Jannat tuprog'i
- Категории: Hikoyalar
- Название: Jannat tuprog'i
- Дата релиза: 24-01-16, 23:03
Bir kuni bolalarga arab tilidan dars o'tadigan muallim o'quvchilardan imtihon olibdi.Imtihon javoblarini tekshirgach, javob varaqalarini yana o'zlariga tarqatibdi.Shunda o'quvchilardan biri:
- Ustoz mening javoblarimga zarracha ham tuzatish qo'ymagansiz barchasini to'g'ri bajarganim ko'rinib turibdi.Ammo menga o'n balldan sakkiz ball qo'yibsiz?!-deb so'radi.Muallim:
-Sening so'z tuzishdagi kamchiliging tufayli ikki ball kam qo'ydim,-deb javob beribdi.
-Men o'n ball olishni xohlayman,-deb ustozi bilan tortishib qolibdi o'quvchi.
Haqiqatan ham u imtihondagi barcha savollarga to'g'ri javob bergan va yozma ishni ham juda yaxshi yozgan edi.Biroq muallim uning sinfdagi eng iqtidorli va a'lochi o'quvchi ekanini tan olgisi kelmayotgan edi.Ustoz o'quvchiga:
-"Agar menga Jannat tuprog'idan olib kelsang, senga o'n ball qo'yib beraman,-deb shart qo'ydi.
Ustoz bu sharti bilan o'quvchini chorasiz qoldirishni va o'n ball qo'ymaslikni xohlayotgan edi.
Ertasi kuni o'quvchi muallimga hamyonni to'ldirib tuproq olib keldi.Ustoz undan:
-Bu nima?-deb so'radi.
-Jannat tuprog'i,-javob berdi o'quvchi.
-Qayerdan olding buni?-deb hayron bo'ldi ustoz.
O'quvchi shunday javob berdi :
- Onamni tuproq ustidan yurgizdim va o'sha tuproqdan hamyonga solib olib keldim.Esingizda bo'lsa bir kuni bizga "JANNAT ONALAR OYOG'I OSTIDADIR",-degan hadisni aytgan edingiz.
Bu javobni eshitgan ustoz nima qilishini bilmay,dovdirab qolibdi.Keyin esa shogirdini zakovatiyu, farosatiga qoyil qolib, unga o'n ball qo'yib beribdi...
Смс Шерлар