajjubga tushdi, yuz-
koʻzida qoʻrquv
alomatlari paydo
boʻldi, rangi oqarib
ketdi. «Bolalarimga
biror narsa boʻldimi?
Yo Shukrona...» —
ichki titroq bilan
oʻyladi u.
Mahalla oqsoqoli Sohib
yuzidagi hayrat va
tashvishni sezdi
shekilli, uni
tinchlantirish niyatida
muloyimlik bilan hol-
ahvol soʻradi-da:
— Bular ayrim
masalalarni aniqlash
uchun kelishibdi, —
deb yonidagi Boshliq
va qolgan mirshab
xodimlariga ishora
qildi.
Boshliq Sohib qoshiga
bordi, qoʻl berib
koʻrishdi. Ismi
sharifini, hozir uyda
yana kim borligini
surishtirdi. Soʻng
tintuv qilish uchun
ruxsatnoma borligini
aytib, uni koʻkrak
choʻntagidan chiqazib
koʻrsatdi. Sohib garchi
varaqni olib koʻz
yugurtirgan boʻlsa-da,
hech narsa oʻqiy
olmadi, koʻzlari tinib,
harflar jimirlashib
ketdi.
— Qani, xonalarga
boshlang! — dedi
Boshliq. Soʻngra
oqsoqol va kotibaga
qarab: — Iltimos,
chalgʻitmanglar.
Hamma narsani eslab
qolishga harakat
qilinglar. Koʻrgan —
eshitganlaringizga
guvoh boʻlasizlar,
voqea yuzasidan
bayonnoma —
qaydnomalar tuzamiz,
sizlar ham imzo
chekasizlar. —
Guvohlarning bosh
irgʻashini koʻrgach:
— Ha aytgandek, anavi
yon qoʻshnini ham
tezda chaqirib
chiqing! — deb
xodimlarning biriga
buyurdi.
Hali oʻziga kela
olmagan Sohib ularni
beixtiyor xonalar
boʻylab boshladi.
Boshliq oʻng va soʻl
xonalarga shunchaki
qaragan boʻlib,
toʻgʻri dahliz
boshidagi eshikka
roʻpara keldi-da,
dagʻal ovozda:
— Nega bu xona
qulflangan? — dedi.
Bu oʻsha pul-gilam
toʻshalgan xona edi.
Ammo qulfloq emas,
eshik zich yopilgan
edi, xolos. Sohib
eshikni lang ochib
yubordi. Kelganlar
koʻz oʻngida chiroq
nurida tovlanib,
sernaqsh gilamdek
yashnab turgan bir uy
pul namoyon boʻldi.
Kotiba beixtiyor
«Voy!» deb yubordi,
oqsoqol hayratdan
qotdi, uning
koʻzlarigina tinimsiz
pirpirardi. Boshliq
xuddi har kuni
bunaqa pul toʻshalgan
xonalarni koʻrib
yurgandek, darhol
sergak tortdi va
guvohlarga diqqat
bilan qarashlarini yana
bir bor tayinladi.
Xodimlarining biriga
mufassal bayonnoma
tuzishni topshirdi.
Boshqa xodim
xonaning boʻyi va
enini oʻlchadi,
jihozlarni birma-bir
suvratga oldi. Xususan,
xona sahniga terib
chiqilgan pullarni turli
masofadan suvratga
tushira boshladi.
Sohibning oʻzini
tutishini diqqat bilan
kuzatarkan, Boshliq
birdan eslagan boʻlib:
— Yon qoʻshni
chiqdimi? — deb
soʻrab qoldi. Xuddi
shu payt xonaga
iymanib, Shotursun
kirdi va boshini
beoʻxshov qimirlatdi.
Uning avzoyidan
mamnunlik va
gʻolibona qoniqish
alomatlari koʻrinib
turardi. Sohib
beixtiyor unga qaradi.
Shunda Shotursun
oʻngʻaysizlanib, hatto
oʻzini aybdordek
sanab, koʻzini olib
qochdi. Bu oʻzgarish
Sohibni taajjubga
soldi. «Nega?» Shunda
miyasiga yalt etib bir
fikr keldi. Shubhani
aniqlamoq niyatida
Shotursunga tikilib
qaradi. Ammo ikki
qadrdon «jon
qoʻshni»ning koʻzlari
toʻqnash kelmadi.
Shunda Sohib gap
nimada ekanligini,
nimaga tintuv
oʻtkazilayotganini
tushungandek boʻldi-
da, birdan xaxolab
kulib yubordi. Shu
qadar qahqah otib
kuldiki, kotiba oʻzini
noqulay sezdi. Boshliq
oʻylanib qoldi,
xavotirlanib ne
xayollarga bormadi:
«Ustomonlik
qilmoqdami?»
Mirshablar ajabsinib,
undan nigohlarini
uzishmadi. Mahalla
oqsoqoli bir-ikki bor
tomogʻini qattiq qirib,
yoʻtalib qoʻydi. Faqat
Shotursungina
toshdek qotib turar
edi.
— Qoʻrqmanglar, es-
hushim joyida, — dedi
Sohib oʻzini kulgidan
toʻxtatishga tirishib.
— Aqldan ham
ozganim yoʻq! Lekin
kimningdir jinni
boʻlgani rost! Oʻzingiz
oʻylab koʻring, — u
Boshliqqa yuzlandi. —
Nahotki, shu pullar
yasama boʻlsa! Ana bu
burchakda pul
dastalarining bank
nomi, nazoratchi
muhri, hisobchi imzosi
va sanalar qayd qilib
qoʻyilgan qogʻoz
belbogʻlari yotibdi,
ularni oʻqib koʻring.
Sohibning gap-soʻzlari
biror shubhaga oʻrin
qoldirmaydigan
darajada tabiiy va
ma’nodor edi. U oʻzini
bosib olgan holda
xona kunjagidan bir
siqim qogʻoz
tasmasini olib,
xotirjamlik bilan
Boshliqqa uzatdi.
Boshliq avval
Sohibning koʻzlariga
tikilib qaradi, soʻng
sinchiklab qogʻozlarni
oʻqib chiqdi, ikki
donasini buklab,
koʻkrak choʻntagiga
solib qoʻydi. Gapi ta’sir
qilayotganini sezgan
Sohib jilmaygancha
nim istehzo bilan
davom etdi:
— Axir, pul yasash
osonmi?!.. Qolaversa,
qaysi ahmoq besh
soʻmlik yoki oʻn
soʻmlik pul yasar
ekan. Oʻn soʻmga
bitta qurut ham
bermaydi-ku! Bu
xonani toʻldirgan
pullar ellik ming
soʻmga ham yetmaydi.
Mening bir yillik ta’til
pulim. Ishonmasangiz
sim qoqib koʻring,
odamingizni yuboring.
Sohib bu dalillarni
aytgan sayin
Shotursunning rangi
oqarib, bezovtalanardi.
Sohibning kuyinib
tushuntirishlariga
Boshliq diqqat bilan
quloq tutdi. Engashib
bir siqim qogʻoz
pullarni oldi. Chindan
ham hammasi besh
soʻmlik va oʻn
soʻmlik... Chiroqqa
tutib, zehn soldi.
Xonani surgʻichlab,
yasama pullar
boʻyicha bosh
mutaxassislarni
chaqirmoqchi boʻlgan
Boshliqning fikri
oʻzgardi.
Koʻrganlaridan ruhiy
larzaga kelib, tinimsiz
pichirlab kalima
keltirayotgan
oqsoqolning yuziga
tabassum indi. Nuqul
«Tavba! Tavba» deb,
oʻzini chetga
olayotgan kotiba ham
endi jonlanib, nuqul
«Xayriyat! Xayriyat!»
derdi. Faqat Shotursun
hamon bezovta va
boʻzraygan alfozda
serrayib turardi.
Boshliq aslida juda
muloyim, dilkash
odam ekan. Telefonda
aytilgan chaquvga
ishonib adashgani,
vazifasi taqozosiga
koʻra hovlisiga
bostirib kirgani va
asossiz shubha-
gumonlar uchun
Sohibdan uzr soʻrashi
hammaning dilini
ravshan qildi.
Xush kayfiyatni hovlida
tekshiruv ishlarini
boshqarayotgan
kapitan Qodirov buzdi.
U shaxdam qadamlar
bilan Boshliq oldiga
kelib, uning qulogʻiga
nimalarnidir xavotir
ohangda pichirladi.
Kapitan Qodirov
xodimlari qoʻlidagi
asboblar doimiy
shovqinni qayd etib,
yaqin atrofda elektr
quvvati bilan
ishlayotgan qurilmalar
borligidan darak
berardi. Boshliq
oʻzgardi-qoldi: yana
oʻsha vajohatli
qiyofaga kirdi. U
ketayotgan kotibaga
biroz sabr kutib
turishni iltimos qildi-
da, guruhdan ajralib,
kapitan bilan hovli
etagiga yoʻl oldi.
Oshxonaga kirib, sirli
tovushni ilgʻash
uchun nafas olmay
quloq tutdi. U
xodimlar qoʻlidagi
asboblarga zehn solib
qaradi, nimalarnidir
surishtirdi. Qoʻshni
devor yoniga yaqinroq
borib, yana
asboblardagi
oʻzgarishlarni kuzatdi.
Kapitan unga
nimalarnidir
tushuntirdi.
Hovli chekkasida
qolgan oqsoqol va
boshqa xodimlardan
biroz chetroq turgan
Shotursun qulogʻini
qancha ding qilmasin,
bari bir, Boshliq bilan
Qodirov oʻrtasidagi
suhbatni ilgʻab
ololmadi, ammo ular
gap orasida
Shotursunning
molxonasi tomon
ishora qilayotganini
koʻrdi-yu, xavotirga
tushdi. Sohib bilan
sovuqqina xayr-
xushlashib, oqsoqol va
boshqalarga parvo
qilmay darvoza sari
qadam tashladi. Uning
orqasidan oqsoqol
tovush qildi, lekin
Shotursun
eshitmaganga olib,
yoʻlida davom etdi va
shoshilinch
darvozadan chiqib
ketdi.
Bu orada Boshliq
xodimlardan ikki-uch
odim uzoqlashib, uyali
telefonda qisqa-qisqa
gaplashdi.
— Xoʻp boʻladi!
Tushundim! —
degancha telefonni
oʻchirib, kapitanni
oʻzi tomon imladi va
qandaydir topshiriqlar
berdi. Bir zumda
mirshablar Boshliq
atrofiga toʻplanishib,
uning koʻrsatmalariga
quloq tutdilar.
Yolgʻizlanib qolgan
Sohib, oqsoqol va
kotiba bu
harakatlardan
hayratda edilar.
Xodimlaridan ajralib,
Boshliq ular qoshiga
kelib:
— Yana bir pas biz
bilan birga boʻlasizlar.
Qoʻshni hovliga ham
kirib chiqish zarurati
tugʻildi, — deb
oqsoqol va kotibaga
yuzlandi. Va
Shotursunning oʻz
hovlisiga shoshilinch
chiqib ketganini
eshitib, kapitanga
ishora qilib: — Qani,
ketdik! — dedi. Uch-
toʻrt qadam yurgach,
orqasiga qaytib,
hayratlanib turgan
Sohib bilan xayrlashdi,
nooʻrin bezovta
qilganligi uchun
kechirim ham soʻradi.
— Hechqisi yoʻq.
Bahonada siz bilan
tanishib oldik, — dedi
Sohib uni kuzatar
ekan.
Xijolat chekayotgan
Boshliq Sohib bilan
harbiychasiga
xayrlashdi. Ildam
qadamlar bilan bu
darvozadan chiqib,
yon darvozaga kapitan
va xodimlarning
orqasidan kirib bordi,
odati boʻyicha qoʻl
soatiga qaradi: oʻn
toʻrtdan ellik uch
daqiqa oʻtibdi.
Yolgʻiz qolgan Sohib
bolalari va Shukrona
kelguncha
mirshablarning chiqib
ketganlaridan xursand
boʻldi, yoʻqsa,
ularning qoʻrqib
ketishlari aniq edi.
Oradan chorak soat
oʻtar-oʻtmas haligi
xodimlardan biri
eshikni jiringlatdi.
Tezlik bilan kechgan
soʻnggi voqealarni
hayrat bilan koʻz
oldida xayolan
jonlantirayotgan Sohib
faqat uchinchi
qoʻngʻiroqni
eshitgandan keyingina
darvozaga bordi.
Xodim uni
Shotursunning uyiga
taklif etishayotganini
aytdi.
— Tinchlikmi? Nima
gap? — soʻradi
xodimdan. U biroz
ikkilanib turib:
— Qoʻshningiz
molxonasining
yertoʻlasidan atlas
toʻqiydigan
dastgohlar chiqdi.
Yashirin korxona
ochgan ekan-da.
Shunga sizni ham
guvohlikka
chaqirishayapti, —
dedi. Sohib gap
nimada ekanligini
daf’atan idrok eta
olmadi, ammo
noqonuniy ish
yuzasidan guvohlikka
taklif etishayotganini
tushunib turardi. Atlas
toʻqiydigan
dastgohlar haqidagi
nogahoniy xabar esa
koʻchib kelgan kezlari
boshini qotirgan
oʻsha sirli «gʻiyq-
gʻaqq» degan
tovushni eslatdi. Qattiq
charchaganini va hozir
bolalari maktabdan
kelib qolishlarini
bahona qilib,
qoʻshninikiga
chiqmadi. U toʻgʻri
borib, pul-gilam
toʻshalgan xonaga
kirdi, gilamning
koʻpgina naqshlari
buzilib ketgan edi,
pullarni qaytadan terib
chiqib, tuzatgan
boʻldi. Hademay u
san’atini xotini va
bolalariga tortiq
qiladi... Ertasiga
Shukrona: «Toʻrt kishi
kechayu kunduz atlas
toʻqish bilan band
ekan. Dastgohlarni va
qanchadan-qancha
atlasu shohilarni
musodara qilishibdi,
Shotursun va uning
xufiya ishchilarini olib
ketishibdi», — degan
gap topib keldi
Смс Шерлар