Keyingi bekat – ayriliq!
- Категории: Hikoyalar
- Название: Keyingi bekat – ayriliq!
- Дата релиза: 08-04-17, 13:29
«Ehtiyot bo`ling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat Pushkin!»
Poezd qo`zg`agan onda Baxtiyor bir qalqib tushdi. Boshi vagon ichidagi tutqichga urildi. Peshonasini ushlab yon-veriga alangladi. «Hech kim ko`rmadimikin».
Ro`parasida allaqanday gazetani varaqlab o`tirgan ayoldan boshqa vagonda hech kim yo`q edi. Soat ham o`n birdan oshib qolgan. O`zi bunaqa paytda odam kam bo`ladi metroda?
Baxtiyor cho`ntagidan ro`molchasini chiqarib, lovullab turgan peshonasiga bosdi. Ishqilib, g`urra bo`lmasa go`rgaydi.
Beixtiyor qarshisidagi ayolga tikildi va... tanidi. Bu Saida! Xuddi o`shaning o`zi, boshqa birov bo`lishi mumkin emas.
— Saida!
Bu ismni beixtiyor tiliga ko`chirdi. Ayol cho`chib, avval ikki yoniga, keyin qarshisidagi yo`lovchiga qaradi:
— Baxtiyor!
— Siz...
— Ha... tuzukmisiz? Tanimabman.
— Shuncha yil o`tib, uchrashgan joyimizni qarang.
— Buyam taqdir-da!
Taqdir! Qanchalar qudratli va beomon kuch. Shu qadar qudratliki, butun insoniyat, zamonu makon uning izmida.
Baxtiyor bir paytlar qaerdadir o`qigan, alhol miyasiga kelib urilgan bu fikrdan o`zi ham dong qoldi. Chindan-da g`alati. O`n yil avval erning yuzasida turib, bir-biriga vido aytgan, bir-biridan ko`ngil uzgan ikki inson ayni damda er ostida baqamti kelib turishibdi. O`shanda kim o`ylabdi, deysiz...
— Saida, uydagilar tuzukmi? Bolalaringiz...
— Rahmat, xudoga shukur, o`zingiznikilar yaxshi yurishibdimi?
— Rahmat, Xudoga shukur!
Yana nima desin? Jim qolishdi. Qiziq, bir paytlar ikkovlari soatlab gaplashishar, vaqt g`izillab o`tganini sezmay qolishar, ularning nazarida vaqt ham, suhbat ham tuamaydigandek edi. Endi- chi. Ikki og`iz hol-ahvol so`rishgandan keyin gaprigani birorta so`z qolmagan bo`lsa?
Saida ko`zlarini qo`lidagi gazetaga qadadi. Bir nuqtaga qadalgan nigohlaridan hech narsa o`qimayotganini aniqlash qiyin emasdi. Baxtiyor ham unga termilgan kuyi nimalarnidir o`ylayotgani, o`zi istamagan holda xotiralar ummoniga g`arq bo`lgani ko`rinib turardi.
Saida! Bu ism bir paytlar uning fikru yodini, jismu jonini, butun borlig`ini zabt etgandi. Usiz hayotni, tiriklikni tasavvur qila olmay qolgandi. U o`zini bu dunyoga aynan Saida atalmish benazir xilqat bilan uchrashish, sevish va sevilish, foniy umrni faqat u bilan birga yashab o`tish uchun kelgan, deb bilardi o`sha paytlar.
O`sha paytlar... u bitiruvchi kursda, Saida esa birinchi kursda o`qirdi. Muhabbat tarixi boshqalarnikidan deyarli farqlanmasdi. O`qish bahona tanishishdi, ko`ngil qo`yishdi. Keyin darsdan keyingi uchrashuvlar, bog` sayri, kinoteatrning tomoshalari zalida kechgan baxtiyor damlar... Hamma-hammasi Baxtiyorning xotirasida bamisoli sandiq tagida saqlanadigan eng nodir buyumlar singari ehtiyotlab kelinardi.
Saida bilan kechgan mas`ud damlar bir kun kelib, ana shunday nodir xotiralarga aylanadi, degan o`y u paytlar xayolga ham kelmasdi. Birov unga Saida payti kelib, uniki emas, etti yot begonaning hasmiga aylanadi, desa, naq yoqasiga chang solgan bo`lardi. Ammo, na ilojki, yaralganning emas, Yaratganning irodasi muqarrardir.
Odatda bitiruv imtihonlarini topshirib, qo`liga diplom olgan sobiq talabaning oldida ikki yo`l turadi: yo shaharda qolib, biror tuzukroq ishga joylashish yo bo`lmasa, ko`ch-ko`ronni orqalab, qishloqqa qaytish. Albatta, shaharda qolishga imkoniyati, tuzukroq tanish-bilishi bor odam ikkinchi yo`lni tanlamaydi.
Baxtiyor oilada yolg`iz o`g`il edi. Ota-ona bittayu bitta jigarbandini o`zidan yiroqlatgisi kelmaydi. Qolaversa, shaharda qolishning ham o`ziga yarasha murakkab tomonlari bor. Ayniqsa, yotoqxonadagi «izzati» bitgan bitiruvchi o`ziga durustroq boshpana topishi kerak.
U allaqachon diplomni qo`ltiqqa qistirib, qishloqqa jo`navorgan bo`lardi. Hech bo`lmaganda, biror maktabga borib, tarixdan dars bera olishiga ko`zi etadi. Ammo, Saida-chi! Ota-onasi qizlarini chekka qishloqqa uzatishga ko`nisharmidi? Har qalay shahar va qishloq, shaharlik va qishloqi o`rtasidagi tafovut, baribir, bilinadi.
Nega bu haqda Baxtiyor ham, Saida ham sal ertaroq, kinoteatrning nimqorong`i zalida, xiyobonning xilvat burchaklarida yoki darsdan keyin huvillab qoladigan auditoriyalarda bir- birining pinjiga kirib o`tirgan paytlarda o`ylashmadi. Vaqti- soati kelib do`ppi tor kelganida, ikkoviyam nima qilarini bilmay qoldi.
Baxtiyor ota-onasining ra`yini besh qo`ldek bilardi. Muhabbati har qancha kuchli bo`lmasin, ularning xohishiga qarshi borishni o`ziga ep ko`rmaydi. Hamma gap qizning ota-onasida qolgandi. Saida uydagilar bilan maslahatlashib kelgan kuni aytgan gapi shu bo`ldi
— Adam bilan uchrasharkansiz!
Nufuzli idoraning quyiroq rutbadagi xodimi uni o`z kabinetida, xiyol tund kayfiyatda qarshi oldi. Gap boshlashdan avval ho`kizning qancha go`sht qilishini chamalagan qassobday yigitga boshdan oyoq sinchkov razm solib chiqdi.
— Qizim — meni eng katta boyligim, — dedi vazmin ohangda ota yigitning elkasi osha devorda ilingan allambalo jadvallarga ma`nosiz tikilib. — Shu paytgacha uning ko`ngliga qarab keldik. Qizimizning baxti uchun hamma narsaga rozimiz. Faqat u ko`zimizning o`ngida bo`lsa deymiz. Shaharda o`sgan qiz dalaning og`ir sharoitiga chidolmaydi. Hozir ko`ziga hech narsaga ko`rinmasligi mumkin. Lekin vaqti kelib, afsuslanib qolishini istamaymiz. Ikkinchidan, biz – xo`jalardanmiz. Sizlar-chi?
Baxtiyor ish bitirish ilinjida yolg`on gapirishga o`rganmagani uchun, ochig`ini aytib qo`ya qoldi:
— Yo`q, bizning na xo`ja, na said, na eshonlarga aloqamiz bor. Shu oddiy o`zbekmiz, xolos.
Otaning uzun bo`yni yana biroz cho`zilganddek, kibrli qiyofasi yanada takabburlik kasb etgandek bo`ldi:
– Unda xo`jalar qoralarga qiz bermasligini yaxshi bilasizlarmi?
Biladi, ba`zilar o`z suhbatdoshini mensimay sizlagisi kelmasa, negadir sensirashga ham tili bormasa, xuddi shu tarzda – ikkinchi shaxs, ko`plikda murojaat qilishini ham biladi.
— Mayli, men-ku odam ayirishni uncha xushlamamayman. Lekin baribir, qizimni Toshkentdan olib ketishlariga ikki dunyodayam yo`l qo`ymayman. Ana, xohlasanglar, shu erda qolinglar, tuzukroq ishga joylashib, uy-joy masalalarini hal qilinglar, ana undan keyin yana bir o`ylashib ko`rarmiz. Tushundinglarmi?
— Tushundik, dedi Baxtiyor istehzo bilan. — Endi biz ketaveraylikmi?..
Har qalay Saidaning otasi Baxtiyorga qanchalik noxush taassurot qoldirgan bo`lsa, kuyovlikka nomzod ham unda yaxshi fikr uyg`otmagani aniq edi. Qiz bilan keyingi uchrashuvdayoq hammasiga nuqta qo`yildi.
Hammasi qanchalar shiddatli, ehtirosli boshlangan bo`lsa, shu qadar tez va sovuqqonlik bilan yakun topdi.
Oxirgi uchrashuv chog`ida:
— Dadangiz bilan men bir-birimizga to`g`ri kelmadik, — deya dangal gap boshladi Baxtiyor. — Bizga o`xshagan qora xalq vakillari u kishiga mos kelmas ekan. Qolversa, qizlarini qishloqqa bermas ekanlar. Men esa ota-onamni tashlab kelgim yo`q.
O`shanda qizning nigohlarida chaqnagan qo`rquv, alam, hayrat va nafratning mushtarak aksi hamon Baxtiyorning ko`z o`ngidan ketmaydi.
— Hali shunaqmi? O`lsam ham seni deyman, sensiz bir lahza yasholmayman, jonim jahonim o`zingsan deganlaringiz, hammasi havoyi gaplar ekan-da! Demak... demak...
Baxtiyor shu lahzada uning yig`lab yuborishini, ko`ksiga boshini qo`yib, o`ksib-o`ksib yitg`lashini, o`z sevgisi uchun har qanday to`siqni engib o`tishga tayyor ekanligi, yigitni ham shunga da`vat etishini kutgandi. Yo`q, u yig`lamadi, boshqa bir og`iz gapirmadi ham. Lablarini qattiq tishlaganicha, ters burilib ketdi. Shu asnoda uning ortidan yugurib, qizning nozik vujudini bag`riga bosgisi, eru osmon qorishsa ham, ota-onalar tish-tirnog`i bilan qarshi chiqqan taqdirda undan voz kechmasligini aytib, mahbubasini ortga qaytargisi keldi. Ammo, bu istak yigitning qalbida qanchalar tez uyg`ongan bo`lsa, shu qadar tez so`ndi. Yuragining boshqa bir puchmog`ida bosh ko`targan kibrmi, g`ururmi, allaqanday yovvoyi his bunga izn bermadi.
Nahotki, shu bilan hammasi tamom bo`ldi? Nahot endi ular hech qachon ko`rishmaydilar. Nahotki, bir olam oppoq orzular bahorgi oq bulut parchasi singari olis, sharsharadan taralgan kamalakdek aldamchi, gul bargidagi shabnam tomchisi misol o`tkinchi bo`lib chiqsa?
Shundan so`ng har qancha istamasin, nadomat va hijron iskanjasida o`rtanmasin, taqdir uni Saidasiga qayta duchor qilmadi. Faqat oradan o`n yil o`tib...
Saida hamon qo`lidagi gazetadan ko`z uzmaydi. Bir nuqtaga qadalgan nigohlari esa, sahifalarda muhrlangan son-sanoqsiz mitti shakllardan ma`no uqmoqqa ojiz.
Bir paytlar bu uchrashuvni qanchalar orzu qilgan, kechalari uxlamay yaratganga tavallolar qilib chiqmaganmidi? Oradan yillar o`tib alangani his-tuyg`ular kul bosib qolgan, shirin, ehtiroslar xotira daftaridan o`rin olgan bir paytda baqamti kelib tushirishibdi.
...Saida ziyoli oilada, qat`iy tarti-qoidalar qurshovida tarbiya topgan, ota-onasining xohish-irodasi uning uchun qonun darajasiga ko`tarilgan edi. Uydan belgilangan vaqtda chiqib ketib, aytilgan fursatda qaytish qat`iy taomil tusini olgandi. Ammo, muhabbat o`jar tuyg`u. U tartibni ham, ta`qiqni ham tan olmaydi. U shunchalar qaysarki, boshqa har qanday qonun-qoidalarni engib o`tishga intiladi.
U ana shu betizgin kuch izmida bir paytlar sirli-sehrli tuyg`ular, ehtirosli lahzalar asiriga aylangani rost. Bu baxtli va mas`ud damlarni o`z yaqinlaridan sir tutgani ham chin. Ammo ularning baxtli onlari ota-onalarning ra`yi, irodasi boshlangan erda intiho topdi.
Saidaning otasi Baxtiyorni o`z huzuriga chorlagan kuni ishdan tund kayfiyatda qaytdi.
— Bo`lmaydi, — dedi qizining iltijoli ko`zlariga tik qarashga botinolmay. — Tushun, qizim, hozir yoshsan, bilmaysan. Ammo, ertaga boshingga turli qiyinchiliklar tushib, ko`zing ochilganda kech bo`ladi. Yigitning mavqei ham, oilasi ham, nasl- nasabiyam to`g`ri kelmaydi. Keyin, sen shaharda o`sgansan, qishloqda yasholmaysan. U erning sharoitini tasavvur ham qilolmaysan. U esa bu erda qolmoqchi emasga o`xshaydi.
Qiz shu asnoda hamma umidlari chilparchin bo`lganini sezsa-da, vujudidagi bor jur`atini to`plab, umrida ilk bora otasining yuziga tik qaragisi, yuragida o`t olgan isyonga erk bergisi, «Ota, hali qishloq ekan-ku, jahannamda ham u bilan birga bo`lishga tayyorman» degisi keldi. Ammo otaga nisbatan norozilik hissi ojizlik ko`z-yoshlaridagina ifoda topa oldi.
O`sha oqshom tonggacha uxlolmay chiqdi. To`g`rirog`i, keyingi hayotini Baxtiyorning ishtirokisiz tasavvur etarkan, ko`ziga uyqu, diliga halovat inmadi. Yo`q, bo`lishi mumkin emas. U hayotdagi eng oliy matlabini amalga oshirishi uchun ota-ona rizoligidan voz kechishga ham tayyor. Ertaga fakultetda Baxtiyor bilan ko`rishadilar. U muhabbati uchun har qanday qarshilikni engishga tayyor. Axir bu hayotda ota-onalar roziligisiz bir-biriga etishgan oshiq- ma`shuqalar ozmi? Xo`sh, Baxtiyor va Saida ular safida joy olsalar nima bo`pti?
...Ertasi kuni, fakultet orqasidagi xiyobonda qizning yuragini lipillabgina yoritib turgan so`nggi umid shu`lasi ham so`nib, butun borlig`ini so`ngsiz zulmat chulg`adi. Demak, shu paytga qadar hammadan irodali, hammadan qat`iyatli va kuchli deb bilgani – Baxtiyor taqdir taqozosiga shu qadar oson bo`yin egibdi.
Yo`q, bunday bo`lishi mumkin emas. Boshimga tosh yog`sa ham, jismimni nimtalab tashlasalar ham, jonimni ming bir azobda qiynasalar ham sizni hech kimga bermayman, deya ahdu paymon qilgan Baxtiyor emas, boshqa odammidi? Yoki otasi kecha bechora yigitni qattiq tahqirlab, qalbini vayron qildimikin?
Shu payt ko`ksini ayovsiz tilkalayotgan dard-alamlarni kuchli bir faryod bilan tashqariga otgisi, yigitning bo`yniga osilib, «bir umr cho`ringiz bo`lishga tayyorman, qaerda bo`lsayam siz bilan yashashga tayyorman, sizsiz men uchun hayot to`xtab qoladi» deya dod solib yig`lagisi keldi. Ammo qarshisida ojizlik va taraddud izmida turgan bu yigit nazarida bunday fidoyilikka noloyiqdek ko`rindi.
Aytar gapini aytib, ters burilgan chog`da ham, yigitning ortidan yugurib kelishi, bag`riga bosib erkalashi, ming bor aytgan o`tli, jarangdor dil izhorini bir— da qaytarishini kutdi. Ammo kutgani ro`yobga chiqmadi. Uning qadamlari qizni o`z mahbubidan bir umrga olislatib borardi...
...Endi esa, ro`parasida g`urra bo`lgan peshonasini silab o`tirgan anavi tepakal erkak bir payt qalbiga ega chiqqan ko`rkam yigit ekaniga ishongisi kelmaydi.
— Odatda... bunaqa kech yurmasdingiz.
Saida yalt etib gazeta sahifalari osha Baxtiyorga qaradi. Rost, o`sha paytlarda uyga kech qaytishdan qattiq qo`rqar, uchrashib yurganlarida ham qorong`u tushmay xayrlashish tadorigiga tushib qolardi. Esida ekan.
— Ha, nimasini aytasiz, — Biroz jimlikdan so`ng Saidaning yuzlarida o`sha, qadrdon, latif kulgich o`ynadi. — Qizlik paytlarda shunaqa edi. Adam rosa «strogiy» turardilar. Endi... qizlari oilali, uyli-joyli bo`lgandan keyin, hamma mas`uliyatni, javobgarlikni kuyovlariga topshirib qo`yganlar-da!
Poezd navbatdagi stansiyada to`xtab, ularning suhbati ham uzilib qoldi. Suxondonning keyingi bekt haqida e`loni tugagach, Baxtiyor yana Saidaga yuzlandi:
— Agar sir bo`lmasa... bolalar nechta bo`ldi? Pochchamiz nima ish qilyaptilar?
Daf`atan ayolning qiyofasi jiddiylashdi. Uning yuz-ko`zlaridan «nimaga so`rayapsan» qabilidagi ma`noni uqish qiyin emasdi. Saidaning taraddudlanishi Baxtiyorni ham o`ng`aysiz ahvolga solib qo`ydi.
— Xudoga shukur, nolimayman, Bir o`g`il, bir qizimiz bor. Katta o`g`lim ikkinchi sinfga boryapti. Adamiz organda ishlaydilar, yaqinda unvonlari oshdi, mayor bo`ldilar.
— Zo`r-ku, — iljayishga harakat qildi Baxtiyor. — Unvonlari bundan keyin ham oshaversin. O`zingiz ham ishlayapmsizmi?
— Ha, institutda dars beraman. Nomzodlikni ham yoqlash arafasida turibman. Adamiz esa, o`zingni qiynab nima qilasan, deydilar, eganing oldingda, emaganing orqangda bo`lsa, sanga nima etishmayapti? Uyda o`tir, bollaringga qara, o`sha oladigan oyligingni men beraman, deb hol-jonimga qo`ymayaptilar.
— Unda pochchamiz sizni juda qadrlar ekanlar!.. Hozir... uyga qaytyapsizmi?
— Ha! Oyimlarnikiga boruvdim. Xolalarim kep qolishdi. Keyin... qop ketdim. Bolalarni qo`shnimizning qiziga tashlab kelganman. Bo`lmasa, yotib qolardim.
— Pochchamiz uydamasmilar? — Baxtiyorga bu savolning javobi umuman ahamiyatsiz bo`lsa-da, baribir nimadir deyish, nimanidir so`rash kerak edi. Saida esa, bamaylixotir, zavq-shavqqa to`lib gapirardi:
— Qatta? U kishi uch-to`rt kun avval chet elga, komandriovkaga uchib ketganlar. Agar uyda bo`lganlarida metroda yurarmidim. Yo o`zlari borib opkelardilar, yo «slujebniy» mashinani jo`natardilar. O`zimam... mashina haydashni hech o`rganolmadim-da! Bo`lmasa, ana, garajda ikkitasi yotibdi. Qaytayotganimda taksi to`xtatmoqchi bo`ldim, lekin bunaqa bemahalda taksidan ko`ra metro ma`qulroq ko`rindi. Metrodan shundoq chiqishim bilan uyimiz. Besh xonali bankovskiy uylardan olganmiz. O`zingiz nima qip yuribsiz? Manimcha.. ketgandingiz, shekilli?
— Ha, ketganimga ancha bo`ldi... o`z soham bo`yicha ishlamadim. Hozir kattagina fermer xo`jaligim bor. Ancha-muncha er-suv, mol-hol, degandek... Toshkentga fermerlar qurultoyiga chaqishirigan ekan. Kechroq tugadi. Tasodifni qarang. Men ham ko`pdan beri jamoat transportida yurmay qo`yuvdim. Uch kun oldin mashinamni remontga berganman. Yo`lovchi mashinalardan bittasiga ilashib kelaverdim. Yig`ilishdan chiqqanimizdan keyin sheriklar bir restoranda o`tirib biroz chaqchaqlashdik. Taksilar qo`nalg`asiga oborib tashlashmoqchi bo`lishdi, o`zim ko`nmadim. Yoshlik yillarini qo`msabmi, metroga tushgim keldi. Mana, shu bahona siz bilan uchrashib turibmiz...
— Nimasini aytasiz?... Aytgancha, o`zingiz oilangiz haqida gapirmadingiz.
— Menmi?... Uylanganman. O`zimiz tomondan. Qishloqqa qaytishim bilan xolamning qiziga uylantirib qo`yishdi. Mana, o`n yildirki, bir tomning tagida yashab kelyapmiz. Uch o`g`lim bor. Uchoviyam quyib qo`ygandek bir-biriga o`xshaydi. Kattasi futbolga qiziqadi. Ikkita kichigi qachon qarama, bir-biri bilan boks tushadi. Rosa shumtaka!
— Rostdanmi? Menikilar ancha quyilib qolgan. Katta o`g`lim nuqul besh oladi. Yurist bo`laman deb yuribdi. Qmzim esa, do`xtir bo`laman, deydi.
— Yaxshi. Inson baxtli yashashi uchun bundan ortiq yana nima kerak? Oilangiz tinch, ro`zg`oring but, bolalaringiz sog`-salomat bo`lsa, shuni o`zi etarli-da!
— To`g`ri aytasiz, bandasi sabr qilsa, Yaratganning o`zi bir kuni baxtini to`kis qilib berarkan.
— Haq gap. Xudoga shukur qilishimiz kerak!
— Ha, Xudoga shukur!...
Shundan keyin ovozkuchaytirgichdan navbatdagi bekat e`lon qilingunga qadar jim borishdi. Aytilishi kerak bo`lgan gaplar oxirigacha aytib bo`lingandek edi.
— Baxtiyor aka, men etib keldim. Siz ham yaxshi etib oling. Uydagilarga, kennoyimga salom deng. Bollarani o`pib qo`ying.
Baxtiyor bir zum ayolga hissiz termilib turgach, xiyol jilmaydi. Ohista o`rnidan qo`zg`aldi.
— Bo`pti, siz ham yaxshi dam oling. Biz tomonlarga yo`lingiz tushsa, albatta, kirib o`ting. Pochchani, bolalarni olib boring, xo`p.
— Mayli!
— Xayr!
«Ehtiyot bo`ling, eshiklar yopiladi. Keyingi bekat...»
Eshiklar sharaqlab yopilgach, vagon bir silkinib, ilgariladi. Oynadan umidsiz tashqariga termilarkan, bekatdagi turfa chiroqlar, devoriy suvratlar, Saidaning baxt polrlab turgan qiyofasi ortda qolayotgan edi. Nihoyat, poezd yana qorong`i g`or ichidan o`rmalay boshladi. Qachondir bu tanish bekatni ko`rish yana nasib etar, ammo, Endi Saidani qaytib ko`rolmasligi haqiqatga yaqinroq.
Yuz-ko`zlari aytib turibdi: u hayotidan mamnun. Eri haqida gapirayotganida chehrasi yanayam porlab ketdi. Baxtini topgani rost bo`lsin. O`shanda, qalb amriga quloq tutib, uni o`zi bilan qishloqqa olib ketganida nima bo`lardi?
Umrida ikki og`iz yolg`onni eplab gapirolmaydigan odam shuncha uydirmani qanday to`qib tashladiykin? Fermer xo`jaligimish? Qurultoymish? Restoranda ziyofatdan kelayotganmish... Aslida peshindan beri tuz totgani yo`q. Qiziq, shuncha safsata gaplarni batafsil aytib berishga kim uni majbur qildi?
Boshqa nimayam desin? Maktabda maosh kamlik qilib, ishdan bo`shaganini aytsinmi? Dehqonchilikda ham, savdoda ham ishi yurishmaganidan gapirsinmi? Toshkentga fermer qurultoyiga emas, vazirlikda ishlaydigan bir tanishining yoniga tuzukroq ish so`rab kelganini Saidaga qanday aytsin? Rostmi-yolg`onmi, tanishi ish yuzasidan chet elga ketganmish, bir oysiz qaytmasmish.
«Uch o`g`lim bor» deb qaysi til bilan aytdi. Xudo bittasini berganda ham jon derdi. Xotini bilan salkam o`n yil umid bilan bir yostiqqa bosh qo`yib keldi. Do`xtirlar tekshirib, aniq-tiniq xulosani aytgach, ajrashishga majbur bo`lishdi. Farzandsizlik sababi er-xotinning yaqin qarindoshligida ekan...
Bir tomondan shu yolg`onlar bo`lmaganida holi nima kechardi? Saida uning haqiqiy ahvolidan xabar topganida nima qilardi? Rahmi kelarmidi? Ich-ichidan sevinarmidi? Yo`q, Saida unaqa qizlardan emasdi. Yana kim bilsin, shart-sharoit har qanday odamni ham o`zgartirib yuborarmish.
Saidaga uylanganida balki hayoti butunlay o`zgarib ketarmidi? O`shanda Saida hozirgidek o`zini baxtli, saodatli his etarmidi? Kim bilsin, buni taqdir deydilar. Mayli ikkovlari birga baxt nashidasini surishmagan bo`lsa-da, loaqal ulardan biri chindan baxtli ekan, shunisiga ham shukur.
Baxtiyortning parishon yuzlarida xayolchan tabassum indi...
— Oka, bu oxirgi stansiya. Tushmaysizmi?
Xizmat kiyimdagi metro xizmatchisining dashnomidan hushini bir joyga to`plagan baxtiyor horg`in qadamlar bilan tashqariga chiqdi.
Metro bekati yaqinidagi maydonchada tizilib turgan avtobuslar orasidan keragini qidirib topdi. Bo`sh o`rindiqlar qolmabdi. Yo`lakda o`tirib ketadigan bo`ldi. Avtobus xuddi uning kelishini kutib turgadek, guvillagancha oldinga siljidi.
...Shuncha yolg`on gapga ishondimikin? Oliftagarchilikka balo bormidi? Uyida qo`sha-qo`sha mashinasi bor odam metroda yuradimi? Eri xorijga, komandirovkaga ketganmish. Yaqinda mayor bo`lganmish. Go`r bularmidi? Milisiyadan quvilganiga etti yil bo`ldi-ku! Tuppa— tuzuk ishlab yuruvdi, balo bormidi «gera»mi, go`rmi-ermi, o`shanaqa narsaning savdosiga aralashib. Bu gaplarni Baxtiyorga qanday aytadi? Boshqa nimayam desin? Qo`lga tushib, qamalib ketganini aytsinmi? Erini chiqarib olish bor budini, hatto uyigacha sotgani-yu, hozir ikkita bolasi bilan birovning uyida ijaraga turganini hasarat qilsinmi?
Institutdan oladigan oyligi yo`lkirasiyu ijara puliga uchma-uch etadi. Repetitorlik qilib topgan besh-to`rt tangasi ro`zg`orni boqishga arang etib turibdi. Yolg`iz ayolga qanchalik qiyinligi boshqalar bilmasayam Saida yaxshi biladi.
Nima bo`lgandayam, to`g`ri qildi. Mayli, baxtsizlik ham kimgadir nasib qilishi kerak-ku! Oradan shuncha yil o`tgan bo`lsa-da, bir zamonlar yuragida ishq undirgan o`sha yigitni yana bir ko`rsam edi, degan mitti bir ilinj lipillab kelardi. Loaqal shu orzusi (agar bu orzu bo`lsa) amalga oshdi-ku! Qiziq, xolasining qizini... sevarmikin? U-chi? Mayli, qo`sha qarishsin!
Saida ana shu xayollar qurshovida eshik tugmasini bosayotganida, Baxtiyor joy olgan avtobus shaharni tark etib ulgurgandi...
Rustam JABBOROV

Смс Шерлар