Главная » Hikoyalar » Keling, birga yashaylik, dadajon! (hayotiy voqea​)
Keling, birga yashaylik, dadajon! (hayotiy voqea​)

Keling, birga yashaylik, dadajon! (hayotiy voqea​)

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Keling, birga yashaylik, dadajon! (hayotiy voqea​)
  • Дата релиза: 20-12-18, 22:15
Keling, birga yashaylik, dadajon! (hayotiy voqea​)
Yor-yor sadolari ostida davraga kirib kelgan kelin-kuyovning baxtini koʻrib koʻngillar orziqib ketadi. Qadira ham bir paytlar ana shunday betakror lahzalarni boshdan kechirgan edi. Hozir esa ajrashganiga sakkiz yil boʻldi. Negadir endi toʻylarga borishni istamay qolgan. Hamma uni qoʻlini bigiz koʻrsatayotgandek tuyilaveradi. Bugun majbur boʻldi: akasi kelin tushirayotgani uchun mezbonlar qatorida turishi kerak.

Aslida, ajrashishni istamagandi. Turmush oʻrtogʻi Baxtiyor onasining gapiga kirib, uni uydan haydagach ham oʻgʻli Bunyodbek uchun kechirim soʻrab, kelin boʻlib tushgan xonadoniga bir necha bor bordi. Bir gal darvozani ochgan qaynopasi:

— Senda oʻzi or-nomus bormi? Ukam sen bilan yashashni xohlamaydi, deb necha marta aytish kerak?! Boshqa bu yerga kelma! Aliment toʻlaydi, senga shu kerakmi? — deya oʻshqirib berdi. Shundan soʻng Qadira endi ortga yoʻl yoʻqligini angladi.

Baxtiyor esa darvoza ostonasida qoʻlida emizikli goʻdagi bilan turgan xotinini uyga kiritishga jurʼati yetmadi. Onasiga qarshi bosh koʻtara olmadi. Opasiga roʻzgʻorimga aralashmang deyolmadi. Otadan erta yetim qolganlari bois onasi ularni deb umri oʻtgani hurmati koʻnglini ranjitishdan qoʻrqdi.

Oradan bir oy oʻtib, Baxtiyorning kollejda oʻqiydigan qizga uylanganini aytishdi.

Qadira oʻgʻlini bagʻriga bosib, yum-yum yigʻladi. Oʻsha-oʻsha ota-onasining uyida yashab qoldi. Bunyodbekning tili chiqqach, otasi haqida soʻraydigan boʻldi. Ayniqsa, keyingi paytlar har kuni “Dadam qachon Rossiyadan keladi?” deb qiynaydi. Oʻzini kattalardek tutib, odamlarga qoʻshilolmay turgan oʻgʻlini kuzatarkan, Qadira oʻylanib qoldi: “Unga haqiqatni aytishim kerak”.

Toʻy avjida. Kimdir quda tomon mehmonlardan bir ayol sizni soʻrayapti, deb qoldi. Qadira balki biror narsa kerakdir, degan xayolda xabar keltirgan kishiga ergashdi. Mehmonlar stoliga yaqin bordi-yu, qaynonasini koʻrib qotib qoldi. Koʻrisharkan, koʻzlari jiqqa yoshga toʻldi. Odamlar orasidan onasini topib olib ergashib kelgan Bunyodbek yigʻlab koʻrishayotgan ayolning kimligini bilmagani bois tortinib turardi.

— Salomlash, bu kishi buving boʻladilar...

— Boʻylaringdan oʻrgilay bolam, Bunyodjonim... — Buvi bolaning peshonasidan oʻpdi. Uning issiq bagʻri bolakayga biram yoqimli tuyildiki, quvonganidan mahkam quchoqlab oldi.

— Dadang ham shu yerda.

Bunyod yalt etib onasiga qaradi. Qadira ilojsiz qolgani bois hech narsa deyolmadi. Sochlariga oq oralagan ayol odamlar orasidan baland boʻyli kelishgan odamni koʻrsatib: “Ana dadang”, dedi.

Toʻy yakuniga yetay deb qolgan, aksariyat kishilar shirakayf. Oʻgʻlining har zamonda kelib “Yuring, sizni bir kishi soʻrayapti”, degan gapidan bildiki, Baxtiyor chaqiryapti. “Akam koʻrib qolsa, nima deb oʻylaydi? Yoʻq, chiqa olmayman” xayolidan oʻtkazdi Qadira. Ammo koʻzlari moʻltirab turgan oʻgʻliga sir boy bergisi kelmadi.

— Kim ekan u? Boraver hozir chiqaman, – dedi.

Oradan besh daqiqa oʻtib, singlisi bilan yangasi kirib keldi. Koʻzlari jiqqa yosh.

— Turing, chiqmasangiz boʻlmaydi. Baxtiyor hammani yigʻlatdi, — dedi akasining xotini.

— Nega? — nahotki oʻgʻlimga otasi ekanligini aytdi.

— Bunyodbekni hali koʻtaradi, hali qoʻlidan ushlab ,bagʻriga bosadi. Akangiz oʻzi aytdi, chiqarkansiz.

— Farzandi yoʻq ekan-da. Xotini ham ketib qolibdi, — dedi Nazira gapga chechanlik qilib.

Musiqa sadolari tinib, toʻyxonada faqat mezbonlar qolishdi. Hamma hozir nimadir voqea sodir boʻlishini kutayotgandek edi. Bir chetdagi stolda Hazora opa oʻgʻli Baxtiyor bilan oʻtirar, ularning atrofida uch-toʻrt chogʻli kishi.

— Bu yer gapning oʻrni emas. Xudo xohlasa, ikki – uch kunda borib, Qodir akaning oldidan oʻtamiz, tushuntiramiz. Hayotda nimalar boʻlmaydi, Baxtiyorjon.

— Hech boʻlmasa, Qadiraning oʻzini chaqiring, hol–ahvol soʻray, boshqa bir soʻz desam, oʻlay agar...

— Bunyodbek ham hayron. Bola bechora...

Qadira akasining gapidan soʻng oʻzini qoʻlga oldi. Bunyodbekning qoʻlidan ushlab dadil yurib keldi-yu, stol oldida taqqa toʻxtadi.

— Assalomu aleykum, Baxtiyor aka. Mana biz keldik, - dedi. Ichida yigʻlamasligim kerak, degan oʻy kecharkan, kulimsirab davom ettirdi. Bu oʻgʻlingiz...

Bunyodbek koʻzlari chaqnab bir onasiga, bir unga qarab turgan hayratli nigohlarga boqdi-yu, oʻzini Baxtiyorning quchogʻiga otdi.

— Albatta, birga yashaymiz, meni kechir, meni kechir, Qadira! Ayb menda... Meni kechiringlar,

— Baxtiyor oʻgʻlini quchoqladi.

Otasiga mahkam yopishib olgan Bunyodbek uni qoʻyib yuborsa, yana ketib qoladigandek, har zamon “ketib qolmaysiz-a”, derdi.

Mana, Qadira kelin boʻlib tushgan xonadoniga qaytganiga ikki oy boʻlyapti. Xuddi 10 yil ilgarigi kelinlik davrlaridek iymanadi. Qaysidir ishi qaynonasiga yoqmay qolishidan qoʻrqadi. Biroq Hazora opa oʻn yil burungi qaynona emas, u endi hayotning sinovlarida pishgan, ancha bosiq, mulohazali onaga aylanib ulgurgandi. Mehmonga kelgan qizi nimadir demoqchi boʻlsa: “Jim, bir soʻz dema! Bu roʻzgʻorga qoʻshilma”, deb dakki berganini eshitib, shunday xulosaga keldi.

Qaynona rangi biroz siniqqan keliniga qaradi-yu, yuragi shuv etdi. Hazora opaning koʻziga kelini homiladorga oʻxshab koʻrindi. Nonushta dasturxoni yigʻilmay turib qoʻshni dugonasi kirib keldi.

— Assalomu alaykum, oʻtiribsizlarmi mehribongina boʻlib, aylanay?

— Qadiraxon, choy qoʻyib yuboring, shirinliklar chiqaring, — dedi dahlizning ochiq eshigiga qarab.

“Xoʻp boʻladi, hozir, oyijon”, degan ovoz keldi ichkaridan.

— Yanga, xudoning suygan bandasisiz-da. Endi koʻnglingiz xotirjam haj safariga boraversangiz boʻladi.

— E, oʻrgilay, qayda koʻnglimga sigʻadi,— dedi ovozini iloji boricha pastlatib.— Nozimaxonni oʻylayman. Baxtiyorimga turmushga chiqqach, ikki bolasi nobud boʻldi. Besh yil kutdik, boʻlmadi. Keyin boshqaga turmushga chiqqan, bilaman. Ammo oʻsha farzand koʻrib, baxtli boʻlmasa... men oʻzimni aybdor sanayveraman, — koʻzlari yoshlandi Hazora ayaning.

— Hali eshitmadingizmi? Nozimaxon ham ikkiqat ekan. Poliklinikada ukamning xotini ishlaydi. Oʻsha aytdi “Koʻchalaringizga tushgan kelinchak Nozimaxon homilador ekan, homilasini sogʻlom debdi «UZIda», dedi.

Eshik ortida qoʻlida patnis koʻtargan Qadira bu gaplarni eshitgach, iltijolari Allohga borib yetganidan xursand boʻldi. Beixtiyor tomchilagan koʻz yoshlarini artib, choyni qaytarib, qoʻshni ayolga uzatdi. Yuragi ostida baxt boʻlib, shodlik boʻlib, dunyoga kelayotgan mitti yurakcha duk-duk urib qoʻydi...

Mohira Shakarova,

“Oila” IAT markazining Buxoro viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: