KATTA YuRAKLI DUGONAMGA KIChKINA XAT
- Категории: Hikoyalar
- Название: KATTA YuRAKLI DUGONAMGA KIChKINA XAT
- Дата релиза: 28-08-17, 19:47
Azizam, shu kunlarda biram chiroylisanki, telefonimga yuborgan rasmlaringni tomosha qilib turib, nahotki shu qiz o`zim 9 yildan beri bilgan o`rtog`im bo`lsa, deb ikkilanib qolaman.
Ha, o`zing aytgandek, «Xor bo`lganlar o`ziga zor qilish yo`lini topar ekan...» Aslida «xor bo`lish» degan so`z birikmani ishlatishga aqlim ham, qo`lim ham bormaydi, rost. Lekin sendek dili toza, quvnoq, atrofidagilarga faqat yaxshilik sog`inadigan qizning bir betayin va betiyiqning qo`lida chindan ham xor bo`lganingni eslasam, «Nimaga axir, u bunga munosib emasdi-ku?!» deb baqirgim keladi. Shunday paytlarda yigit kishilardan jahlim chiqib ketadi: nega yaxshi qizlarni hayotdan norozi qilasiz? Nega ularning baxtini poymol qilasiz? Vijdon, iymon, nikohga qasam — bular qayoqda qoldi? Farzandga hurmat va shukr-chi?
Nozikkina vujudingda katta yurak asrayotganingni bilaman. Bir necha oygina davom etgan oilaviy hayotingda bir yorug` kun bo`lmaganini ham bilaman. O`rningda boshqasi oylab yig`lashi mumkinligi holda sen jimgina, kulimsirab, «Ha, endi, tabiatimiz to`g`ri kelmadi-da», deb qo`ya qolishingga hayron qolaman. Ha, sen o`zingni idora qilishni bilding! Dod solmading, narigi tomonga ig`volar to`qimading, fitnalar uyushtirmading, boshqalarga o`xshab mag`zava ag`darmading. Yana o`zingning falsafangga ko`ra, «Chiroyli to`y qilishni bilganlar chiroyli ajrashishni ham bilishi kerak», deding va shunga amal qilding. Holbuki, vujudingda besh oylik homila, oxiriga etmagan o`qish, topshirilmagan imtihonlar, oldinda turgan diplom himoyasi, bu yoqda yana ruhiy ezilishlar — hamma-hammasi quyundek kelib seni zabtiga oldi. O`sha paytda senga ruhiy madad, ko`mak, tasalli kerakligini his qilsam ham, yoningga istagan paytda etib borolmadim, yoki qo`ng`iroq qilib ruhingni ko`tarishga harakat qilmadim. O`ylab qarasam, men har doim o`zini o`ylaydigan o`rtoq bo`lgan ekanman. Chunki shu paytgacha doim men — so`zlovchi, sen — tinglovchi bo`lgansan. Qachon qarama, faqat men o`zimning quvonch-tashvishlarimdan so`zlabman, lekin biror marta «Qani gapir, o`zingda nima gaplar?» deyishga yaramabman. Sen ham so`ramagunimcha aytmaysan, bekorga seni Yoriltosh demayman-da! Shu kichkinagina umrimda ozmi-ko`pmi tanish-bilish, do`st-dugona orttirdim, ammo atrofimdagi dili bilan tili bir inson faqat sen ekaningga ko`p bor amin bo`ldim. Aslida ismingning ma`nosi ham «dili chiroyli qiz» degan mazmunni beradi. Bugun oppoqqina, momiqqina, ko`zlari marjon-marjon polvonchaning nozikkina, quvnoqqina, biroq ruhan kuchli onasisan! Barcha umidlaringni, orzularingni shu arjumanding tole`ida ko`rasan, nasib, albatta, shunday bo`ladi!
Ba`zan arzimagan muammolarimdan so`zlab, senga dardi hol qilaman-u, keyin dami chiqqan pufakdek bo`shashib, engillashib qolaman. Sening birgina «Qo`ysang-chi, shunga shunchami?» degancha qo`l silkib, shahdim va jahlimdan tushirib qo`yishingga ishonib qolganman-da…
Ertaga tug`ilgan kuning. Har safar tug`ilgan kunimda bir kun avvaldan tabriklashni boshlaysan. Sovg`a-salom uchun hech nimangni ayamaysan. Men o`zimning ro`zg`orim, bolalarim tashvishlari bilan amallab tabrik jo`natgandek bo`laman. Bo`yim cho`kib, aqlim oshib, yoshim kattarib borgan sari odamning odamdan farqini anglab borayapman va eng yaxshi do`stimga bo`lgan munosabatimni darhol o`zgartirishim kerakligini tushunayapman...
Hamisha yonimda va yodimda bo`lgansan, azizam dugonam! Yo`qolib qolsam, yo`qlamay qo`ysam, biror marta mendan gina qilmay, hamisha quchoq ochib kutib olgan, so`zga zor bo`lsam, gap bergan, pulga ehtiyoj qilsam, borini uzatgan, yutuqlarimdan astoydil quvongan chinakam do`stim, tug`ilgan kuning muborak bo`lsin! Sen bugun hammadan chiroylisan, hammadan ham sevimlisan! Ertaga bundan ham baxtli bo`lishingni tilayman! Tez orada chinakam taqdiring kelishiga va o`zingga munosib Baxtni qarshilashingga ishonaman! Dili chiroyliginam, tili soddaginam, kichkinagina, ammo katta yurakli, farzandini ham ota, ham ona bo`lib ulg`aytirayotgan dugonaginam, ruhingni cho`ktirma, kuchli ekaningni isbotlagansan, endi baxtli ekaningni ham ko`rsatib qo`y!
AZIZANG
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар