Главная » Hikoyalar » Kattalarni kim tarbiyalaydi?
Kattalarni kim tarbiyalaydi?

Kattalarni kim tarbiyalaydi?

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Kattalarni kim tarbiyalaydi?
  • Дата релиза: 15-06-14, 16:04
Kattalarni kim tarbiyalaydi?
Tarbiya deganda, asosan
yoshlarni tarbiyalashni nazarda
tutamiz. Go'yoki hamma qonun-
qoidalaru ahloqiy, ma'naviy
tartibotlar barchasi faqat
yoshlar uchun o'ylab
chiqarilgandek. Barkamol avlod
tarbiyasi, deya jar solamiz. Lekin
kattalar-chi? Ularni kim
tarbiyalaydi? Ma'lum ma'noda,
kattalarni yosh bolalar tarbiyalar
ekan.
Esimda, qizimni bolalar
bog'chasiga berib ishga
ketardim. Shanba kunlari ham
ishlardim. Bilsam, ana shu
shanba qizim uchun eng og'ir
kunlardan biri bo'larkan. Sababi,
boshqa bolalar bu kun
bog'chaga kelmas, faqat ayrim
sanoqli - onalari ishlaydigan
bolalargina kelar va bu kun juda
zerikarli o'tarkan. Soat 12 dan
kech qolsangiz, tarbiyachilar
bolangizni qorovulga qoldirib
ketib qolishadi. Sarsonlik,
mavhumlik, muhimi, qo'rquv
bola qalbini egallaydi. Shanba
kuni ertalab bog'chadan ketar
ekanman, qizim qayta-qayta
tayinlardi:
- Vaqtli kelib olasiz-a meni?
- Albatta, vaqtli kelaman.
- Aldamang, yolg'on
gapirganlarni Xudo jazolaydi, -
ogohlantirdi qizim. 3-4 yoshli
bolaning tafakkuri meni
o'ylantirdi. Unga hech qachon
yolg'on gapirmaslikka
urinaman. Axir bolam oyim
Xudodan qo'rqmas ekan,
yolg'onchi ekan, deb o'ylashi
yaxshilikka olib kelmasligini
bilaman. Bolam meni
rostgo'ylikka o'rgatdi.
"Aldagani bola yaxshi" degan
gapni yomon ko'rib ketaman.
Lekin hayotda bolaning
himoyasiz, kichikligidan
foydalanib aldayotganlar
qancha? Oddiy misol: qassob
do'koniga o'zingiz chiqsangiz,
go'shtni chiroyli qilib tortib
berishadi, agar bolangizni
chiqarsangiz, xuddi shu pulga
go'sht qilib berishmaydi. Bola-
da, u nimani bilardi, aldasa
bo'laveradi. Lekin shu bolaning
ortida ota-onasi turibdi-ku.
Bolaning qalbi-chi?
"Seni ertaga kinoga, boqqa olib
boraman yoki morojniy olib
beraman" deb bu va'dani
bajarmasangiz, sizga odatiy
holdek tuyulishi mumkin. Bolaga
esa bu katta zarba keltiradi.
Bolalar, ko'pincha, biz
kattalardan ko'ra tartibliroq
tuyuladi menga. Yana o'zimning
hayotimdan misol keltiraman.
Yuqorida aytgan qizim ikki
yoshga bormagan edi chamasi,
chunki hali gap tuzib, kelishiklar
o'rnini to'g'ri qo'yib
gapirolmasdi. Dadasi ishdan
kelganida: "boyottani
tettik" ("morojniyga ketdik")
dedi. Tarjima qilib berdim.
Dadasi, bugun charchadim,
ertaga ishdan kelib olib
boraman, dedilar. Shu bilan bola
indamadi. Ertasi kuni xuddi shu
vaqtda bir sutka davomida
xarxasha qilmagan bola ishdan
kelishlari bilan yana: "boyottani
tettik" dedi. Bu ahamiyatsizdek
tuyular balki, lekin ikki yashar
bolada bor bo'lgan sabr biz
kattalarda bormikin, deb o'ylab
ham qolaman. Bolam meni
sabrga o'rgatdi.
Birinchi marta aldangan bola
ko'zida ma'yuslik, yuragiga
cho'kkan og'ir toshning vaznini
his etib ko'rganmisiz? Ba'zan
ijodkor bolalar turli tanlovlarda,
tadbirlarda qatnashishadi.
Ba'zilariga kattalar sen chiqib
she'r o'qiysan yoki falon
tanlovda qatnashasan, deb
aldab keyin o'rniga boshqasini
chiqarib yuborganda bu
bolalarning qalbi vayron
bo'lgani haqiqat emasmi?
Dunyoda haqiqat yo'q ekan,
degan xulosani biz paydo
qilmayapmizmi? Himoyasiz bola,
kattalar qarshisida ahamiyatsiz,
murg'ak vujud bag'rida isyon,
alamzadalik va yomonlik
ulg'aymasligiga kim kafolat
beradi? Yoki boy o'rtog'i o'ynab
turgan kambag'al bolaning
kamsitilgan holatidagi ahvolini
tasavvur qilganmisiz?
Bir qo'shnimiz bo'lardi, boy edi.
O'sha vaqtning eng yaxshi
mashinasi bo'lgan "Jiguli"(06)si
bor edi. Ishdan qaytar ekan,
ko'chada o'rtog'i bilan
o'ynayotgan o'g'lini mashinaga
chiqarib oladi. "Dada, o'rtog'im-
chi, u qoladimi?" degan savolga
dadasining: "Mashinamni
sening kambag'al o'rtoqlaringni
chiqarish uchun olmaganman!"
degan javobidan ikkala
bolaning ham qalbi vayron
bo'lgan edi.
Ha, kattalar bolalardan ko'ra
tarbiyali emas, degim keladi
shunaqa paytlarda! Hamma
pandu nasihat, hamma va'zlar
yoshlar uchunmas, balki, avvalo,
kattalarning o'ziga tegishli
ekanini unutmasak edi.
Balog'atga yetib qolgan yoshlar
ham ba'zan kattalardan aqlliroq
va odobliroq, tarbiyaliroq
tuyuladi. Ko'chada mast bo'lib
tentiragan katta odam kitob
mutolaa qilayotgan boladan
tarbiyali bo'lmasa kerak. Biz esa
ommaviy madaniyat degan
balodan farzandlarimizni
saqlaymiz, ularni g'arbning
xurujidan asrash kerak, deb
yotibmiz. Yo'q, hamma narsa
asosga, ildizga bog'liq. Agar ildiz
baquvvat, tuproq unumdor,
parvarish yaxshi bo'lsa, boshiga
yoqqan jalayu qorlar unga ta'sir
etolmaydi.
Bir maktabning peshtoqiga
"Tarbiya nasihat emas, ibratdir"
deb yozib qo'yilganini ko'rdim.
Bajarilishi eng oson va yomon
qabul qilinadigan ikki narsa bor:
biri maslahat berish, ikkinchisi
nasihat qilish. Maslahat berib,
nasihat qilib birovga yomon
ko'ringandan, ibrat ko'rsatib
mehrga sazovor bo'lgan
afzalroqdir. Yoshlarga doim
pandu nasihatdan tinmagan,
diniy tarbiya berayotgan,
e'tiqodli deb bilganim
ayrimlarning ham sudxo'rlik
bilan shug'ullanayotganini
ko'rib qolsam, o'sha odamlar
haqidagi barcha muqaddas
sanagan tuyg'ularim parcha-
parcha bo'ladi. Bundan yomoni
yo'q axir, siz intilayotgan, siz
bilgan muqaddas odamlar, ya'ni
e'tiqodingiz parchalanib ketsa,
dovdirab qolmaysizmi? Ilmiga
amal qilish shu qadar mushkul
ekan, yoshlarga nasihat qilib
nima qiladi, degim keladi. Asling
kabi ko'rin, yo ko'ringaning
kabi bo'l, hikmatining mag'zini
chaqsak, kattalarni sarakka
emas, puchakka chiqarib
tashlagimiz kelib qolmaydimi?
Davrlar kechdi. Rangim somon
bo'ldi. Yaxshi va yomon kunlarni
ko'rdim. Omon-omon bo'ldi.
O'zimdan ko'paydim. Bag'rimni
to'ldirgan bolalarim bilan
dasturxon atrofida o'tirar
ekanman, nabiram Abdulla
kompyuteringizni o'ynagani
bering, deb xarxasha qiladi.
Unga birozdan keyin berishimni
aytaman. To'rt yoshga
bormagan nabiram esa
onasining bolalikdagi gaplarini
takrorlaydi:
- Aldamayapsizmi, buvi?!
Aldasangiz, Xudo jazolaydi!
Gulbahor Saidg'aniyeva

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: