Главная » Hikoyalar » Kelinoyimga xizmatkorman
Kelinoyimga xizmatkorman

Kelinoyimga xizmatkorman

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Kelinoyimga xizmatkorman
  • Дата релиза: 16-05-14, 00:49
Kelinoyimga xizmatkorman
- Yoshim yigirma uchda.
Tibbiyot kollejini tugatganman.
Oilada to'rt farzandmiz. Akam,
ikki nafar opam bor. Opalarim
allaqachon turmushga chiqib,
bola-choqali bo'lib ketishgan.
Akamning uylanganiga ham bir
necha yil bo'ldi. Uch farzandi
bor. Kelinoyim kojjejda
o'qituvchi bo'lib ishlaydi. Dars
bahona ertadan-kechgacha
kollejdan beri kelmaydi.
Ro'zg'or yumushlari
yetmaganidek, uning uch
bolasiga qarash ham mening
zimmamda. Kun bo'yi tinim
bilmayman. Kelinoyim kollejdan
keladi-yu, ovqatini yeyar-yemas,
"Ertangi darslarga
tayyorlanishim kerak", deya
uyiga kirib ketadi. Hatto idish-
tovoqni ham yuvay demaydi.
Bolalari biz bilan uxlaydi.
Aniqroq aytganda, onam
ikkalamiz kelinoyimga
xizmatkormiz. Onamga shikoyat
qilsam, "Qo'yaver, ro'zg'or
qilishni, bolaga qarashni
o'rganganing o'zingga foyda,
turmushga chiqsang,
qiynalmaysan", deydi. Onamning
gaplari to'g'ridir, lekin men
turmushga chiqib ketsam,
qo'lini sovuq suvga urmaydigan
kelinoyimning xizmatini oyim
qiladimi?! Shu narsa meni ko'p
tashvishga soladi. Kelinoyimga
gapiray desam, yana onam
yo'limni to'sadi. "Janjallashma,
kelin ignadek gapni tuyadek
qilib, oiladagi sirni ko'chaga olib
chiqadi. Bo'y yetgan qizsan,
kelinoying bilan teskari bo'lib
qolsang, seni harkimlarga
yomonlaydi. Bu hol taqdiringga
yomon ta'sir qilishi mumkin",
deydi.
Xullas, nima qilishni bilmay,
boshim qotgan. Kelinoyimga
gapirmay desam, u borgan sari
haddidan oshyapti. Nima qilsam,
kelinoyim o'z vazifasini eslarkin?
Nodira
Toshkent viloyati
- Albatta, akangizni bunday
qilmishini hech narsa bilan
oqlab bo'lmaydi. Nafaqat o'z
jigariga, balki begonalarga ham
nomardlarcha munosabatda
bo'lgan kimsalar har doim
nafratga loyiq. Ammo shuni
unutmangki, hech qachon
birovning haqqi birovga
buyurmaydi. Siz akangizni
kechirsangiz yoki
kechirmasangiz ham, qilmishi
uchun uning taqdirida, albatta,
jazo bor. O'shandagina akangiz
bu hatti-harakati xato ekanini
anglashi mumkin. Shunday
ekan, unga nisbatan kek saqlab
yurmaganingiz ma'qul. Ota-
onangiz to'g'ri aytishibdi,
kechirimli bo'ling. Chunki Alloh
ham kechirimli bandalarini
yaxshi ko'radi va ularni niyatiga
yetkazadi. Siz uchun bu, balki,
sinov bo'lgandir. Shu sinov
orqali aka niqobi ostidagi iblisni
tanib olish imkoniyati
tug'ilgandir. Ishonch ko'p
hollarda suiiste'mol qilinadi. Siz
ham tog'am, ammam yoki
jiyanim-ku, deya har kimlarga
ishonib ketavermang. Sababi,
manfaat bor joyda o'z vijdonini
ham yamlamay yutadiganlar
yo'q emas. Maslahatimiz, ota-
onangizning xohishini hurmat
qiling.
Onangiz to'g'ri aytibdi,
kelinoyisi bilan teskari bo'lib
qolgan qizlarning taqdiri har
doim ham ko'ngildagidek
kechmaydi. Chunki xalqimizda
ham "Yangasi maqtagan qizdan
qolma, onasi maqtaganini olma"
degan naql bor. Kelin yuz foiz
aybdor bo'lsa ham, ko'chaga
chiqib, "Qaynisinglim kun
bermaydi", desa, ko'pchilik
ishonadi. Chunki kelin chetdan
keladigan odam. Qaynona va
qaynisingillar esa shu xonadon
a'zolari, ya'ni "hukmronlar"
toifasidan sanaladi. Xuddi
boshqa joydan kelgan kishilar
mahalliy xalq bilan aralashib
ketishga biroz hadiksirab
turgani kabi kelinlarda ham
shunday holat yuz beradi. Ya'ni
chetdan kelgan kelinning oila
a'zolariga birdaniga zug'um
o'tkazishiga hech kim
ishonmaydi. Shunday ekan, siz
ham bardoshli bo'lishingizga
to'g'ri keladi. Albatta,
kelinoyingizni bu qadar
noinsofligi to'g'ri emas. Har
qanday sharoitda ham kelin o'z
vazifasini unutmasligi kerak.
Ammo o'zida fahm-farosat yo'q
bo'lsa, hech kim buni majburlab
singdirolmaydi. Yaxshisi, siz
ham ishga kiring. Axir ro'zg'or
yumushlaridan tashqari o'z
sohangiz bo'yicha malakangizni
oshirishingiz kerak-ku. Lekin bu
ro'zg'or ishlarining hammasini
onangiz o'z zimmasiga olishi
kerak, degani emas. Aksincha, u
kishi kelinoyingizga ro'zg'or
yuritishni, bola tarbiyalashni
asta-sekinlik bilan o'rgatib
borishi, ish oiladan ustun
emasligini anglatishi kerak.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: