Главная » Hikoyalar » Iztirob (hikoya)
Iztirob (hikoya)

Iztirob (hikoya)

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Iztirob (hikoya)
  • Дата релиза: 24-02-16, 22:23
Iztirob (hikoya)
Tun yarmida daxshatli tushimdan uyg'onib ketdim, atrofda sukunat, faqat qishloqning olis olislarida itlar uvlaydi, tushim shunchalik daxshatli ediki uyg'onganimda nigohim to'la istirob edi. Tushimda kelajakni ko'ribman xa aynan kelajagimni ko'ribman, hozir intilgan xamma narsamga erishgan emishman, boylik qimmat baho moshina, qasr, obro' hamma hammasiga, uyimda qandaydir ziyofat emish, yonimda yengiltak ayollar, atrofimda, soxta mexribonlar, "avval salomimga alik olmaganlar, endi alikimga zor emish" ziyofat tugabdi-yu menga nimadir bo'lib xonam burchagida yolg'iz o'tirgancha istirob chekarmishman, shuda birdan osmon gumbirlib, momoqaldiroq bo'lib yomg'ir sharros qayarmish, men huddi bir narsasini yo'qotib qo'ygan odamdek o'zimni ko'chaga uribman. Ko'chada yomg'ir ostida yugurib borarkanman, atrof to'la dayuslar, yo'l chetida faqat foxishalar, xilvatlarda faxshlar emish! Shunda men yugurib yugurib o'sha hamma narsa sadoqat, baxt, muhabbat sotiladigan dunyo bozoriga borib qolibman, bozorda yugurgancha tinmay aylanib faqat bir narsani qidirar emishman, har bir sotuvchiga borib u narsani so'rarkanman, ularning javobi deyarli bir hil ekan, "hozirgi zamonda u narsani topaolmaysiz mana o'rniga sadoqat oling soxta imon oling lekin u narsa yo'q, agar bo'lsa xam juda qimmat turadi" men sotuvchilar har biriga bor boyligimni beraman menga faqat shu narsa kerak dermishman, osmondan esa tinmay sharros yomg'ir quyarmish, bozorda izlaganim topaolmagach bozor o'rtasida cho'k tushib baqira ketibman, menga faqat shu narsa kerak, deb. Shunda farishta simosidagi bir go'zal qiz paydo bo'libdi. U juda go'zal ekan-u lekin ko'zlari mungli ekan, haligi qiz menga yaqin kelibdi-da ohista bag'riga bosib pichirlabdi, siz izlayotgan narsani faqat bozor chetidagi mayda-chuyda sotib o'tiradigan ayol sotadi, debdi. Shunda men o'sha tarafga qarab yugirib ketibman va o'sha ayolning yoniga borib o'sha izlayotgan narsamni undan so'rabman, necha pul desangiz beraman menga soting debman, u ayol esa juldir kiyingan faqirlarga u narsani azgina azginadan tekin ulashib o'tirarkan, birdan meni quvib solibdi, senga o'xshagan boylarga sotmayman yo'qol buyerdan debdi. Osmondan tinmay sharros yomg'ir quyarmish men yugurgancha uyimga o'sha qasrimga kelib, bor boyliklarimni olibman-u qasrga o't qo'yib yuboribman, endi shivirlab mayus yog'ayotgan yomg'ir ostida uyim gurillab yonarmish, men esa qo'limda bor boylik zebu-ziynatlarim bilan ko'cha chetida juldir kiyingan tilanchi yoniga borib bor boyligimni uni juldir kiyimlariga alishibman. Juldir kiyimda yana o'sha dunyo bozoriga yana o'sha bozor chetidagi sotuvchi ayol yoniga bir axvolda borib, iltimos xolajon menga bir chindin mexr soting, deb yig'laganmishman! Dunyo bozoridan qidrganim MEXR, menga yo'l ko'rsatgan go'zal qiz SEVGI, o'sha dunyo bozorini bir burchagida juldir kiyinganlarga mexr ulashib o'tirgan ayol esa ONA edi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: