"Ko'ngil darvozasini keng ochib, seni poylayman..."
- Категории: Hikoyalar
- Название: "Ko'ngil darvozasini keng ochib, seni poylayman..."
- Дата релиза: 28-05-14, 12:11
Har safar ko'nglim zimiston
bo'lganda qalbimni muhabbat
nurlari yoritadi. Muhabbatga
yuzlanib yana nurlanaman,
poklanaman...
Yodimda. Sen qalbim
darvozasini so'roqsiz ochib
kelgan damda o'n yetti yoshda
edim. Senga hadik to'la
ko'zlarim bilan boqib, yurakda
hayajon bilan termilganim rost.
Bir lahzaga kelgan bo'lsang-da,
bir lahzalik tashrifing butun
umrga tatiydi. Eh-he.. sendan
keyin qancha qora ko'zlar-u,
qora qoshlar kelmadi deysan?
Ularning hech biri sening
yurishing, fe'l-atvoring, sevgi
to'la qalbingdagi pok
muhabbatingga o'xshamaydi.
O'zga inson qalbini ko'nglim
xushlamaydi. Mening qalbim o'z
chirog'ini allaqachon topib
bo'lgan. Kelishingni kutib, har
kun ko'nglim darvozasini lang
ochib, seni poylayman. Ana
kelasan, mana kelasan, deb
kunlar oyga, oylar esa yillarga
aylandi.
Umr yo'limda sensiz sekin-asta
odimlab boryapman.
Xijronlaring oppoq qirovlarini
yog'dirdi. Sen qayda-yu, men
qayda... Ammo hali zamon
qalbim darvozasi sen uchun
ochiq. Uni yopishga qalbim yo'l
qo'ymaydi. Go'yoki sen uchun
ochilgan darvoza yopilgach tirik
murdaday, hayot mazmuni
tugaganday hissiz, yuraksiz
bo'lib qolaman.
Zero, sen menga ko'z yosh, men
senga bardosh. Sen menga
sog'inch, men senga baxt. Sen
menga ayriliq, men senga omad
tiladim. Muhabbat, senga
yetisha olmaganim uchun ham
mening qalbimga qadrlisan.
Afsona
Toshkent viloyati
bo'lganda qalbimni muhabbat
nurlari yoritadi. Muhabbatga
yuzlanib yana nurlanaman,
poklanaman...
Yodimda. Sen qalbim
darvozasini so'roqsiz ochib
kelgan damda o'n yetti yoshda
edim. Senga hadik to'la
ko'zlarim bilan boqib, yurakda
hayajon bilan termilganim rost.
Bir lahzaga kelgan bo'lsang-da,
bir lahzalik tashrifing butun
umrga tatiydi. Eh-he.. sendan
keyin qancha qora ko'zlar-u,
qora qoshlar kelmadi deysan?
Ularning hech biri sening
yurishing, fe'l-atvoring, sevgi
to'la qalbingdagi pok
muhabbatingga o'xshamaydi.
O'zga inson qalbini ko'nglim
xushlamaydi. Mening qalbim o'z
chirog'ini allaqachon topib
bo'lgan. Kelishingni kutib, har
kun ko'nglim darvozasini lang
ochib, seni poylayman. Ana
kelasan, mana kelasan, deb
kunlar oyga, oylar esa yillarga
aylandi.
Umr yo'limda sensiz sekin-asta
odimlab boryapman.
Xijronlaring oppoq qirovlarini
yog'dirdi. Sen qayda-yu, men
qayda... Ammo hali zamon
qalbim darvozasi sen uchun
ochiq. Uni yopishga qalbim yo'l
qo'ymaydi. Go'yoki sen uchun
ochilgan darvoza yopilgach tirik
murdaday, hayot mazmuni
tugaganday hissiz, yuraksiz
bo'lib qolaman.
Zero, sen menga ko'z yosh, men
senga bardosh. Sen menga
sog'inch, men senga baxt. Sen
menga ayriliq, men senga omad
tiladim. Muhabbat, senga
yetisha olmaganim uchun ham
mening qalbimga qadrlisan.
Afsona
Toshkent viloyati
Смс Шерлар